• Tadqiqot obe’kti va predmeti
  • Tadqiqot usuli va uslubiyoti
  • Olingan asosiy natijalar
  • Natijalarning ilmiy yangiligi va ahamiyati
  • Ishning hajmi va tuzilishi
  • I. Bob. “7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi”




    Download 2.41 Mb.
    bet3/50
    Sana13.04.2021
    Hajmi2.41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    I. Bob. “7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi”

    Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi shundaki hozirgi zamon tikuvchilik sanoati rivojlanishining barcha bosqichlari uchun turli darajadagi texnika taraqqiyoti uskunalari, ularni vazifalari, qanday ishlarini bajarishga yo’naltirilganligi, texnika uskunalaridan foydalanish lozimligi borasida va o’quv maskanlarida olib borilayotgan kasbiy ta’lim mashg’ulotlarida tikuvchilik jihozlari,uni kompleks mexanizatsiyalash, ish unumdorligini oshirish va yuqori unumdorli uskunalar haqida ma’lumot berish, mamlakatimiz korxonalaridagi va turli chet el firmalaridagi tikuvchilik ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mo’ljallangan uskunalar, tikuv sexlari uskunalari to’g’risida fikr yuritilgan bo’lib bu uskunalar qanday vazifalarni bajarishga,baxya turiga, bajaradigan operatsiyalariga va avtomatlashganlik darajasiga qarab tasnif qilinadi.

    Tadqiqot obe’kti va predmeti: Hozirda barcha umumta’lim o’rta maktablarida hamda kasb – hunar kollejlarida mehnat ta’limini barcha yo’nalishlarida dars soatlari ajratilgan va men Bitiruv malakaviy ishimni tadqiqot obe’kti qilib maktabni tanladim, predmeti “7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” bo’limidir .

    Ishning maqsadi va vazifalari: O’quvchilarga tikuvchilik jihozlari,texnika vositalari, ularni kompleks mexanizatsiyalashtirish,ishni ilmiy asosida tashkil etish,fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan unumli foydalanib darslarni tashkil etish.

    Tayyorlov eksperimental va bichish sexlarida bir zonadan ikkinchisiga o’tib borish yo’li bilan hamma operatsiyadagi uskunalar va transport vositalari to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish.Tikuvchilik korxonalarining uskunalari to’g’risidagi bilim,malaka va ko’nikma,mahoratlarini oshirishdan iborat.

    Tadqiqot usuli va uslubiyoti: Bitiruv malakaviy ishimda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash,savol javob islohot,ko’rgazmalilik,anketa so’rovnomasi hamda test savollaridan foydalanib o’quvchilarni bu boradagi olgan bilimlarini tekshirib kelajakda to’g’ri kasbga yo’llab,aniq bir kasbni tanlashtirishga yo’naltirishdan iborat.

    Olingan asosiy natijalar: Bitiruv malakaviy ishimda turli xil interfaol usullardan foydalanib hamda fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini qo’llagan holda dars mazmundorligi oshirildi.

    Tikuvchilik ishlab chiqarishning barcha bosqichlari uchun turli darajadagi uskunalar, ularning vazifasiga (nimaga mo’ljallanganligiga), baxyasining turiga, bajaradigan operatsiyalariga va avtomatlashtirishganlik darajasiga qarab tasniflandi, va bu boradagi bilimlar o’quvchilarga yetkazildi.

    Natijalarning ilmiy yangiligi va ahamiyati: shundan iboratki ishda tikuvchi sanoatida kompleks mexanizatsiyalash yuqori unumli oqimlar tobora keng joriy etilmoqda.Bunday oqimlarni barpo etish uchun avtomatik jihozli universal uskunalarning yangi turlari kiyim uzellariga ishlov beradigan yarim avtomat uskunalar,namlab – isitib,uzel – kesil ishov beradigan mikro jarayonlar boshqariladigan yuqori unumli uskunalar asos qilib olingan bo’lib,fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda ish tashkil etildi va yuqori natijalarga erishildi.

    Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi,Qo’llanish sohasi xulosa va takliflar: Tadbiq etish maktablarda kasb hunar kollejlarida,tikuvchilarga iqtisodiy samaradorligi andozalarni kam mato sarflab bichish etaplarini ishlab chiqish. Mehnat unumdorligini oshirishda yuqori bosqichlarga erishadigan yangi zamonaviy tikuv mashina va mexanizmlardan foydalanib ish bajarish. Barcha o’quvchi talabalar tikuvchilikka qiziquvchan tikuvchi chevarlar qo’llashi qilib shuni xulosa qilib aytish kerakki. Bitiruv malakaviy ishida barcha bajarilgan ishlar maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Tikuvchilik sanoatini rivojlantirishning kompleks dasturida avtomatlangan loyihalash tizimini joriy etish, tikuvchilik buyumlari andozalarini joylashtirish, to’shamadagi gazlama bo’laklarini hisoblab chizish tizimlari, gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash ko’zda tutilgan bo’lib, men shunday xulosaga keldimki tikuvchilik korxonalarining uskunalarini eskirgan uskunlarni yangilash va hozirgi zamon talablariga to’la javob bera oladigan, serunum avtomatlashtirilgan uskunalarni amalda joriy etish,fan texnikaning yutuqlarini egallagan holda amalda tadbiq etish.

    Ishning hajmi va tuzilishi: Mening BMI 2 bob va 54 betdan iborat.Bunda 1 bob Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va bitiruv ishining maqsadi borasida so’z yuritildi. 1.1 O’zbekiston taraqqiyotining muhim omillari: “Ta’lim to’g’risidagi qonun”va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1.2. Mehnat ta’limi bo’yicha davlat ta’lim standarti 7 sinflarda “Servis xizmati” yo’nalishi bo’yicha o’quv dastur va taxminiy yillik mavzuyi reja , 1.3. Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi haqida ma’lumot berildi . II.Bob. Mashina bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalari , 2.1. Tikuv mashinalarini tozalash va moylash. Mashinadagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish , 2.2. Zamonaviy tikuv mashinalarining turlari (Juki,Orsha) , 2.3. «Dyurkopp» (Germaniya) firmasining moki baxyali tikuv mashinalari , 2.4. Mehnat ta’limi darslarini o’tish uslubiyoti va dars ishlanmasi va xotimadan iborat bo’lib, bu masalalar aniq va ravon yoritib berilgan.

    Men mavzudagi bu masalalarni birin ketin etapma etap tushuntirib o’taman.

    Ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlamay ta’mirlamay turib yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib bo’lmaydi. Ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bilan quyidagilarga erishish kerak:

    •mavjud quvvatlardan to’laroq; foydalanish;

    •eskirgan uskunalarni yangi, unumliroq. uskunalarga almashtirish yo’li bilan korxonalar quvvatini oshirish;

    •fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olish;

    •qo’l mehnatidan foydalanishni kamaytirish.

    Tikuvchilik sanoatida kompleks-mexanizatsiyalashgan yuqori unumli oqimlar tobora keng joriy etilmoqda, bunday oqimlarni barpo etish uchun avtomatik jihozli universal uskunalarning yangi turlari, kiyim uzellariga ishlov beradigan yarim avtomat uskunalar, namlab-isitib uzil-kesil ishlov beradigan mikrojarayonlar boshqariladigan yuqori unumli uskunalar asos qilib olingan bo’ladi.

    Tikuvchilik sanoatini rivojlantirishning kompleks dasturida avtomatlashgan loyihalash tizimlarini joriy etish, tikuvchilik buyumlari andazalarini joylashtirish, to’shamadagi gazlama bo’laklarini hisoblab chiqish tizimlari, gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash ko’zda tutilgan.

    Tikuvchilik ishlab chiqarishi barcha bosqichlari uchun turli xarajatdagi uskunalar ularning vazifasiga /nimaga mo’ljallanganiga/, baxyasining turiga, bajaradigan operatsiyalariga va avomatlashtirilganlik darajasiga qarab tasniflanadi.





    Download 2.41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 2.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Bob. “7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi”

    Download 2.41 Mb.