O’zbekiston taraqqiyotining muhim omillari : “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”




Download 2.41 Mb.
bet4/50
Sana13.04.2021
Hajmi2.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1.1. O’zbekiston taraqqiyotining muhim omillari : “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” asarida “portlash effekti”ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o’tishi bilan, biz tarbiya qilayotgan sog’lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi” degan fikrlari berilgan. Bizga ma’lumki XXI asr texnika va taraqqiyot asri bo’lgani sababli mashina, mexanizm va stanoklarning taraqqiy etishi ularning ishlash prinsipini bilish muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining rivoji kelajak yoshlari qo’lidadir. O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning bor ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi va texnikasining so’ngi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29-avgustdagi 9-sessiyasidagi «Ta’lim to’g’risidagi qonun” va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. «Ta’lim to’g’risidagi qonun» 5 ta bo’lim 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda Oliy ta’lim muassasalarining faoliyat sohalarini belgilash namunaviy tarkiblari, o’quv qabul qilishga, talabalarning ijtimoiy muhofazasiga, fanlarning o’zlashtirish sifatining nazoratiga, yakuniy davlat atesstatsiyasi amaliyotlar bitiruvchilarga berilgan ta’lim to’g’risidagi hujjatlar, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, ta’lim tizimi va uning turlariga, ta’limni moliyalashtirishga Xalqaro hamkorlikka oid hujjatlar va qator yo’riqnomalar ushbu to’plamda jamlangan. «Ta’lim to’g’risidagi qonun»ning amalga oshirilishini yanada kuchaytirish istagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning yaratilishiga sabab bo’ldi. Dasturda ko’zda tutilgan asosiy maqsad zamonaviy ta’lim – tarbiya tizimini isloh qilish zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir. Yurtboshimiz I.Karimov tashabbuslari va bevosita rahbarliklari ishlab chiqilgan ta’limning yangi modeli qator noyob takrorlanmas o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Hammamizga ma’lumki hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o’tkazish o’zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo’lmish 5 tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich o’tkazish vazifasi qo’yilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ham mazkur prinsipga asosan 3 bosqichda amalga oshirish mo’ljallangan. har bir bosqichning o’z oldiga qo’ygan aniq vazifasi bor.



Download 2.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 2.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston taraqqiyotining muhim omillari : “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”

Download 2.41 Mb.