7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100




Download 2.41 Mb.
bet6/50
Sana13.04.2021
Hajmi2.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Uchinchi bosqich 2005-yil va keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur.

Tabiiyki bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.

Davlat va jamiyat- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishni kafillari.

Uzluksiz ta’lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi.

Fan- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi Ishlab chiqarish-kadrlarga bo’lgan ehtiyojni shuningdek, ularni tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi. Kadrlar tayyorlash tizimni moliya va moddiy texnika jihatdan ta’minlash jarayonlarining qatnashchisidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturimiz o’z ilmiy salohiyati ahamiyati chuqur falsafiy ma’noga ega ekanligi bilan xalqaro miqyosda tan olindi va o’z o’rnini topdi.

Mustaqil mamlakatimiz xalqining o’sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish masalasini hal qilishda o’quvchi yoshlarga zamonaviy mashina, mexanizm va stanoklarni ishlash prinsiplari, ishlatilish sohalari haqida bilimlarga ega bo’lishlari kerak. Bu esa mehnat ta’limining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan bu mavzuni yoritishda ham DTS ning Mehnat talimi bo’yicha ,,Servis xizmati’’ yo’nalishida ko’rsatilgan maqsad va vazifalardan foydalanib tahlil qilindi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini o’rganishda mehnat talimi 7-sinf darsligi, DTS dan, Prezidentimiz Islom Karimovning asarlaridan, internet ma’lumotlaridan ham foydalangan holda mavzumni yoritishga harakat qildim. Hozirgi kunda bu mavzuning dolzarbligi shundaki fan texnika taraqqiyoti davrida har bir sohani mashina mexanizmlarsiz tasavvur qila olmasligimiz, ularni ishlatish uchun esa qanday mexanizmlardan iboratligi haqida tasavvurga ega bo’lish kerakligini bilish lozim. Shu bilan birga ishlash prinsipi haqida ham ma’lumotlarni yoritganman. Bu mavzuda oyoq yuritmali mashinalar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari haqidagi ma’lumotlar berib o’tganman. Ularda tikiladigan choklarning bir nechta turlari ko’rsatilgan. Texnika xafsizlik qoidalariga rioya qilgan holda darsni tashkil qilish kerakligi haqida ham ko’rsatmalar berib o’tganman. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi jarayonida “Servis xizmati” yo’nalishi darslarini tashkil etish jarayonida o’quvchilarni mehnatga tayyorlashda eng muhim vazifalardan biri sifatida avvalo uni erkin fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish muammosi hal etilishi lozim bo’ladi. O’quvchilarni tarbiyalashda erkin fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari keng miqyosda tadqiq qilingan va ko’plab natijalar qo’lga kiritilgan..



Download 2.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 2.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100

Download 2.41 Mb.