• Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar.
  • 7-labaratoriya ishi foydali qazilmalarni qiya tekislik bo`ylab harakatlanuvchi dastgohlarda boyitish




    Download 22.68 Kb.
    bet1/2
    Sana30.01.2023
    Hajmi22.68 Kb.
    #40155
      1   2
    Bog'liq
    7-Lobaratoriya
    165-Article Text-391-1-10-20210127, 2 chizma loyiha-Model, Kaolinning mulkini optimallashtirish, TKTI. Lab.mashguloti, Qarmii texnologiya fakulteti kt 176-17 guruh talabasi Elmurodov , 8470, 11-Amaliy mashg’ulot, 6, Kamyob, tarqoq va nodir metallar... (1), 2,3-Маъруза Вируслар. Бактериялар., реактивлар руйхати, e3sconf transsiberia2023 07008, Academic-Data-475211100221, melamin-va-ammoniy-sulfat-asosida-tarkibida-oltingugurt-saqlagan-kompozitlar-sintezi-va-fizik-kimyoviy-xususiyatlari-tadqiqoti

    7-LABARATORIYA ISHI

    Foydali qazilmalarni qiya tekislik bo`ylab harakatlanuvchi dastgohlarda boyitish


    Ishdan maqsad: Rudalarni gravitatsion usulda boyitish bilan tanishish. Kontsentratsion stolda boyitishni o‘rganish.
    Mahsulotning stol yuzasida solishtirma og’irligi va kattaligiga qarab taqsimlanishini kuzatish.

    Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar.


    Kontsentratsion stolda boyitish mayda donachali mahsulotni gravitatsiya usulida boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Kontsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi.
    Kontsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamidagi farqiga qarab qiya tekislik bo‘ylab ќarakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Kontsentratsion stolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir.
    SKM – 1 A markali kontsentratsion stol (3–rasm) trapetsiya shaklidagi yassi yuza 2 dan iborat. Bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ќam bo‘lishi mumkin. Deka yog‘ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina,
    poliuretan va h.k. kabi material bilan qoplanadi. Ular, shuningdek, stekloplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar 14 o‘rnatiladi. Bu plankalar yog’och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga o‘arab kamayib boradi.
    Kontsentratsion stol unga kœndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammaning diagonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yunalishda harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga maќkamlangan g’ildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi.

    Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin.


    Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli- ekstsentrik mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi.
    Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida dekaning tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi.
    Stol ishlayotgan paytda deka notekis harakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi.
    Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa asta–sekin 0 gacha kamayadi.
    Dastlabki mahsulot bo‘tana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi.
    Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama–
    qaytarma harakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab harakat kiluvchi inertsiya kuchi.
    Dastlabki mahsulot 25 % li bo‘tana holida stolning qabul qiluvchi qutisiga beriladi, qo‘shimcha suv esa uning yonidagi qutichaga berilib, parraklar yordamida stolning yuzasida tekis taqsimlanadi. Stol elektrodvigatel orqali qaytarma–ilgarilama harakatga keltiriladi.

    Download 22.68 Kb.
      1   2




    Download 22.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-labaratoriya ishi foydali qazilmalarni qiya tekislik bo`ylab harakatlanuvchi dastgohlarda boyitish

    Download 22.68 Kb.