7-laboratoriya ishi wifi tarmog`ini sozlash




Download 2.49 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi2.49 Mb.
#74090
  1   2   3
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi
MOLEKULYAR FIZIKA ORAKBAYEVA S, O\'lchov asboblari, Yas Sam 2, 1 KomilaSobirova, 951-19 guruh 1, SHAXSIY HUJJAT TURLARI, 446291 ryx782xf (1), Tilshunoslik 7 -semenar , UML paketleri, 5.ТРИТИКАЛЕ СЕЛЕКЦИЯСЫ, MURTAZAYEVA-MUXAYYO-ARZIQULOVNA 14.07.2023, EXP, animated-chemistry-lesson, Jizzax davlat pedagogiga Universitet

7-LABORATORIYA ISHI
WIFI TARMOG`INI SOZLASH
7.1. Ishdan maqsad



  1. WIFI texnologiyasi haqida tushunchaga ega bo’lish

  2. CPT dasturida WIFI tarmog’ini qurish.



7.2. Nazariy qism
WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya'ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo'lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, 
IEEE 802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to'g'ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o'rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL.

7.1-rasm
Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki bo'lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEEE 802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.

7.2-rasm
Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.

7.3-rasm
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEEE 802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEEE 802.11a;
IEEE 802.11b;
IEEE 802.11g;
IEEE 802.11n.

Download 2.49 Mb.
  1   2   3




Download 2.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-laboratoriya ishi wifi tarmog`ini sozlash

Download 2.49 Mb.