• Axborot tizimlarini loyihalash va uni qurish usullari. Axborot tizimlarining hayot sikli modellari. Tayanch iboralar
  • 1.Axborot tizimlari haqidagi tushuncha
  • Xususiyatlar
  • 7-Ma’ruza: Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/33
    Sana19.07.2022
    Hajmi1.58 Mb.
    #24927
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    7-Mavzu
    adabiyot 5 uzb


    7-Ma’ruza: Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati. 
    Reja:
    1. 
    Axborot tizimlari haqidagi tushuncha, Axborot tizimlarining tuzilishi. Tizimni
    rivojlantirish uchun kо‘rsatmalarni aniqlash.
    2. 
    Axborot tizimlarining sinflanishi. 
    3. 
     Axborot tizimlarining tuzilishi va ta’minlovchi qismlari  
    4. 
    Axborot tizimlarini loyihalash va uni qurish usullari. Axborot tizimlarining hayot 
    sikli modellari. 
    Tayanch iboralar: tizim,axborot, obyekt, aloqa, rekvizit,mavxum, maxfiy, xususiyat, tashqi 
    muhit, axborot tizimi, foydalanuvchi, tashkiliy murakkablik, maqsadga qaratilganlik, tizimning 
    tarkiblashganligi, tizimning bо‘linishi, tizimlar tasnifi, tasniflash sun’iy tizimlar, tabiiy tizimlar, 
    tashkiliy tizimlar.  
    1.Axborot tizimlari haqidagi tushuncha  
    Tizim - bu umumiy maqsadga erishish yо‘lida о‘zaro ta’sir etuvchi bir qator elementlar 
    tо‘plamidir. Tizim» deganda bir vaqtning о‘zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday
    obyekt, ham qо‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui 
    tushuniladi.
    Siz har kungi faoliyatingizda kо‘pgina tizimlarni kuzatasiz foydalanasiz va ular bilan о‘zaro 
    aloqada bо‘lasiz. Avtomobil yо‘llari tarmog‘ini boshqarasiz biron bir manzilga yetib borish 
    maqsadida. Energiyani tejash, isitish va sovutish tizimlarini boshqarish uchun dasturlashtirilgan 
    termostatdan foydalanasiz. Ish haqingizni hisoblash uchun о‘nlik sanoq sistemasidan foydalanasiz
    Shuningdek, kompaniyalar tizimlarning kо‘p turlaridan foydalanishadi. Billing tizimi xarajatlarni
    yuborish va mijozlardan kelgan tо‘lovlarni qabul qilish tizimi hisoblanadi. Tо‘lov tizimi orqali 
    ishchilar tо‘lov cheklarini oladilar. Ishlab chiqarish tizimi sotib oladigan mijozlarga mahsulotlar ishlab 
    chiqaradi. Inventarizatsiya tizimi omborlarda buyumlarni rо‘yxatga oladi va mavjudligini qayd etadi. 
    Kо‘pincha bunday tizimlar axborot tizimini tashkil qiladi.
    Tizimini rivojlantirish bо‘yicha ba’zi chora tadbirlar bir vaqtning о‘zida amalga oshishi mumkin. 
    Boshqalari izchil amalga oshiriladi. Axborot tizimining turi va murakkabligiga qarab, har bir faoliyat 
    davri bir tizimdan boshqa tizimga о‘zgaradi. Ba’zi hollarda, ba’zi faoliyatlar turi butunlay tashlab 
    ketiladi. «Tizim» ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi; «obyektlar», «aloqalar», «xususiyatlar».
    Obyektlar- tizimning bir bо‘lagi yoki komponentlari bо‘lib, jismoniy, matematik о‘zgaruvchan 
    tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish 
    bо‘linmalari kabi kо‘plab cheklanmagan qismlarga ega.
    Xususiyatlar- bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir 
    о‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etishi imkonini beradi. Obyektlarning 
    xususiyatlari tizim harakati natijasida о‘zgarishi mumkin.
    Aloqalarobyekt va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. 
    Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar о‘rtasida aloqa bо‘lishi nazarda tutiladi. 
    Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar о‘rtasida aloqaning 
    mavjud bо‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga eta 
    bо‘lmagan element kо‘rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar 
    sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, 
    tarkiblashganligi, bо‘linishligidir.
    Tizimlar tarkibi asosiy maqsadlariga kо‘ra farqlanadi.

    Download 1.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Ma’ruza: Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati

    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish