Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi




Download 1.05 Mb.
bet6/7
Sana03.02.2021
Hajmi1.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7
Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi

Piltabirlashtiruvchi mashinaning nazariy unumdorligi, qo‘yidagi formula yorlamida hisoblanadi:



yoki [kg/s]

bu yerda:

dur– o‘rovchi val diametri, mm;

nur– o‘rovchi val aylanishlar chastotasi, min-1;

Tx– xolstchaning chiziqiy zichligi, kteks;

ur– o‘rovchi valning chiziqiy tezligi, m/min.

Qayta tarash mashinalarining turlari
Paxta tolasini qayta tarashda davriy holatda ishlovchi asosan bir tomonli mashinalar ishlatilmoqda. Qisqichlar va ajratuvchi moslamalar ishlashiga ko‘ra qayta tarash mashinalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

Qo‘zg‘almas qisqichli va qo‘zg‘aluvchan ajratuvchi moslamali mashinalar – G-4 «Penztekmash» (Rossiya);

Qisqichlari davriy xolatda xarakatlanuvchi mashinalar-GD-12 «Penztekmash» (Rossiya); 140-SA «Sako-Lauell» (AQSh);

Qisqichlari uzluksiz harakatlanuvchi mashinalar 1532;1533 «Tekstima»; TSO-1 «TRUETZSCHLER» (Germaniya); Senchuri-720 «Platt» (Angliya); E-62, E-72 «Riter» (Shveysariya); MC1 «Marsoli» (Italiya); Kartori-K «Xova» (Yaponiya).

Qayta tarash mashinalarida bir vaqtning o‘zida 4,6,8 yoki 12 ta xolstcha ishlatilishi mumkin. Qayta tarash jarayoni davriy holatda bo‘lib, siklik diagramma asosida boshqariladi.

Mashinada dastlab qisqichlarga qisilgan tolalar tutamining old uchlari taroqli baraban taroqlari bilan taraladi, so‘ngra tolalar tutamining orqa uchlari ustki taroq ignalari orasidan o‘tkazib taraladi.


Qayta tarash mashinasining tuzilishi va ishlashi xususiyatlari

«Tekstima» firmasining 1532 modelidagi qayta tarash mashinasida bir vaqtning o‘zida 8 ta xolstcha ishlatilib, ulardan 2 ta pilta shakllantiriladi va tazga joylanadi.



1532 modelidagi qayta tarash mashinasi texnologik sxemasi:



1.yumalatuvchi valiklar

2.ta’minlovchi silindrlar

3.ustki qisqich

4.ustki taroq

5.ajratuvchi valiklar

6.pilta shakllantiruvchi zichlagich

7.ezuvchi vallar

8.pilta yo‘naltirgich



9. yo‘naltiruvchi stol

10.ajratuvchi silindrlar

11.tozalovchi valik

12.perfobaraban

13.taroqli segment

14.taroqli barabancha

15.pastki qisqich


Mashina davriy holatda ishlashga moslashgan bo‘lib, 4 ta davr asosida mahsulotni qayta taraydi. Tarab ajratilgan kalta tolalar va nuqsonlar tozalovchi shchetka orqali ajratilib perfobaraban sirtida havo yordamida so‘rilib yig‘iladi va umumiy sistemaga uzatiladi. Tarab tozalangan uzun tolalardan pilta shakllantirilib, ular to‘rtta-to‘rttadan birlashtiriladi va cho‘zish asbobida cho‘zilib ikkita piltaga aylantirilgach pilta taxlagich yordamida tazga joylanadi.

Uzun tolali paxta ishlatilganda 25 foizgacha, o‘rta tolali paxta ishlatilganda esa 8-15 foizgacha qayta tarash tarandisi ajratiladi.



Download 1.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Piltabirlashtiruvchi mashina unumdorligi

Download 1.05 Mb.