• Informatsion ta’minotda multimedia.
  • Ta’lim sohasida multimedia.
  • Sound Recorder vositasida tovyshli WAV-fayllar bilan ishlash.
  • Hujjatlarni tovushlar bilan to’ldirish
  • 7-mavzu. Multimediya texnologiyalari




    Download 117.99 Kb.
    Sana23.10.2020
    Hajmi117.99 Kb.
    #12217

    7-mavzu. Multimediya texnologiyalari.
    1. Multimediya tizimlari, ularda fayllarni yaratish (tovush, matn, animatsiya).

    2. Unigraphics dasturida multimediya fayllarini qayta ishlash. AdodeFlash dasturi texnik tizimdagi fayllarni dasturda taqdim etish va saytlarda, multimediya komplekslarida qo‘llash.

    3.MS VISIO dasturi yordamida multimediya fayllarini yaratish taxrirlash va qayta ishlash.

    Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komputer multimedia - kompyuter deb ataladi.

    Multimedia atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.

    Informatsion ta’minotda multimedia.

    Multimedia printsiplarida qurilgan elektron ma’lumotnomalar (spravochnik), entsiklopediyalar, tarjimonlar va lug’atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot (meditsina), sport va boshqa sohalar bo’yicha turli entsiklopediyalar bor.



    Ta’lim sohasida multimedia.

    Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan etarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo’q. Asosiy muammo - professor-o’qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan programmistlar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganidir. Bunday o’quv dasturlarini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim.


    Dasturlash texnologiyasida multimedia

    Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafika-ning turli samaralari kabi dastur ob’ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi.

    Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.

    Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.

    Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama - videokarta zarur. Unga videoka-mera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.

    Tovushli (audio) va ayniqsa videoma’lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnoma, entsiklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD-ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi.

    Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda SHKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi.

    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun etarli bo’lmagani uchun bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma’lumotning to’laqonligini yo’qotadi. Videomagnitofonlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal unchalik dolzarb emas.

    Tovush va video bilan ishlashga mo’ljallangan bir qator dasturiy vositalar mavjud.

    CD Plaer dasturi vositasida tovushli kompakt disklarni tinglash mumkin. CD-ROM turidagi jamlovchilarni yaratilishidan avval kuy, musiqiy va tovushli kompozitsiyalar kabi asarlar yozilgan kompakt disklar CD-ifodalovchi vositasida tinglanar edi. Hozirgi vaqtda o’zimiz yoqtiradigan musiqiy asarni asosiy ishimizdan chetlashmagan holda, bevosita kompyuterlarning o’zida tinglashimiz mumkin. Buning uchun kompakt disk jamlovchiga (disk yurituvchi) o’rnatiladi va Play klavishasi bosiladi. Tovush balandligi yuzadagi paneldagi o’rnatuvchi bilan boshqariladi. Bunday o’rnatuvchi bo’lmagan holda dasturiy vositalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Yana yuzadagi panelda tovush platasi va akustik tizimdan yakka holda foydalanishga rejalashtirilgan maxsus tinglovchi moslama ulagichi mavjud bo’lishi mumkin. Tovush tinglashdagi minimal funktsiyalarni ta’minlovchi boshqa tugmalar yuzadagi panelda joylashgan, ulardagi belgilar standartlashgan bo’ladi va siz ular bilan quyida tanishasiz.

    Tovushli kompakt disklarni tinglashda kengroq imkoniyatlarni WINDOWS 95 turkumiga kiradigan CD Plaer lazerli dasturi yaratadi. Ushbu opreatsion tizim shunday tashkil etilganki, undagi CD Plaer dasturi o’ta xayrixohlik bilan o’z xizmatlarini taklif etadi va kompakt disk o’rnatilishi bilan muttasil tarzda faollanib boradi. Bu esa maxsus choralar ko’rmasdan faqat texnik vositalar bilan chegaralanganda tinglash imkonidan mahrum etadi. Maxsus choralardan biri kompakt disk o’rnatilishi bilan Shift kla-vishasiga bosish zaruratidan iborat. WINDOWS 95 audio kompakt disklarni kompyuter disklari kabi qabul qiladi. Bunday sifat uchun aniqrog’i Autoplay funktsiyasi uchun tizim mualliflaridan minnatdor bo’lishimiz lozim. Agar CD Plaer dasturi ishga tushirilgan bo’lsa, zaruratiga ko’ra uni yopish kerak bo’ladi.



    CD Plaer dasturini bosh tavsiyanomadan bevosita ishga tushirish esa Programmi /Standartnie multimedia Lazerniy proigrovatel Programs Accessories Multimedia CDPlaer buyrug’i bilan amalga oshiriladi.

    Maksimal tarzdagi boshqarish imkoniyatlari va ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlagan CD Plaer darchasi CD ifodalovchining birlamchi panelini eslatadi. Uning dasturiy taqlidchisi oddiy CD ifodalovchiga nihoyatda yaqin. Bu dastur darchasining tuzilishi tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi buyruqlar turkumi bilan belgilanadi.

    CD Plaer dasturini funktsional imkoniyatlari bo’yicha o’ta zamonaviy, keng ko’lamli kompakt disklarni ifodalovchisi bilan taqqoslash mumkin.

    Kompakt disklarni tinglash uchun amalda har qanday CD ifodalovchida mavjud tugmalar mazmunini aniqlab olishimiz zarur:



    Play (Vosproizvedenie)- kompakt diskning boshidan yoki Pause (Pauza) klavishasini bosishdan to’xtatilgan joyidan boshlab tinglash;

    Pause (Pauza)-kompakt diskni ifodalashda rejali uzilish. Rejani davom ettirish uchun shu tugmani qayta bosish kerak yoki Play (Vosproizvedenie) klavishasini bossa ham bo’ladi;

    Stop (Stop)- ifodalashni to’xtatish. Bu holda Play (Vosproizvedenie) klavishasi bosilsa disk boshidan ifodalanadi;

    Eject (Izvlech)- kompakt diskni CD-ROM jamlovchidan chiqarish yoki teskarisini joylashtirish. Ba’zi jamlovchilargina kompakt disklarni joylash-tirish va chiqarishni dasturiy ta’minlaydi;

    Previous Track (Predidushaya zapis)- avvalgi asarga o’tish. Ammo bu tugma ilk bor bosilganda ifodalanayotgan asarning boshiga siljishi sodir bo’ladi;

    Next track (Sleduyushaya zapis) - keyingi asarga o’tish;

    Skip Backwodrs (Peremotka nazad)- kompakt diskni teskariga \altaklash (aylantirish);

    Skip Forwodrs (Peremotka vpered)- kompakt diskni oldiniga g’altaklash (aylantirish);

    Tasvirlangan bu tugmalarni bosish sichqonchaning faol klavishasini mos holatda bosish bilan amalga oshiriladi. Ammo oxirgi ikkita g’altaklash tugmalarini ishlatganda jarayon tugamaguncha barmoqni sichqonchaning klavishasida bosilgan holda saqlab turish lozim. Odatda jamlovchining holatiga ko’ra muayyan tugmani bosish imkoni belgilangan bo’ladi. Tinglanadigan asarni almashtirish Play yoki Pause holatida amalga oshirilishi mumkin. Asarlarni almashtirish ketma-ket tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Aslida bunday almashtirishlarni diskret almashtirish deb atasa bo’ladi. Ifodalash, asarni almashtirish va g’altaklash jarayonlarini kuzatishda vaqt indikatori va ma’lumotlar zonasi ko’maklashadi.

    Shu kabi, ammo biroz cheklangan tugmalar majmui CD-ROM jamlovchisining yuza panelida joylashgan bo’lib, ular kompakt disklarni CD Plaer dasturisiz tinglaganda ishlatiladi. Bu dastur ishlatilganda real tugmalarni unutsa ham bo’ladi.

    Vaqt indikatori :

    - muayyan asarni tinglashga ketgan vaqtni (Track time Elepsed-Proshlo vremeni (zapis));

    - tinglanayotgan asarning tugashigacha qolgan vaqtni (Track time Remaining-Ostalos vremeni (zapis));

    - kompakt diskni tinglab bo’lish uchun qolgan vaqtni (Disc Time Remaining-Ostalos vremeni (disk) ko’rsatib turishi mumkin.

    Keltirilgan birinchi va ikkinchi holatlarda qo’shimcha tarzda tanlangan asarning tartib raqami ham ko’rsatiladi (raqamlash birdan boshlanadi). Vaqt indikatorining holatini o’zgartirish uchun tavsiyanomaning View (Vid) bandi yoki qurollar paneli-ning mos tugmalaridan foydalanish mumkin. O’z vaqtida bu tugmalarni tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi Panel instrumentov (Instrumentlar paneli) buyrug’i bilan mos satrga chiqarsa bo’ladi.



    CD Plaer dasturining darchasida ma’lumotlar zonasi mavjudligini tavsiyanomaning View (Vid) bandidagi Disc Track info (Svedenie o diske i zapisi) buyrug’i ta’minlaydi. Bu zonada:

    - ijrochining nomi (Artist-Ispolnitel);

    - kompakt diskning nomi (Title-Nazvanie);

    - asarning nomi va tartib raqami (Track-Zapis)

    aks ettiriladi.

    Agar siz avvaldan asarlar ro’yxatini tuzmagan bo’lsangiz, ma’lumotlar zonasidan faqat foydalanilayotgan jamlovchining nomi va asarning raqami aniqlashingiz mumkin.

    Kompyuterda bir nechta CD-ROM jamlovchilari mavjud bo’lganda, ulardan biriga Artist (Ispolnitel) nomli ro’yxatdan murojaat qilish mumkin.

    Track (Zapis) ruyo’ati unga kiritilgan ixtiyoriy asarni tezda topish va tinglash imkonini beradi. Bu ro’yxat siz tomondan maxsus tuzilgan bo’lmasa, unda kompakt diskdagi barcha asarlar yozilgan bo’ladi.

    CD Plaer dasturining qo’shimcha imkoniyatlari:

    -(Random Track Order-Proizvolniy poryadok)- asarlarni tasodifiy tarzda ifodalash (eshittirish)

    -(Continuous Play-Neprerivnoe vosproizvedenie) kompakt disklarni uzluksiz eshittirish - asarlarning bosh qismlarini eshittirish (Into Play-Rejim oznakomleniya);

    - eshittirish lozim bo’lgan asarlar ro’yxati va mos ketma-ketlikni belgilash.

    Bu imkoniyatlarning birinchi uchtasi tavsiyanomaning Parametrlar bandining buyruqlari yoki «Qurollar paneli»dagi mos tugmalar vositasida amalga oshiriladi.

    Asarlar ro’yxatini shakllash uchun tavsiyanomaning Disk(Disk) bandidan Edit Play List (Opisanie diska) buyru\idan foydalaniladi yoki bir xil nomli tugma bosiladi. Natijada muloqot darchasi ochiladi.

    Bu muloqot darchasida quyidagilarni terish lozim:


    1. Ijrochi (Artist-Ispolnitel) nomini ko’rsatish;

    2. Kompakt disk (Title-Nazvanie) nomini ko’rsatish;

    3. Kompakt diskdagi asarlar nomini belgilash yoki o’zgartirish.

    Kompakt diskdagi barcha asarlar ro’yxati Available Tracks (Zapisi na diske) darchasida ifodalanadi. Asar nomini belgilash yoki o’zgartirish uchun uni avval ajratish, keyin Track nn (Zapis nn) darchasida mos o’zgartirish va Set Name (Zadat nazvanie) klavishasini bosish kerak.

    Kompakt diskdagi asarlar ro’yxatini qayta ishlashni yakunlagach Play List (Spisok vosproizvedeniy) ro’yxatidan mantiqiy kompakt disk hosil qilish mumkin. Bu ro’yxatda aslida tanlanadigan asarlar mos ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’ladi. Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yxatini o’zgartirish uchun quyidagi buyruq tugmalaridan foydalanish mumkin:



    Add (dobavit)-Abailable Tracks (Zapis na diske) ro’yhatida ajratilgan asarlar Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhatiga kiritilsin;

    Remove (Udalit)-ajratilgan asarlar Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhatidan o’chirilsin;

    Clear All (Ochistit vsyo))-Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhati kerakli tartibda shakllantirish maqsadida to’la tozalansin;

    Reset (Sbros)-Play List (Spisok vosproizvedeniya) ro’yhati asli holatida, ya’ni Abailable Tracks (Zapis na diske) ro’yhati bilan ustma-ust tushadigan holatiga keltirilsin.

    Tinglash vaqtida tovushlar balandligi, balansi va tembirini boshqarish uchun ViewControlVolume (VidGromkost) buyrugi beriladi va natijada Mikser deb ataluvchi ilova ishga tushadi. Bu dastur va parametrlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan boshqa usullar quyida tavsiflanadi.

    CD Plaer dasturini OptionsPreferens (Parametricheskaya nastroyka) buyrugi bilan ochiladigan muloqot darchasida muvofiqlashtitrish mumkin. Muloqot darchasidagi uch buyruq quyidagicha talqin qilinadi:

    -Stop CD Playing on Exit (Zavershit vosproizvedeniya pri vhode) - dasturdan chiqish bilan kompakt diskni eshittirish to’htatilsin. Agar bayroqcha yo’q bo’lsa, kompakt disk dasturdan chiqilsa ham oxirigacha eshittiriladi.

    -Save Settings on Exit (Sohranit parametri pri vhode)-amalga oshirilsa, barcha moslashishlar keyingi seanslarda ham ishlatiladi, ya’ni saqlanadi;

    -Show tool Tips (Vvodit vsplivayushie podskazki)-sichqoncha ko’rsatkichi taqalganda uskuna tugmalarining nomlari bilan bir vaqtda ilova yoki izohlar ifodalanadi.



    -Into Play Lengh (Oznakomitelnoe vosproizvedenie)-hisoblagichda sekundlarda ifodalanadigan, Into Play rejimida har bir asarni eshittirish uchun zarur bo’lgan vaqt saqlanadi.

    -DisPlay font (Shrift) – sohasi vaqt ko’rsatkichida kichik (Small font - Melkiy) ¸yoki katta (Large font – Krupniy)shriftni tanlash imkonini beradi.

    Sound Recorder vositasida tovyshli WAV-fayllar bilan ishlash.

    Tovushli fayl o'z ichida audioma’lumot, ya’ni musiqiy asar, uning qismi yoki nutq yozuvini o'zida saqlaydi. Odatda aksariyat foydalanuvchilar tovushli fayllarni hosil qilish yoki tahrirlashdan ko'proq ularni tinglash masalasini o'z oldiga qo’yadilar.

    Raqamlar ketma-ketligi shaklida tovushlar yozishning ikki tamoyiliga mos ravishda ikki turdagi tovushli fayllar mavjud: WAV (Wave form audio-to'lqinsimon audioma’lumotlar) va MIDI fayllar (kompakt diskda taqlidli tovushlar inikoslarini raqamlar shaklida saqlaydi). Shu bois WAV faylini tovush platasiga ulanadigan har qanday manbadan, xususan mikrofon, CD-ROM jamlovchisi, elektromusiqiy asbobdan yozib olish mumkin.

    Tovush raqamli shaklining sifati ikki ko'rsatkich: inikoslash razryadligi va diskretlash zichligiga bog’liq.

    Inikoslash zichligi - taqlidli tovush signali balandligini ifodalash uchun ajratiladigan ikkilik razryadlar soniga teng bo'ladi. U tovushlarni ifodalashdagi dinamik diapazonni belgilaydi. Odatda 8 va 16 razryadli in’ikoslar uchraydi. 8 razryadli inikoslashda 256 xil tovush balandligi, 16 razryadli inikoslashda esa - 65536 xil tovush balandligi ta’minlanadi. 8 razryadli tovush platalari hozirgi kun talabiga javob bermaydi.

    Diskretlash zichligi taqlidli signalni raqamli shaklga aylantirish zichligini ifodalaydi. Diskretlash zichligi bevosita kodlangan tovushli signalni ifodalashdagi yuqori chegaraga bog’liqdir. Yuqori chiziqdagi tovush platalari, amaliy ehtiyojlarni qondiruvchi 44,1 yoki 48 Kgts zichligida tovushlarni in’ikoslaydi.

    Tovush ifodalovchi moslamalarning sifati 44,1 Kgts zichlikda 16 razryadli va diskretlash zichligiga bog’liq. An’anaviy sifat ta’minlangan holda 1 sekund davomida tovush ifodalash uchun 176 Kbayt, 1 minut uchun esa 10 Mbayt xotira kerak bo'ladi. Bu hisoblar tovush stereofonik va ikki kanaldan uzatiladi deb faraz qilgan holda bajarilgan.

    Tovushli WAV fayllar .WAV kengaytmasiga ega bo'lib, raqamlashtirilgan tovushlarni saqlash formati bilan farqlanadi. Ba’zi formatlar ma’lumotlarni zichlashtirish imkonini beradi. MIDI qisqartmasining, ya’ni Musical Instruments Digital Interface (Tsifrovoy interfeys dlya muzikalnix instrumentov) yozuvining ma’nosi - musiqali asboblar uchun raqamli interfeysdir. Tovushli MIDI fayl bevosita raqamli shaklga aylantirilgan tovushlarni emas, balki musiqa sintezatori uchun rejalashtirilgan ko'rsatma (buyruqlarni) saqlaydi. Ular tovush platasiga joylashtirilishi mumkin. Bu yozuvlarning notalar bilan taqqoslanishiga ma’noli o'xshatma deyish asoslidir. Musiqiy sintezator qo’shimcha model bo'lib, tovush platasida o'rnatilgan bo'lishi mumkin emas, ammo u MIDI fayllarni ifodalash maqsadida esa musiqa sohasidagi mutaxassislar uchun zaruriy moslamadir. Aniqrog’i, bunday fayllarni sintezatorlarsiz tovushga aylantirish mumkin emas. MIDI fayl sintezator vazifalarini bajaradigan maxsus ilovalar (dasturlar) vositasida yaratiladi. MIDI fayl kompyuterga ulangan elektromusiqiy asbob signallari asosida yoziladi. WINDOWS 95 da MIDI fayllarni hosil qilish imkonini beruvchi ilovalar yo'q. Tovushli MIDI fayllar turli shakllarda saqlanishi mumkin. Ular asosan .MID va .RMI kengaytmali bo'ladi. MIDI fayllar WAV fayllarga nisbatan kamroq sig’imlarni egallab, yuqori sifatli ifodalanishga ega. Bundan tashqari MIDI fayllarni eshitish sifatini tovush platasini tanlash evaziga yanada oshirish mumkin. Ammo WAV fayllar yozuvi sifatsiz bo'lsa, tovush platasi muammoni hal etmaydi.

    WINDOWS 95 Sound Recorder (Fonograf) dasturiga ega bo'lib, u WAV fayllarni ifodalash, yozish va tahrirlash imkonini beradi. Bu dasturning ishlash tartibini ko'rib chiqamiz. O’z vaqtida MIDI fayllarni ifodalash (eshitish) uchun Media Plaer dasturidan foydalanish mumkin.

    Sound Recorder dasturini WINDOWS 95 bosh tavsiyanomasidagi Program Accessories Multimedia Sound Recorder (Programmi  Standartnie  Multimedia  Fonograf) buyrug’i bilan ishga tushiriladi.

    Sound Recorder dasturi darchasi magnitofonning oldi panelini eslatadi. Bu darchaning tarkibini o'zgartirish mumkin emas, chunki View (Vid) tavsiyanomasi mavjud emas.

    Mavjud tovushli faylni eshitish uchun uni ochib, Play (Vos­proizvedenie) klavishasini bosish kerak. Faylni ochish oddiy usullar bilan amalga oshiriladi. Ammo bu maqsadda Open (Otkrit) buyrug’i emas, balki bir vaqtda faylni ochish va avtomatik tarzda uning ifodalanishini ta’minlaydigan Play (Vosproizvedenie) buyrug’ini ishlatish lozim. Tovushli faylni eshitishda (Playback) tovushlar balandligini (Volume), tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Audio Properties (Svoystva audio) buyrug’i bilan shu nomli darchadan foydalanib o'rnatib olish mumkin. Boshqarish faqat apparatli bo'lsa, Volume siljitkichini boshqarib bo'lmaydi. Bu erda tovushli faylning ifodalanishida balandlik bilan va tembrni o'rnatish uchun Volume control mikseridan foydalanish mumkin. Tovushli fayllar Sound Recorder dasturi bilan bir qatorda Media Plaer dasturi bilan ifodalanishi mumkinligini bilib qo’ygan yaxshi.



    Tovushli fayllarni o’zgartirish


    Sound Recorder dasturi tovushli fayllarni tahrirlash, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo’llash va nihoyat, parametrlarni o'zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu amallarni bajarish uchun mo'ljallangan buyruqlar tavsiyanomaning File (Fayl), Edit (Pravka) va Effects (Effekti) bandlariga kiritilgan.

    Tovushli fayl bilan ishlash uchun uni ochamiz. Bu amal odatdagi usul bilan bajariladi. Endigina yozilgan fayl ham ochilgan deb hisoblanadi. Bajarilgan o'zgartirishlar yo'qolmasligi uchun ularni Save (Soxranit) yoki Save as (Soxranit kak) buyruqlari bilan saqlab qo’yish lozim.

    Tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi buyruqlar tovushli faylda quyidagi tuzatish amallarini bajarish imkonini beradi:

    Paste Insert (Vstavit)-(klaviaturadagi muqobil tugmalar Ctrl+V) ochilgan tovushli faylga ma’lumot almashish buferidagi yozuvlarni joylashtirish;

    Paste Mix (Smeshat buferom)-ochilgan fayl ustiga ma’lumot almashish buferidagi yozuvlarni yozish. Natijada audioma’lumotlarning aralashuvi hosil bo'ladi;

    Insert file (Vstavit fayl)-ochilgan faylga boshqa faylni joylash;

    Mix with file (Smeshat s faylom)-ochilgan faylni boshqa fayl bilan aralashtirib yuborish;

    Delete Before current Position (Udalit do tekushey pozitsii) – ko'rsatilgan pozitsiyaga qadar ochilgan faylning qismini yo'qotish;

    Delete After current Position (Udalit posle tekushey pozitsii) – ko'rsatilgan pozitsiyadan keyingi fayl qismini yo'qotish.

    Ishlatilgan buyruqdan qat’i nazar joylashtirish joriy pozitsiyada sodir bo'ladi. Aralashtirish ham pozitsiyadan quyi qismda sodir etiladi.

    Joriy pozitsiyani ajratib, Record (Zapis) klavishasini bosish bilan tovushli faylning kerakli qismini ixtiyoriy tovush manbaidagi audioma’lumotlarga almashtirish mumkin.

    Tavsiyanomaning Effects (Effekti) bandida tovushli faylga nisbatan qo’llaniladigan bir qator maxsus effektlar bo'yicha buyruqlar jamlangan:



    Increase Volume (25%) - tovush quvvatini (25% ) oshirish;

    Decrease Volume (25%) - tovush quvvatini (25%) kamaytirish;

    Increase Sheed (lg 100%) - ifodasi tezligini ikki barobar oshirish;

    Decrease Volume - ifodalash tezligini ikki barobar kamaytirish;

    Add Echo (Exo) - aks sado effektini qo’shish;

    Revers - tovushli faylni qayta yo'naltirish. Bu amaldan so'ng fayl teskari tartibda ifodalana boshlaydi;

    Ochilgan tovushli faylning bir yoki bir necha parametrlarini o'zgartirish uchun tavsiyanomaning File (Fayl) bandidagi Properties (Svoystva) buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu almashtirishni tovushli faylni yozishdan avval bajarilgani kabi amalga oshiriladi.



    Hujjatlarni tovushlar bilan to’ldirish


    Ixtiyoriy tovushli fayl maxsus bo'lsada, muayyan hujjatni o'z ichiga oladi va uni boshqa, masalan, matnli fayl bilan tutashtirish mumkin. Natijada matnli fayl tovushlar bilan to'ldiriladi. Bunday tutashtirishni hujjatlarni tovushlar bilan to'ldirish deb talqin qilishimiz tabiiy albatta. Agar mos hujjatning piqtogrammasida sichqoncha klavishasi ikki marta bosilsa, mos tovushlar ifodalana boshlaydi. Tovushli to'ldirmalar bilan ishlash buyruqlari dastlabki tavsiyanomada joylashtiriladi. Xususan, agar sichqoncha bilan kerakli tovushlarni ifodalash ma’qul bo'lmasa, Play (Vosproizvesti) buyrug’idan foydalanish mumkin. Agar tovushli qism mos ravishda ajratilgan bo'lsa, Edit/Object (Pravka/Ob’ekt) buyrug’idan ham foydalanish mumkin.

    Tovushli faylni muayyan matnli hujjat bilan tutashtirish, aniqrog’i, uning ichiga tovushli faylning nusxasini joylashtirish uchun Sounf Recorder dasturi vositasida audiofaylni ochamiz va tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Copy (Kopirovat) buyrug’ini beramiz. Natijada tovushli fayl yozuvlari ma’lumot almashish buferiga joylashtiriladi va an’anaviy uslublardan foydalanib bu ma’lumotni hujjatga joylashtira olamiz.

    Windows 95 tarkibiga kiruvchi Media Plaer dasturi multimedia fayllarini ifodalovchi universal vosita rolini o'ynay oladi. Shu bois ham u Windows 95 ning ruscha variantida Universalniy proigrivatel deb ataladi.

    Bu dastur:

    MIDI fayllarni ifodalash;

    videofayllarni ko'rish;

    tovushli kompakt disklarni tiklash;

    WAV fayllarni ifodalash imkonini beradi.

    Dasturdan odatda birinchi va ikkinchi masalalarni echishda foydalaniladi. Qolgan masalalarni echish uchun yuqorida tavsiflangan CD Plaer va Sound Recorder dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

    Media Plaer dasturini ishga tushirish uchun tizimning bosh tavsiyanomasidagi Programs/Accessories/Multimedia/Media Plaer (Programmi/ standartnie/ multimedia/ universalniy proigrivatel) buyrug’idan foydalanamiz.

    Endi Media Plaer dasturi darchasini tavsiflaymiz. Darchadagi siljigich ochilgan multimedia fayl ichidagi holatni o'zgartirish imkonini beradi. Uning tagida o'lchash tasmasi mavjud. Undagi ko'rsatkichlar birliklarini o'zgartirish tavsiyanomaning Scale (Shkala) bandidagi buyruqlar bilan bajariladi.

    Time (Vremya) - vaqt (minut va sekundlarda);

    Frames (Kadri) - kadrlar raqamlari;

    Tracks (Zapisi) - asarlar raqamlari.

    O’lchov birliklarini o'zgartirish imkoniyatlari ochilgan faylga bog’liq.

    Darchaning pastki qismida ma’nosi yuqoridagi tavsiflardan tushunarli bo'ladigan boshqarish tugmalari joylashgan. Pause (Pauza) klavishasi Play (Vosproizvedenie) klavishasi bilan tutashtirilgan va bular vaziyatga ko'ra biri-birini almashtiradi. Sound Recorder dasturidagi kabi Stop (Stop) klavishasi sifatida Esc klavishi ishlatilishi mumkin.

    Muayyan multimedia fayli ochilgach, Media Plaer dasturi darchasining sarlavhasida sichqoncha chap klavishasini ikki marta bossak, ekrandagi joy shakllanadi. Natijada ekranda eng zarur boshqaruv belgilari qoladi.



    Tavsiyanomaning Device (Ustroystvo) bandidagi Volume (Gromkost) buyrug’i bilan tovushning baland-pastligi, muvozanati va tembri boshqariladi.

    Media Plaer dasturi holatlarini sozlash muloqot darchasidagi ikki bayroqcha bilan amalga oshiriladi. Bu darcha o'z vaqtida tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Options (Parametri) buyrug’i bilan ochiladi va quyidagi ko'rinishlarga ega:

    Auto Revinel (Avtoperemotka) - multimedia fayli oxirigacha ifodalanasin, so'ng avtomatik tarzda qayta g’altaklab qo’yilsin.

    Download 117.99 Kb.




    Download 117.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Multimediya texnologiyalari

    Download 117.99 Kb.