8-Mavzu: Ekologik ong va Etnomadaniyat Reja: Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi. Jamiyatdagi ekologik muammolar




Download 136.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.12.2022
Hajmi136.27 Kb.
#35846
Bog'liq
Lecture - 8-1
BMI mavzulari, 32, leksika kurs ishi, 1-amaliy, Vaziyatli-masalalar, Kristallarning sohaviy nazariyasi, Dermatoveneralogiya test, OBEKTIVKA, 2-Maʼruza (1), Лермонтов, Flyus turlari, ESANOVA MAFTUNA, Sanoqulov Saidbek EVS-2, 6565


8-Mavzu: Ekologik ong va Etnomadaniyat 
 
Reja: 
 
1. Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi. 
2. Jamiyatdagi ekologik muammolar. 
 
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri 
o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simliklar hamda hayvonot dunyosi hamda 
yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi. 
Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan 
hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong 
va ekologik madaniyatning o’rni beqiyosdir. 
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, 
ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu 
muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali 
oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta, 
ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining 
taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, 
tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, 
insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan 
mahrum etadi. 
Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib 
yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga 
olib kelganligini yaqqol his etdi. 
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar ro’y 
bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik 
klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik 
xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi. Bu xavflardan ozon 
qatlami muammolari, ya’ni yemirilishi, iqlimning o’zgarishi, cho’llanish, toza 
ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi muammosi, hayvonot va o’simlik dunyosi 
turlarining qisharib borishi, o’simlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi, yer 
degradatsiyasi, suv resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir. 
Ekologik fojialarning bu darajadagi jadallashib borishida ekologik ong va 
ekologik madaniyat alohida o’rin tutadi. 
Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik 
madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida 
tabiatdan foydalanishni yo’lga qo’yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat 
nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va 


madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish, uni 
asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz 
kerakligini ko’rsatishdir. 
Davlatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshdan kechirayotgan hozirgi 
kunda ko’p sarmoya talab qiladigan ekologik tadbirlarni o’tkazish qiyindir. Lekin 
xalqimiz eng avvalo yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik, ongida 
millatimiz va davlatimiz rivojiga xavf solib turgan hodisalarga, shu jumladan, 
ekologik xavfga ham, faqat ularni bilishi va sodiqligi, tadbirkorligi va 
mas’uliyatliligi bilan javob bera olishi hamda xavfni bartaraf etish mumkinligini 
singdira olishimiz, shu jumladan, ekologik ong va madaniyatni yo’lga qo’yish orqali 
kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’ladigan ko’p ofatlarning oldini olish mumkin 
bo’ladi. 
Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda u bilan bo’lgan munosabat orqali 
ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan 
oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini 
kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni 
buzdi va tabiat hodisalarining davriy muvozanatini izdan chiqardi. 
Xalqimizda bir maqol bor: «Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga 
yetmaydi». Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o’zining taraqqiyoti jarayoni 
bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bir so’z bilan aytganda, 
ekologik muammolar aksariyat hollarda insoniyat ta’siri ostida vujudga kelar ekan. 
O’zbekistonda hozirgi kunda azaldan yig’ilib kelgan maishiy va ishlab chiqarish 
chiqindilari 1 milliard 400 million tonnadan oshib ketdi. 
Ijtimoiy ongning o’zgarishi, qadriyatlarga nisbatan munosabatlarning ekologik 
yo’nalishdagi ma’naviy madaniyatning rivojlanishi, sayyoramiz hayotiga yangicha 
qarashning shakllanishi uzoq yillar davomida va qiyin kechadigan jarayon bo’lib, bu 
o’rinda ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik ong va dunyoqarashni 
shakllantirish va rivojlantirishda bir qator yutuqlarga erishilayotgan bir vaqtda ushbu 
sohani singdirishda muhim o’rin tutadigan maktab tarbiyasiga, o’rta va oliy ta’lim 
muassasalariga e’tibor qaratishimiz lozim. 
Ekologik bilimlar tashviqoti, aholini ekologik tarbiyalash va ularni o’qitish 
bo’yicha ishlar avj oldirilganligiga qaramay, Respublikamiz oliy va o’rta maxsus 
bilim yurtlarida atrof muhit muhofazasi, ya’ni ekologiya sohasida boshqa sohalar 
kabi Davlat noziri singari mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kunga qadar yo’lga 
qo’yilmagan. Ushbu soha uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun 
talabidir. 


Bundan tashqari, insoniyat tarbiyasi uchun uning mahallasi ham alohida o’rin 
egallaydi. Mahallalar ham ushbu ishlarga jonbozlik ko’rsatishi lozim, deb 
o’ylayman. 
Shuni tashvish bilan aytish mumkinki, har kuni bitta tur o’simlik yoki bitta 
hayvon turi yer yuzidan yo’qolib boryapti. 1983 yili hayvonlarning 63 turi va 1984 
yil o’simliklarning 163 turi «Qizil kitob»ning birinchi nashriga kiritildi. Mana, 
oradan vaqt o’tib tabiat muhofazasiga munosabat o’zgardi. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 martdagi 190-sonli «Qizil kitobni 
yuritish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. 
1998 yil O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ning 1-jildi (O’simliklar 
qismi) nashr qilindi va bunda o’simliklarning 301 turi (163 tadan 301 taga oshgan) 
kiritilganligi qayd qilingan bo’lsa, 2006 yildagi yangi nashrida esa «Qizil kitob»ga 
kiritilgan o’simliklar turi 305-turni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich oshib bormoqda. 
Inson o’z hayoti va faoliyati, shuningdek, barcha tirik mavjudot dunyosi - 
biosfera uchun ko’z ko’rib, quloq eshitmagan miqyosdagi buzuvchanlik qudratiga 
ega bo’lgan, katta va kutilmagan salbiy o’zgarishlar, atrof-muhitga uzoqni o’ylamay 
qilingan munosabat, xatolar va yangi ishlarning hosilasi sifatida hozirgi yer yuzidagi 
vaziyat yuzaga keldi. 
O’zbekistonda har bir kishi 1 sutkada 2-3 litr chuchuk suv ichadi. 
Gidrosferaning faqatgina 2,5 foizini chuchuk suv tashkil qiladi. Qishloq 
xo’jaligining ayrim sohalaridagi suv sarfini qiyosiy hisoblab ko’rsak, 1 tonna 
bug’doy yetishtirish uchun 1,5 tonna, 1 tonna sholi uchun - 4-5 ming tonna, 1 tonna 
paxta yetishtirish uchun 10 ming tonna suv sarflanadi. 
O’simlik dunyosi yer yuzidagi hayot muvozanatini ta’minlash va ijtimoiy 
hamda iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash uchun hayotiy zarur bo’lgan ekzotizmlar, 
turlar, genetik tiplar va ekologik jarayonlarning rang-barangligini saqlaydi
insonning hayotiy ehtiyojlari talablariga javob beradigan genetik xilma-xillik va 
turlarni himoya qiladi. 
Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o’rni faqatgina Davlat 
xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini oshirish bugungi demokratik, 
huquqiy davlat qurish yo’lidagi ekologik bilimlarni targ’ibot qilish, aholining 
ekologik saviyasini ko’tarish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin 
shunga qaramay bu sohada bir qator kamchiliklar ham mavjud. 
Insoniyat qadimgi zamonlardanoq tabiatning bir qismi ekanligini anglab, u 
o’zining harakatlari bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda 
boshqariladiganligini his qilib kelgan. Lekin insoniyat tabiatdan foydalanib uni 
qayta tiklanishiga e’tibor qaratilishini kech bo’lsada, tushunib yetdi. Insonlar 
madaniyati shakllanib rivojlana borar ekan, tabiat in’omlari bo’lmish o’simlik va 


hayvonot dunyosi turlarini bir qanchasini madaniylashtirib, o’zlari uchun 
foydalanishni amalga oshirish jarayoni hozirda ham davom etayotgan jarayondir. 
Atrof-muhit sofligi, uning rang-barangligi-yu xilma-xilligini saqlash, ekologik 
madaniyatni rivojlantirish va uni boshqarish asosan tabiatni muhofaza qilish Davlat 
qo’mitasi va uning joylardagi tashkilotlari faoliyatiga bog’liq bo’libgina qolmay, 
joylardagi davlat hokimiyati organlarining ham burchidir. Ularning atrof-muhit 
muhofazasiga oid Qonun va hukumatimiz qarorlarini bajarishda ma’lum bir 
sustkashliklarga yo’l qo’yilmoqda. Sabab esa, qishloq xo’jaligida foydalanish uchun 
qaysidir yillarda eqilgan daraxtlarni parvarishlash, ularning qurigan turlari o’rniga 
qayta ko’chat ekish yo’li bilan tiklash ishlari qoniqarli darajada emas. Chunki 
mahsulot hosildorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ixotazorlarning 
zarurligini tasavvur etolmagan holda ayrim fermyerlar tomonidan ixota 
daraxtzorlarini kesish hollari davom etmoqda. 
Atrof-muhitni muhofaza qilishda va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda 
hozirgi kunda qo’llanilayotgan iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, 
tabiatdan noto’g’ri foydalanganlarga tabiat solig’ini qo’llash hamda jamiyatning 
ekologik madaniyatini shakllantirishni rivojlantirishda ekologik ta’lim-tarbiyaning 
samarali mexanizmlarini ishlab chiqish kerak. Bu bilan respublikamizda ishlab 
chiqarishni va insonning tabiatga bo’lgan munosabatini tartibga solish imkoniyati 
tug’iladi. 
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va 
jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni 
muhofaza qilish organlarining ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning 
ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo’lgan farzandlik burchidir. 
Amaliy jihatdan qaralganda Inson dialektika qonunlariga ko’ra paydo 
bo’lganidan boshlaboq ekologiya bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham jamiyat va 
tabiatning o’zaro bog’liqligi va birligini noto’g’ri baholash tuzatib bo’lmas 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu jarayonni aynan keng ma’noda ekologiya 
o’rganadi. Ingliz olimi Julian Xaksli (1972) fikriga ko’ra bu bog’liqlik yerda hayot 
paydo bo’lgan - 2700 000 000 yil oldin boshlangan. Insonning tabiatga faol ta’siri 
esa Kichik Osiyoda 10000 yil oldin boshlangan yoki boshqacha qilib aytganda neolit 
davrida 375 avlod oldin boshlangan. Chex olimi Ya.Elinek (1982) ma’lumotlari 
bo’yicha Yaqin Sharqda eramizgacha bo’lgan VIII – VII ming yillarda aholining 
uyushib yashashi mavjud bo’lib suyakka ishlov berish texnikasi ancha 
takomillashgan edi. Lekin, V.S.Altunin va A.S.Shulyak (1991), insonning tabiiy 
muhitga faol ta’siri ancha erta – mezolit (eramizgacha 10-5 ming y.) davridan 
boshlangan deb qayd etishgan. Yaqin Sharqda ancha rivojlangan mezolit madaniyati 
10500 yil oldin paydo bo’lgan. 
Akademik B.A.Ribakov tahriri ostidagi arxeologik ma’lumotlar turkiy xalqlar 
tarixi eramizgacha bo’lgan X-VI ming yillardan boshlanishini ko’rsatadi. Unda 
mezolit davrida ular joylashgan yyerlarning tabiiy sharoiti xaritasi keltirilgan bo’lib, 


bugungi respublikamiz hududi sahro va yarim sahro mintaqasiga kiritilgan. 
E.D.Mamedov va G.N.Trofimov ma’lumotlari (1996 y.)ga ko’ra Lyavlyakon-
plyuvial (eramizgacha 7-4 ming yillar) davrida hozirgi sahro hududida boshqa iqlim 
hukmronlik qilgan. Amudaryo va Zarafshon daryolari oqimi hozirgiga nisbatan 2,5 
marta ko’p bo’lgan. Keyinchalik antropogen omilning atrof-muhitga ta’siri kuchayib 
borgan. Eramizgacha bo’lgan VII (Avesto) asrda tabiat o’zgarishi shu darajaga 
yetganki, uni muhofaza qilish bo’yicha «Inson o’zini doimo ozoda tutishi, tabiatni 
asrab avaylashi, havo, suv va zaminning pokligini ta’minlashi lozim» degan 
chaqiriqlar paydo bo’la boshladi. Tabiatning uch unsuri bo’lmish yer, suv va havo 
ekologiyada fundamental tushuncha bo’lgan «biogeotsenoz»ning tarkibiy qismlari 
hisoblanadi. «Ekotop» aynan shu elementlar - «klimatop» (havo), «gidrotop» (suv) 
va «edafatop» (tuproq) dan tashkil topgan (G.Yu.Valukonis, Sh.O.Muradov, 2001, 
21- b.). Shu davrdan boshlab atrof-muhitda salbiy hodisalar kuzatilib, ekologik 
qonuniyatlarni o’rganish zaruriyati paydo bo’ldi. 
Eramizgacha bo’lgan V asrda Suqrot (eramizgacha 469-399 yy.) ishlarida ham 
atrof-muhit haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. Kimlardir unga «Afinaliklar seni o’limga 
hukm etdi» deyishganda u «Ularni esa tabiat o’limga hukm etgan» deb bemalol 
javob bergan edi (V.S.Nersenyants, 1996, 203-b.). Keyinchalik Gippokrat 
(eramizgacha 480-377-yy.) iqlim-milliy xarakter xususiyatlarini belgilaydi, deb 
ta’kidlagan paytda, qadimgi grek tarixchisi Gerodot jamiyat rivojlanishi tabiatga 
bog’liq degan fikrni bildirgan. 
Fuqidid (eramizgacha 460-400 yy.), Ksenofont (eramizgacha 430-355 yy.) 
tabiiy omillarni shaharlar va iqtisodga ta’sir etishini aytishgan.
Angliyalik tarixchi va sotsiolog A.Toynbi (1889-1975) qadimgi grek faylasufi 
Platonning (Aflotun) (er.av 427-347yy.) Gretsiya hududida insonlarning 
tajovuzkorona ta’siri ostida tuproqning ifloslanishi hamda qurib ketishi haqidagi 
fikrlarini aytgan. Platon shuningdek insonlar xarakteri geografik muhitga bog’liq 
deb ta’kidlaydi. (A.V.Losev, G.G.Provadkin, 1998 y. 40-b.). Aristotel (Arastu) 
(er.av. 384-322 yy.) ham xuddi shunday fikrda edi. Qadimgi grek olimlari 
K.Eratosfen (er.av. 276-194 yy.), Galen (er.av. 136-200 yy.), Polibiy (er.av. 200-120 
yy.),Strabon (eram. 1 asr), rimlik Tit Lukretsiy Tatsit (er.av. 58-117 yy.) va 
boshqalar jamiyat rivojlanishida tabiiy omillar ahamiyatiga yuqori baho berishgan. 
Markaziy Osiyoning buyuk allomalari Al-Xorazmiy (782-847), Al-Farg’oniy
(Al-Fraganus) (IX a. bosh. 861 y.), Al-Forobiy (870-910), AbuRayhon Beruniy 
(973-1048), Ibn Sino (980-1937), Zahiriddin Bobur (1483-1530), Mirzo Ulug’bek 
(1394-1449) tabiat haqidagi fanlarga katta hissa qo’shganlar. Ular tabiat 
qonuniyatlarini, o’simliklar va hayvonot dunyosini har tomonlama o’rganib, 
atrofimizni o’rab turgan muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga 
chaqirganlar. 
O’rta asrlarda ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) jamiyatning ta’sir
etishidan tabiiy muhitni saqlash vazifalarini qarab chiqqan edi. XVIII asr o’rtalarida 
taniqli tabiatshunos Karl Linneyning (1707-1778 y.) «Tabiat tizimi» nomli ajoyib 
asari e’lon qilinib, u o’simliklar va hayvonlarni ilmiy tizimlarga ajratishga asos 
bo’ldi. Fransuz naturalisti Jan Batist Lamark (1744-1829) organizmlarga muhitning 
ta’siri masalasini o’rganishni birinchilardan bo’lib o’rtaga tashladi. Shvetsiya 


olimlari Bengt Xultman va Erik Levli (2000) ingliz yozuvchisi, tabiatshunos Gilbert 
Uaytni ekologiya fanining asoschisi deb hisoblaydi (1720-1793). Uning «Qadimiy 
Zelburnning tabiat tarixi» asari zamon ekologik harakatining dasturi deb 
hisoblanadi. Tabiat haqidagi fanlarning keyingi rivojini nemis olimi A.Gumboldt 
(1769-1859), rus zoologi va naturalist Karl Rule (1814-1858) va N.A.Severtsov 
ishlarida kuzatishimiz mumkin. Amerikalik geograf-olim G.Marsh (1801-1882) 
birinchi bo’lib insonning tabiatga salbiy ta’siri haqida (1864) alohida kitob yozdi 
(X.T.Tursunov, T.U.Rahimova, 2006, 10-b.). Ch.Darvinning (1809-1882) 
evolyutsion ta’limoti, «Turlarning tabiiy yo’l bilan tanlanishdan kelib chiqishi» 
kitobi (1859) ekologiya fanining mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa 
qo’shdi. 
 

Download 136.27 Kb.




Download 136.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-Mavzu: Ekologik ong va Etnomadaniyat Reja: Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi. Jamiyatdagi ekologik muammolar

Download 136.27 Kb.
Pdf ko'rish