8-sinf iii-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili iv-chorak Fizika




Download 243.91 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2021
Hajmi243.91 Kb.
  1   2   3   4   5   6

8-sinf III-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili IV-chorak


Fizika

1. Magnit maydonni o’zgartirishi tufayli, shu maydonda joylashgan o’tkazgichda kuchlanish hosil bo’lishiga ……………….deyiladi.

A. Generator B. Elektrodvigatel C. induksion tok D. elektromagnit induksiya hodisasi

2. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida energiya isrofini kamaytirish qanday amalgam oshiriladi?

A. Tok kuchini o’zgartirmay saqlash orqali B. Tok kuchini kamaytirib kuchlanishni orttirish orqali

C. Kuchlanishni kamaytirish orqali D. Tok kuchini orttirish orqali

3. Transformatorda o’zak qanday vazifani bajaradi?

A. G’altakning tutib turuvchi karkas B. Tokni ko’paytirib vosita

C. Kuchlanishni o’zgartirib beruvchi vosita D. Magnit maydonini to’plab uzatuvchi vosita

4. Transformatorning birinchi cho’lg’ami 1220 o’ramga ega. Birinchi cho’lg’amini 220 V li kuchlanish manbaiga ulab ikkinchi cho’lg’amga 18 V kuchlanish olish uchun, ikkinchi cho’lg’amda nechta o’ram bo’lish kerak?

A. 220 B. 20 C. 100 D. 36

5. G’altak ichida doimiy magnit harakatlantirilganda hosil bo’ladigan induksion tok kattaligi nimalarga bog’liq?

A. G’altaklardagi o’ramlar soniga B. G’altak diametriga C. Magnitning harakatlanish tezligiga

D. A va C javoblardagi sabablarga

6. Lens qoidasi nimani anglgtadi?

A. To’g’ri tokning maydoni kuch chiziqlari yo’nalishini; B. Magnit maydonidagi tokli o’tkazgichga ta’sir kuchini yo’nalishini; C. Induksion tok yo’nalishini; D. Generator rotorining aylanish yo’nalishini;

7.” Berk konturda hosil bo’lgan iduksion tok shunday yo’naladiki, natijada uning magnit maydoni, induksion tokni hosil qilgantashqi magnit maydonni susaytirishga harakat qiladi” . Bu nimani ifodalaydi?

A. O’ng qo’l qoidasini B. Chap qo’l qoidasini C. Lens qoidasini

D. Amper qonunini

8. Elektr uzatish liniyasidagi kuchlanish n marta oshirilsa, isroflar necha marta kamayadi?

A. n marta B. n2 marta C. n3 marta D. 1/n marta

9. Gapni to’ldiring. “O’ng qo’lni magnit maydonga shunday joylashtiriladiki? Bunda magnit kuch chiziqlari……………kirsin. Yoyilgan bosh barmoq o’tkazgichning……….ko’rsatsin. Shunda cho’zilgan to’rtta barmoq induksion tok yo’nalishini ko’rsatadi”.

A. ….kaftimizga tik……harakat yo’nalishini…… B. …….kaftimizga 450 burchak ostida……..uzunligini………

C. ….kaftimizga parallel…….harakat yo’nalishini……. D. …..kaftimizga tik……uzunligini……

10. Gapni to’ldiring.. “O’zgaruvchan tok kuchlanishini, chastotasini o’zgartirmagan holda, bir qiymatidan ikkinchi qiymatiga o’zgartirib beradigan elektr mashinasiga……..deyiladi”.

A. Elektrodvigatel B. Generator C. Transformator D. Elektromagnit rele

11. 4 N kuch ta’sirida 5 sm ga uzaygan prujinaning bikrligini toping.________________________

12. Asfalt yo’lda tekis harakatlanayotgan avtomobil g’ildiragining dumalanish ishqalanish kuchini toping. G’ildirakning massasi 30 kg, radiusi 30 sm. g=10m/s2 , μd =2 mm ga teng deb oling.______________________

13. 12 ta elektroni bo’lgan neytral atom yadrosida nechta neytron bor?__________________________

14. Kulon qonunini ifodalovchi formulani ko’rsating.________________________________

15. Zanjirga ulangan galvonometr orqali 5 min da 300 mA tok kuchi o’tadi. Shu vaqt ichida galvanometr g’altagidan qancha kulon zaryad o’tadi?______________________________________



Download 243.91 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 243.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-sinf iii-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili iv-chorak Fizika

Download 243.91 Kb.