9 sinflar toshkent – 2010




Download 1.51 Mb.
bet3/142
Sana10.04.2017
Hajmi1.51 Mb.
#3885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142

Fonetik materiallar


  • yordamchi so‘zlar (artikllar, predloglar, bog‘lovchilar, ba’zi bir olmoshlar) va jumlalarda urg‘u;

  • qo‘shma gaplarda ohang.

Ikkinchi bosqich. Bu bosqich (7-9 sinflar)da o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuvni maqsad maqomida egallash davom ettiriladi. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar o‘z nutqlarida ayrim qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, ya’ni ularda o‘rganilgan so‘z va iboralarni grammatik qonun-qoidalarga asosan qo‘llash muammosi vujudga keladi. Bu esa o‘quvchilardan til materiallarini tartibga tushirish, umumlashtirish va ularni zarur bo‘lgan joyda qo‘llash malakasini talab qiladi. O‘qilgan va tinglangan matnlar asosida nutq ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Nutqning hamma turlarida mustaqil ishga katta ahamiyat berilgan holda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Yuqori sinflarda tarjima ona tili va ingliz tilidagi lingvistik tushunchalarning ifodalanish usullarini taqqoslash maqsadida ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida kelasi zamon qanday ifodalanadi va bu ona tilida qanday amalga oshiriladi va h.k. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi bosqichlarda o‘rganiladigan bu ikki tarjima usuli o‘quvchining ingliz tilidan bilimini mustahkamlaydi. Nihoyat 9- sinfga kelib o‘quvchilar bu ikki alohida-alohida ko‘nikmalarni birlashtiradilar va quyidagi ikki turdagi tarjima ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Birinchisi ingliz tilidagi matnlarni ingliz tilidan ona tiliga aniq-ravon tarjima qilish, ikkinchisi ingliz tilidagi matnlarni tinglash yoki o‘qish va mazmunini ona tilida bayon etish.





Download 1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Download 1.51 Mb.