• 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 15
  • Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori




    Download 97.26 Kb.
    bet16/42
    Sana04.07.2021
    Hajmi97.26 Kb.
    #15380
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
    1.2. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori
    Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2017 yil 7 fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi15 qabul qilindi.

    Mazkur strategiyada mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari o`z aksini topgan. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshiriladi. Yillarga beriladigan nomlarga muvofiq, har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

    Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

    Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shart-sharoitlarini tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malakasini yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Xalq ta'limi vazirligi jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, teran fikr va qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda.



    Download 97.26 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




    Download 97.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori

    Download 97.26 Kb.