“Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi” mavzusini o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar




Download 97.26 Kb.
bet28/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
2.2. “Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi” mavzusini o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar
Mazkur mavzuni interfaol usulda o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga qaratilgan va ijobiy samaradorligi yuqori bo’lgan – o’qitishning guruhlarda tashkil etish shakli orqali to’xtalmoqchimiz. Avvalo darslarda o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini guruhlarda tashkil etish qonun qoidalari va interfaol darslarda o’quv-biluv faoliyatni guruhlarda tashki etishning o’ziga xosliklariga e’tibor qaratsak.

- Bu shaklda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga bo’linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi.

- Har bir guruh alohida (ya’ni bir xil yoki tabakalashgan) topshiriklar ustida ishlaydi.

- Topshirik o’zaro muloqotga asoslanadi yoki biror yetakchi raxbarligida tashkil etiladi.

- Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg’ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh a’zosining kanchalik hissa qo’shganligi hisobga olinadi.

- Guruhlar tarkibi doimiy bulmasligi mumkin, ular shunday tartibda shakllantiriladiki, topshirikni bajarishda har bir guruh a’zosiga o’zining maksimal hissasini qo’shish imkoniyati, muxiti yaratiladi.

- Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 nafar a’zo ishtirok etadi.

Uning tarkibiga beriladigan topshiqlarning mazmuni va harakteriga qarab o’zgartirishlar kiritilishi mumkin26.

Eron safaviylar sulolasi hukmronligi davrida mavzusini o’rganishda guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko’nikmalariga ega bo’lgan o’quvchilarning bo’lishi kutilgan natijalar beradi.

Guruhli o’quv-biluv ishlarini tashkil etishda ayrim o’quvchilarning individual yordamga muxtojliklari seziladi. Shunday vaziyatlarda o’qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bulmagan o’quvchilarga yordam berib borishi maqsadga muvofik.

Guruhli o’quv-biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq o’stirish mashg’ulotlari (dialog) matnlarni o’zlashtirish, tarixiy materiallarni o’rganish va mehnat darslarida juda qo’l keladi. Bu holatlarda guruhlarda o’zaro muloqot o’rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi.

Guruhli o’quv-biluv faoliyati yana o’quv-mavzuviy konferensiyalar, munozara, mushoira, debat, savol-javob, ma’lum mavzudagi kichiq ma’ruzalar, qo’shimcha mashg’ulotlar, o’quv dasturlaridan tashk;ari mavzularni o’rganishda ham juda kul keladi.

Bunday o’quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko’rsatadilar, o’z fikr, pozisiyalarini ximoya qilish ko’nikmalari shakllanadi. Guruhdagi hamkorlikda, kuchli o’quvchilar kuchsiz o’quvchiga yordam berish bilan ularni qo’llab kuvvvatlaydi, guruhda hamijodkorlik vujudga keladi.

Guruhli o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishda guruh a’zolari orasida vazifalar aniq taksimlansa, o’zaro hamkorlik to’g’ri yo’lga kuiilsa» samarali natijalar beradi.

O’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini guruhli tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmogi zarur.

1. O’quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash, o’quv topshiriklarini aniq qo’yish, guruhda ishlash buyicha tushuncha berish, reglament o’rnatish.

2. O’quv topshiriklarini bajarish buyicha reja tuzish, uni muxokama etish. Uni xal etish yo’llarini aniqlash va ishni olib borish buyicha o’zaro vazifalarni taksimlash.

3. O’quv topshiriklarini bajarish buyicha ishni tashkil eta olish.

4. Guruhdagi ishni tashkil etishda ish jarayoni va a’zolar ish jarayonini kuzatish va zarur hollarda yordamga kelish.

5. Guruhda topshirikdarni bajarish jarayonida o’zaro tekshiruv va nazorat olib borishni yo’lga kuyish.

6. Guruhlarda topshiriklarni bajarish natijalari buyicha axborot berish, sinfda munozaralar o’tkazish, ish jarayonining borishiga qo’shimcha va tuzatishlar kiritib borish. O’qituvchi tomonidan ishning natijalari buyicha xulosalar chiqarish va yakun yasash.

7. Har bir guruhning ish natijalariga, sinf ishiga taxliliy baholar berish.

Guruh ishining muvaffakiyatli chiqishi o’qituvchining o’quv faoliyatini tashkil eta olish harakati, mahoratiga bog’lik.

Ya’ni o’qituvchi guruhda ishtirok etayotgan har bir o’quvchining shaxsiy faoliyatini tashkil eta olishi, har bir o’quvchi o’qituvchi kumagini olishi ishning borishi bilan pirovard natijani muvaffakiyatli ko’rsata olishiga bog’liq27.

Guruhlar ishini o’quv biluv jarayonida tashkil etishda bir kdtor kamchiliklar sodir bo’lishi mumkin. Qiyinchiliklardan biri guruhlarni to’g’ri, maqsadli shakllantira olish va unda ishni tashkil eta olishdir. Guruhlarda ishlash jarayonida o’quvchilar ayrim kiyin topshiriklar yechimini mustaqil yechishga kiynaladilar. Shu sababli guruhlarda ishni tashkil qilishda umumiy ishni tashkil etish bilan bir vaqtda individual ishlarni ham tashkil etishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda ko’pincha yaxshi natijalarga erishish mumkin. Umuman uquv predmetlari buyicha beriladigan topshiriklarning kiyinchilik darajasiga qarab guruhda ijodiy muxit yaratiladi. Guruhlarda ishlash davrida o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi orasida o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam muxiti o’rnatilsa, guruhlar ishi kutilgan natijalarni beradi.

Mavzuni o’rganishda guruhlarda ishlash shakllaridan biri bo’lgan, Trening usullari ham qo’llaniladi.

Interfaol metodlarda ishlash va o’sha sharoitlarda ishlash: malakalarini xosil qilish uchun treninglar tashkil etiladi. Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum bo’lgan metodlarni o’z o’quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va ko’nikmalarni xosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo’lgan yangi metodlar muxokama qilinadi, o’rganiladi, ko’nikmalar xosil qilinadi. O’zlari shu asosda yangicha ishlash faoliyatiga o’rganadilar.

Umuman treninglar qo’shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridandir. Treningning o’ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o’z faoliyatini, qobiliyatini oshirishga yo’g’rilgan bo’ladi. O’qituvchi o’z o’quv-biluv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanishni mustaqil ish yuritish, qarorlar kabul qilishni o’rganadi.

Mutaxassislar treningni to’rt guruhga bo’lishni tavsiya etadilar:

- o’z faoliyatini tashkil etuvchi mashg’ulotlar;

- komanda bo’lib ishlashga tayyorlanish; boshqalarni o’qitish ko’nikmasini olish; qo’shimcha ta’lim oluvchi ehtiyojini qondirish.

Trening guruhlarida ishlarni tashkil etish qoidalari qanday bo’lmogi kerak?

Birinchidan, "Shu yerda va xozir" qoidasi, guruhni tashkil etish momentida qoida, fikr, muloxazalar, jarayon kechishi hisobga olinishi kerak. Shu yusinda har bir ishtirokchining diqqat e’tiborini shaxsan o’ziga va atrofida kechayotgan voqyealarga torta olish, ishtirokchining o’zini qanday tuta olishi, ko’rsata olishiga e’tibor qaratilishi kerak.

Ikkinchidan, samimiyat va ochiqchasiga qoidasi: Shunga erisha olish kerakki, guruh a’zolari ko’zbuyamachilik va yolgondan holi bo’lishlari shart,

guruhdagi shaxslarni o’ziga ishonchi va soglom vaziyat - ishning maqsadli borishiga turtki bo’ladi. Bunday muxitni yaratish shaxslar orasidagi muloqotning samarali kechishini ta’minlaydi. Albatta guruhlarda yangi ish boshlanganda bunday vaziyatni xosil qilish mumkin. Har doim ham guruhlar ishini tashkil etishda bir-birini qo’llash, xayrixoxlik ochiqchasiga samimiy fikr bildirish imkoniyatlari bulavermaydi. Bunday holda trener har bir ishtirokchining ximoyalanganligi, ochiqchasiga o’z fikrini bayon eta olishiga muxit yaratishi kerak. Shundagina guruh ishtirokchisi muloqot jarayonida o’zi o’ylagan, aytishi mumkin bo’lgan fikrni o’sha zaxotiyoq, o’z vaqtida aytadi, bildiradi.

Uchinchidan, "Men" qoidasi28. Guruhlarda hammaning fikri undok yoki bundok, deb aytish man etiladi. Fikrlar faqat ayrim shaxslar tomonidan, uning o’z nomidan fikr-muloxazalari alohida-alohida bildirilishi kerak. Bunda bildirilayotgan fikr yoki g’oya shaxe mas’uliyatiga yuklanadi. U qanday bo’lsa shunday kabul qilinadi. Shu yusinda guruhda har bir shaxsining roli va o’rni bo’lishiga erishiladi.

To’rtinchidan, faollik qoidasi. Guruh ishida passiv kuzatuvchi bulmasligi kerak. Topshiriklar yechimida hamma katnashchilar shaxsan ishtirok etishi zarur. Agar guruh a’zolaridan birortasi faol katnashishdan bosh tortsa, uni kelgusi ishda katnashishi yoki katnashmasligini kurib chщishga to’g’ri keladi.

Beshinchidan, guruhda nima sodir bo’lsa o’z joyida qolish qoidasi. Guruhda etik talablar, ruxiy holatlarni vujudga keltirish uchun guruhda sodir bo’ladigan nourin, noto’g’ri fikrlar tanqid ostiga olinmasligi, muxokama qilinmasligi juda muhimdir. Nimaiki aytilsa, gapirilsa guruhda qolib ketishi kerak.

Trening jarayonida qo’llaniladigan metodlar

Treningni tashkil etish va o’tkazishda shunday metodlar mavjudki ular universal harakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, uyin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalardir.

Lekin biror maqsadni ko’zda tutadigan treninglarning o’ziga xos metodlari ham mavjud.

Guruhli-munozara bu metod muammoli savollarni hamkorlikda muxokama etishda katnashchilarning nazariya va strategiyalari asosida kechadi. Bunday metodlar masalaning yechimiga turli tomonlardan qarashga muljallanadi, masalani yechimiga har bir ishtirokchi alohida fikr bildiradi va shular asosida qandaydir yechimga olib kelinadi. Trener munozarani turli savollarni kuyish asosida boshqaradai va ularni yechim sari boshlaydi. Agar guruh a’zolari biror savolni o’rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o’zlari yechimini izlab topishlari ham mumkin.

Birorta ta’lim tashkilotida komandani tashkil etish maqsad qilib olinishi ham mumkin. Trening qoidani tashkil etish buyicha munozara o’tkazish bilan boshlanishi, komanda deganda nima tushuniladi, komandaning shakllanishi qaysi kriteriyalar asosida shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Bunda komandaning shakllanishi turlicha bo’lishi mumkin. Shunday guruhlar shakllanishi mumkinki ular shaxsiy tarkibda samarali ishlashni yoqlab chiqishlari mumkin. Bunday munozaralar komanda tuzishda diagnostika rolini uynashi va trening oldiga aniq maqsadlarni qo’yishga yordam berishi mumkin.

Trening o’tkazishni didaktik vaziyatli-rolli, ijodkorlik, faoliyatsh tashkil etish, imitasiya, ishchanlik, uyinli metodlarga bo’lish mumkin. Treninglarni uyinli metodlar bilan o’tkazilishi juda sermaщl| yo’ldir. Guruhlarda ishlash jarayonida ishtirokchilarni o’zaro tanishtirish! uyinlari ular orasida tortishish zo’riqishlarning oldini olish, o’zini| ruxiy ximoyalashda katta rol uinaydi. Uyin faoliyatini tashkil etish gurus a’zolari orasida kiyinchilik, mulokrtlarni olib borishdagi psixologik! holatlarni yaxshilaidi. Treningning samarali kechishi yangi ko’nikmalarni egallash, kasbiy maxoratlarni ochish, ijodiy faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. Tortinchokdikdan holi bo’lish, ochiq-oydin fikr aytish holatlariga olib keladi.

Vaziyatlarni modellashtirish. Treninglar jarayonida ishtirokchinj o’zini qanday tutishi, qanday bir kolipdagi xulki bilan ishtirok etayotganligini tushunish, kuzatishga to’g’ri keladi. Vaziyatni modellashtirishda ishtirok etuvchi jarayonning borishida o’ziga foyda yokn| ziyon keltiradigan xolatlarni ko’ra bilishi, kuzatish va tahlil qilish! ork;ali eng kulay tomonlarini ajrata bilishi zarur.

Sensorik sezgirlikni rivojlantirish texnikasi. Bu sezgirlik orsali ishtirokchilar boshqa ishtirokchini kabul qila olish, to’shunish, sezish.[ baholashga o’rganadi, o’zini-o’zligini, guruhdi to’shu na boradi. Maxsus mashklar orqali, verbal va noverbal axborotlarni olish orqali, boshk,a odamlar uni k,anday kabul qilayotganliklarini bilish orqali I ishtirokchi o’z qarashlariga ega bo’ladi, tashki kiyofadan shaxsiy k;arashlar| shakllanishini to’shunib boradi.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki treningda metodlar quyidagicha bo’lishi mumkin. Komanda bo’lib ishlash, kichiq guruhlarga bo’linib ishlash, I rolli uyinlar, mini-ma’ruzalar (15 minutgacha), ular trening a’zolariga! o’quv-metodik qo’llanma materiallar tarqatish ork.ali amalga oshiriladi.

Trenish larning mazmun jihatidan yunalishlari

• Treninglarga ehtiyojni o’rganish buyicha foks-guruhdi ishini tashkil

etish, bunda tashkilotni o’rganayotganida trening roli va uni bilish.

• Trening maqsadini belgilash va uni ximoyachi bilan kelishish. O’quv maqsadiga qarab trening turini tanlash.

• Treningning mazmuniga, kutilayotgan natijalariga qarab uning davomiyligi belgilash. Vaqt hisobini olish.

Trening korporativ xususiyati, tayyorgarlik fazolari va o’tkazish jarayonini belgilash.

• Treningga tayyorgarlik "nimaga". "kim", "nimani", "qachon" va "qaerda"ligining hisobini olish. Trening katnashuvchilaridan taxminiy anketalar olish.

• Trening dasturi va o’quv-metodik me’yoriy xujjatlarini tayyorlash.

• Korporativ treninglar porodokslarini olib borish, baholashni oldindan ko’ra bilish.

• Trening olib borishda o’quv jarayoniga ketadigan taxminiy vaqt, ishtirokchilarni joylashtirish, o’tiladigan joyni tartibga keltirish.

• Treningning boshlanishi (ochilishi) va tugallanishi (yakunlanishi).

Tabriknoma, Tanishish. O’quv jarayoniga ishtirokchilarni jalb etish metodlarini ishlab chiqish. (Ularning o’zaro muloqotini tashkil etish).

• Treningdan kutilayotgan natijalarni aniqlashtirish. Ishtirokchilar bilan treningning so’nggi dasturini kelishib olish, trening jarayonidagi o’zaro munosabatlar konun-qoidalarini kelishish "uyin qoidalari".

• Murakkab harakterli ishtirokchilar bilan ish yuritish, o’ziga xos ishtirokchilarning tiplarini, konfliktli vaziyatlar-simptomlarni ko’ra bilish, ularni vaqtida bartaraf etish29.

• Taqdimot va qayta aloqa o’rnatish. Trening yakunida trening ishtirokchilaridan anketa olish.

• Tajriba o’qitishning asosi. O’quv shallaridan iborat.

Trening o’tkazishning tuzilishi



  • Maqsadni belgilash, o’qitiladigan dasturning mazmunini belgilash; Ishtirokchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini diagnostiktaxlil qilish;

  • Programma mazmunini muxitga moslashtirish va trening o’tkazish metodikasini belgilash;

  • Trening o’tkazish jarayoni.

  • Trening natijasida olgan bilimlarini baholash.

Trener kim? U nima bilan shug’ullanadi?

Trener o’quv dasturi, trening mazmunini, trening faoliyatini olib borish, trening natijalarini baholash bilan shugllanadi. Uning bosh maqsadi mavjud bo’lgan yangi metodlarni, interfaol usullarni o’qituvchilarga o’rgatish orqali ular da yangi sharoitda, ehtiyojga muljallangan ta’lim jarayonini olib borish ko’nikmasini shakllantirad! Shu bilan barcha o’qituvchilarning interfaol usullarga, metodlarga bulga ehtiyojini o’rganib boradi. Shu asosda treninglarni ehtiyojlarga mosla loyixalash ishlarini olib boradi.

Shu bilan birgalikda trener o’quv kursi dasturini, mazmunin shakllantiradi, u bir vaqtning o’zida trener qatnashchilari hisobini olish jarayonni tashkil etish instro’qsiyasi, talab etilgan barcha o’qu materiallari, tarqatma materiallar, zaruriy texnik jixozlarnish hisobini qiladi. Trener faoliyatidagi eng muhim davr trening jarayonini tashkil etj va olib borishdir. U o’quv kursining taqdimoti. Amaliy sessiyalar menejmenti, munozaralar olib borish, qatnashchilardan olingan javoblar koordinasiya qilish, qayta aloqani o’rnatish, har bir borayotgan jarayonni nazorat etish, vaqt, vaqtida dam berish, ularni o’quv jarayonida ruxiy ximo; qilish ijtimoiy ximoya qilish talab etiladi.

Trener trening materiallarini to’plash, tanlash, taqdim etish, yuborish kasbiy mayoratini namoyon etishi kerak. Ular juda oson mulokrtg, kirishuvchi suhbatdosh va tashkilotchi, kamtar inson bulmogi lozim. Albatta trening yakunida trenerdan olingan natijani taxlil qila olish, baholash kerak. Taxlillar har doim sistemali bir tizimda tashkil etilishi kerak.Trener treninglarning tashkiliy muammolarini hal qilishi tajribasiga suyanishi, maslahat berib borishi talab etiladi.Trener yuksak kasb egasi, kommunikativ ko’nikma, yuqori malakali o’qituvchi, liderlik funksiyasini bajara oladigan, menejerlik darajasida rivojlangan shaxsdir.

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish trenerlarning ish faoliyatiga ko’p jihatdan bog’likdir. Interfaol metodlarni maktab ta’limiga kiritish avvalo ishni o’qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. Uning uchun o’qituvchilarni tayyorlash interfaol seminar, trening, maxsus maqsadli kurslarda, doimiy harakatdagi o’quv kurslarida, ayrim hollarda shaxsiy dastur asosidagi mustaqil malaka oshirish jarayonida amalga oshiriladi. Ularning interfaol metodlarni o’zlashtirishlari maxsus o’quv guruhlarida shakllanadi. Guruhlar va trenerlar bilan yonma-yon fasilitatorlar ish yuritadilar. Shu munosabat bilan fasilitator kim? Uni funksiyalari nimalardan iborat degan savolga javob berish zaruriyati tugiladi. Fasilitator davra suxbatlarini, munozara, mo’shoira, debat, seminar, treninglarni olib boruvchining - yordamchisidir.

Uning maqsadi - guruhda guruh a’zolarini qo’llab -quvvatlash, oldida turgan vazifani bajarishga yo’naltirirish. U guruh a’zolarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga qulay muxit yaratib beruvchi shaxs. Fasilitator guruhlarda o’zaro borayogan mulotkot jarayonii olib boruvchidir.Fasilitator guruhda ishni tashkil etishda, olib borishda jarayonning samaradorligini ta’minlaydi. Uning vazifasi guruhda hamkorlikni, hamfikrlikni, ijodiy muxitni yaratish, guruhni jipslashtirish va vaqt reglamentini bopщarish. Fasilitator guruhlarni bir-birini qo’llab-kuvvatlashga, o’zaro yordam berish muxitida ish yuritishga yo’llovchidir. Guruhlarda ishning muvaffakiyatli kechishi, sessiyalarda ishning jonli muloqotlarga boy bo’lishi fasilitatorning faolligi yoki befarqligi bilan belgilanadi. Guruhlarda sessiyalarni olib borishda ko’p kirrali ishlar yo’lga kuyilishi kerak, ruxiy holatni boshqarish, vaziyatlardan chiqa olish, ko’pchilikning diqqat-e’tiborini yunaltira olish, torta olish bilan belgilanadi.

Guruhlarda ish olib borish jarayonida uning funksiyalari quyidagicha bo’lishi ishning muvaffakiyatli kechishiga olib keladi:

Birinchi. U faoliyatga dirijyorlik qiladi. Guruhdagi har bir a’zoni payqashi, rivojlantirishi, eng kichiq g’oya o’rtaga tashlansa ham darhol uni qo’llashi kerak. E’tiborni kam tashabbusli a’zoga qaratib hammani shu g’oyani rivojlantirish, xulosalarga kelishga undaydi.

Ikkinchi. Bu faoliyat fasilitatordan "bashorat" qila olish qobiliyatini talab etadi. Ya’ni guruhdagi tugilayotgan vaziyatni payqay olish, kiska vaqtda masalani yechimi tomon burish. Erkin fikr yuritishga, tortinmasdan o’z g’oyalarini ayta olishga yo’llaydi.

Uchinchi. Fasilitator vaqt kelganda (raqqos) o`yinchi hamdir. Ya’ni guruh ishini dadil, kurkmasdan o’z ketidan ergashtirishi kerak. Guruhdagi vaziyatni sekinlashtirish, tezlashtirish, jonlantirish, goxo ilgari ko’zda tutilgan ssenariyadan chiqishga ham borish mumkin. Tinib-tinchimay olga bosish uning shioriga aylanmogi zarur.

To’rtinchi. Tinib tinchimaydigan, izlanuvchan fasilitator tajriba sinov ishlarini yo’l-yo’laqay yecha oluvchi, kerak bo’lsa ilgari uchramagan, ko’zda tutilmagan yo’llarni izlab topib nestandart yo’llar bilan mantiqan o’ylab katta g’oyalar yechimini topa oluvchidir.

Beshinchi. Olmosdek qayralgan inson sifatida guruhdagi ish jarayonini biror kichiq g’oya tanlash, kutilmagan biror savol tashlash orqali sifatli, samarali kechishga yunaltiradi, maqsadga erishadi. Guruhda ijodiy, innovasion faoliyat yarata oladi.

Oltinchi. Guruh ishining borishida u aktyorlik funksiyasini bajaradi. Agar fasilitator jarayonga jon jaxdi va butun vujudi bilan kirishsa guruh ishi jonlanadi, uygonish intilish holatlari sodir bo’ladi.

Yettinchi. Fasilitator guruh ishlayotgan muxit ximoyasida bo’lishi kerak. Guruhda ishlash jarayonida, a’zolar tomonidan bildirilayotgan g’oyalar (xatto u juda arzimas bo’lsa ham) qo’llab-kuvvatlanib, e’tirozsiz ish tutilsa, guruh ishi muvaffakiyatli kechadi. Har bir aytilgan fikr va g’oyani rivojlantirib, asosiy yechim tomonga boriladi, guruhda yomon g’oya yo’q - unda biror fikr bor.

Sakkizinchi. Fasilitator qonun va qoidalar xizmatchisi. Un dan ishchanlik uyinlari jarayonida guruhlarda o’rnatilgan qoidalar, reglamentlarga kat’iy rioya ki lishni yo’lga kuyish talab etiladi.

Yuqorida biz eslatib o’tayotganimizdek darsning maksad, vazifa, pirovard natijalari oldindan rejalashtiriladi va o’quvchiga ma’lum qilinadi.





Download 97.26 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi” mavzusini o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar

Download 97.26 Kb.