Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




Download 97.26 Kb.
bet34/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
«TANQIDIY FIKRLASH» METODI

Vazifasi. Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o‘z oldida turgan muammolarni oqilona echish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. SHu boisdan talabalarni darslarda ko‘proq bahsli tortishuvlarga sabab bo‘ladigan muammolar echimini topishga jalb etish lozim.

Bahsli savollarni echish jarayonida talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turlicha fikrlarni taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befarq qaramaslik kabi xislatlar shakllana boradi, masalalarni echish va tegishli hukm chikarish, analitik fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, ma’lum ketma-ketlikda tafakkur Yuritish, to‘g‘ri echimlarni topish malakalari o‘zlashtiriladi.

O‘tkazish usuli. Munozarali savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va ob’ektiv fikr Yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun talaygina metodika mavjud. Ro‘y berayotgan voqelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqich- lardan iborat bo‘lishi mumkin:

1. Talabaning o‘z fikrini erkin ifodalashi.

Talabaga echimini topish uchun taklif etilgan muammo bo‘yicha o‘z o‘rnini aniqlab olishiga imkon beriladi. Misol: Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun eodir bo‘lgan? Muammoga talabadan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: «Sening fikring qanday?», «Bu haqda sen nimalarni o‘ylaysan?» va boshqalar.

2. O‘z fikrini oydinlashtirish.

Talabalarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo‘shimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: «Bu bilan nima demoqchisan?», «O‘z fikringni tushuntira olasanmi?», «Bu nima degan i?»

3. Talabalarning fikrlari asoslanganligini tekshirish.

Bu erda kuyidagicha savollarning berilishi o‘rinlidir: «Nima uchun sen aynan shunday deb o‘ylaysan?», «Sening mavqeingni tasdiq- lovchi qanday asoslar bor?», «Nima uchun senda shunday taassurot tugildi?», «Bildirgan fikringni yoqlab qanday argumentlarni keltirasan?», «Fikringni nima bilan isbotlaysan?» va hokazo.

4. Boilqalar fikrini o‘rganish.

Inson o‘z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat va ehtirom bilan qarayvermaydi.

Ayniqsa, bu holat ko‘proq o‘smirlarda ko‘zatiladi. SHubhasiz, ko‘p hollarda buning aksini ham ko‘rish mumkin. SHu bilan birgalikda, qator murakkab muammolarning echimini topishda o‘zgalar fikrini eshitish va tinglash ko‘nikmasi juda asqotadi. Bu ko‘nikmani talabalarda shakllantirishni xohlasangiz, marhamat, ularga kuyidagi savollar bilan murojaat qiling: «O‘z fikringizga mukobil bo‘lgan holatni bayon qila olasizmi?», «Bu haqda boshqalar nima deyishi mumkin?», «Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?»

5. O‘z holatini va o‘zgalar fikrini tahlil etish..

Bu haqda nafakat o‘smirlar, balki kattalar ham ko‘pincha o‘ylashmaydi. Talaba xususiy fikri bilan to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni o‘zaro taqqoslashi, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. SHu maqsad uchun kuyidagi savollar asqotishi mumkin: «O‘z fikring ojizligi nimada?», «Qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli yoki nima uchun kuchsiz?», «Qanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni kuchsizlantiradi?»

O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o‘rganish uchun savollar: «Agar sizning g‘oyangiz qabul qilinsa, nimalar ro‘y berishi mumkin?», «Bu jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi?», «Uning natijasi kelajakka foyda beradimi?»

6. Muammo bo‘yicha echim qabul qilish.

Bu «tanqidiy fikrlash» metodining so‘nggi bosqichi hisoblanib, talabalar tomonidan bildirilgan turlicha fikrlar qaytadan baholanadi va mo‘tanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: «Qaysi natija eng qulay va ishonchli?», «Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ldi?», «Siz bahsga qanday nuqta qo‘ygan bo‘lardingiz?» va hokazo savollardan foydalaniladi.

Izoh: Bu metod ko‘proq huquqiy bilimlarni o‘zlashtirishda ko‘l kelishini ta’kidlash joiz. Huquqiy talim yoshlarga jamiyatda, jamoada, oilada o‘z o‘rnini topishlari uchun ko‘maklashadi, yon- atrofda ro‘y berayotgan voqealarga tanqidiy ko‘z bilan qarash va ularni ob’ektiv baholash imkonini beradi. «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fani qator qarama-qarshiliklarni va tafovutlarni o‘rganadi. Aslida qonunlar tafovutlarni echish uchun xizmat qiladi. Huquqni o‘rganish talabalarga jamiyatda ro‘y berayotgan tafovutli savollarni o‘z yoshiga muvofiq chuqur o‘rganishga, o‘zini O‘zbekiston fuqarosi, deb his etishga undaydi.



Download 97.26 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Download 97.26 Kb.