• Kirish Mavzuning dolzarbligi
  • Ishning maqsad va vazifalari
  • Ishning tuzilishi
  • I BOB ELEKTRONIKA SANOATIDA ISHLATILADIGAN YARIM O’TKAZGICHLI MATERIALLAR VA ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1.1 Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari
  • 1- rasm. Yarim o‘tkazgich xususiy o‘tkazuvchanligi paytidagi elektronlar va teshiklarning harakat sxemasi
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti




    Download 1.72 Mb.
    bet1/5
    Sana30.12.2019
    Hajmi1.72 Mb.
      1   2   3   4   5

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT

    PEDAGOGIKA INSTITUTI

    FIZIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI


    “Himoya qilishga ruxsat beraman”

    Fakulteti dekani

    ____________dots.E. Qurbonov

    “____”_______________2017 y.


    5110200 – Fizika- astronomiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

    Yarim o’tkazgichlar asosida elektronika elementlarini tayyorlash va ularni o’stirish texnologiyasi mavzusida bajarilgan


    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    Bajaruvchi: Esonova Mavjuda

    Ilmiy rahbar: dots. Mo’minov I


    BMI Fizika o’qitish metodikasi kafedrasi yig’ilishining qarori bilan (qaror №__ _______________) himoyaga tavsiya etilgan.

    Kafedra mudiri: dots. Mo’minov I

    Jizzax – 2017

    BMI Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti fizika o’qitish metodikasi kafedrasida bajarilgan.

    Ilmiy rahbar: dots. I Mo’minov


    Taqrizchilar: f.f.n. Doniyorov SH

    _________________


    Ximoya 2017 yil ____________ kuni soat _____________ da A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti, Fizika - matematika fakulteti fizika o’qitish metodikasi kafedrasida bakalavr darajasini olish uchun BMI ximoyasi bo’yicha Attestasiya Komissiya hayati yig’ilishida o’tkaziladi. (Manzil: fizika - matematika fakulteti, 345-xona).

    BMI ishi bilan Jizzax davlat pedagogika instituti kutubxonasida tanishish mumkin. (Manzil: Jizzax sh, Sh.Rashidov shox ko’chasi, 4.)

    Mundarija

    Kirish ----------------------------------------------------------------------------------------4-6

    I bob Elektronika sanoatida ishlatiladigan yarim o’tkazgichli materiallar va ularning asosiy xususiyatlari



      1. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari------------------------------------7-20

    1.2. Yarim o‘tkazgichli materiallar va ularning tuzilishi--------------------------21-24

    II bob Yarim o’tkazgichli elektronika elementlarini tayyorlash texnologiyasi va ularni o‘stirish usullari

    2.1 Yarim o’tkazgichli elektronika elementlarini olish texnologiyasi----------25-35

    2.2 Yarim o‘tkazgichli kristallarning optik va elektrik xususiyatlari.------------36-41

    2.3. Elektronika soxasida qo’llaniladigan yarim o‘tkazgichli materiallarga mexanik va kimyoviy ishlov berish texnologiyasi---------------------------------------------42-43

    Xulosa------------------------------------------------------------------------------------44-46

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati --------------------------------------------------47-48

    Kirish

    Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy elektronika sohasi jahon fani va texnikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayottan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko‘payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Xozir zamonaviy elektronika elementlari qo‘llanilmayotgan insoniyat faoliyati soxalarini aloxida ko‘rsatish qiyin — ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron-xisoblash texnikasida va boshqa qator soxalarda keng ishlatilayotir.

    Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muxim dunyoviy muammoni echishda ham elektronika elementlarining axamiyati juda kattadir. Xozirda unumli foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik energetikaga mansub boshqa elementlarni takomillashtirishdan tashqari, yarimo‘tkazgichlarga asoslangan katta energetika — ancha qudratli quyosh elektrstansiyalarini yaratish loyixalari xam o‘rtaga tashlanmoqda, zero quyosh energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi.

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektronika sanoati rivojlana borishi bilan birgalikda bu soxadagi ilmiy tadqiqot ishlari xam avj olib bormoqda. SHu tufayli yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar, qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari bo‘yicha yuqori ixtisosli mutaxassislarni etishtirishga extiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormokda. Bu talabni qondirish maqsadida O‘zbekistonning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida mazkur soxa bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

    Binobarin, bu ishni muvaffaqiyatli bajara borish uchun o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zaminidan tashqari yana yarimo‘tkazgichlar va qattiq jismlar fizikasi xamda uning muxim bo‘limlari asoslari bayon qilingan darsliklar, qo‘llanmalarni atroflicha o‘rganish va tahlil qilish juda zarurdir.

    Amaliy tadqiqotlar esa optimal parametrga ega bo‘lgan fotoelektrik qurilmalarning konstruksiyalarini loyihalash, tayyorlash, ular xususiyatlarini o‘rganish, fotoelement va fotoelektrik qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida har xil konstruksiyali, turli sharoitda ishlaydigan, har xil quvvatli iste’molchilarga mo‘ljallangan elektronika asoslaridagi elektr manbalari tizimini ishlab chiqarishni amalga oshirishga bag‘ishlanadi.

    Zamonaviy elektronika elementlari xaqida so‘z yuritishdan oldin ularning asosiy qismini tashkil etgan moddalarning tuzilishi va ularning fizik xossalari to‘g‘risida eng zarur ma’lumotlarni bilishimiz kerak. Bu ma’lumotlar yarim o‘tkazgichlar va qattiq jismlar fizikasiga bag‘ishlangan ko‘pgina adabiyotlarda batafsil tavsiflangan. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ularni qisqacha ta’kidlab o‘tamiz. Xozirgi zamonda ilmiy texnik taraqqiyotni elektronikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xozirgi elektronikaning beshinchi mukammal avlodini yaratish yangi xilma – xil yarim o‘tkazgichli elektronika asboblari va integral mikrosxemalarning yaratilishini va ularni xisoblash texnikasida, avtomatikada, radiotexnikada, o‘lchash texnikasida, televideniyada, biologiyada, quyosh batareyalarida va golagrammali yozuvlarda xamda boshqa sohalarda qo‘llashdan iborat.



    Agar tarixga nazar tashlansa, nuqtaviy diodlar yoki kristall dedektorlar ko‘rinishidagi yarim o‘tkazgichli asboblar ancha ilgari qo‘llanilgan. Masalan, metallar bilan sulfit birikmalar kontakini to‘g‘irlash xossalari 1874 yilda aniqlangan. Unda nuqtaviy kontaktdan tok o‘tayotganda kremniy karbidining yorug‘lanishi kuzatilgan va yuqori takroriylikli elektromagnit tebranishlarni paydo qilish va kuchaytirish amalga oshirilgan. Ikkinchi jaxon urushi vaqtida yuqori takroriylikli va o‘ta yuqori takroriylilikli germaniy va kremniy nuqtaviy diodlari ishlab chiqildi, issiqlik energiyasini bevosita elektrik energiyaga aylantirib beradigan yarim o‘tkazgichli termoelektrik generatorlar tayyorlandi. 1948 yilda amerika olimlari J.Bardin, V.Bratteyn va V. SHokli nuqtaviy tranzistorlarni yaratdi. V.SHoklining r-n o‘tishi nazariyasi yarim o‘tkazgichlar elektornikasi rivojining yangi bosqichini boshlab berdi. 50- yillarda ikki qutbli tranzistorlarning xar xillari, tristorlar, katta quvvatli to‘g‘irlagich diodlar, fotodiodlar, fototranzistorlar, fotoelementlar, tunelli diodlar va boshqa dastlabki elektronika elementlari yaratila boshlandi. 1960 – yillarga kelib integral sxemalar ishlab chiqarish boshlandi. 1967 yilda J.I.Alferov rahbarligida xossalari mukammallikka yaqin bo‘lgan geteroo‘tishlar xosil qilindi va bular asosida xozirgi vaqtda kunlik extiyojda foydalanilayotgan uyali aloqa vositalari va boshqalarni aytishimiz mumkin. Bu geteroo‘tishlar asosida lazerlar tayyorlandi. O‘zining xossalarining mukammalligi va qo‘llanilayotgan sohalarining kengligi bilan yarim o‘tkazgichli materiallar jumladan pe’zoelektrik (yorug‘lik ta’sirida bo‘ladigan xajmiy o‘zgarishlar) xususiyatiga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarni xosil qilish texnologiyasi va ularning fizik xossalarini o‘rganish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.

    Ishning maqsad va vazifalari Bizga ma’lumki, xozirda zamonaviy elektronika elementlarini beshinchi avlod elektronikasi sanoatining asosiy xom ashyosi xisoblanadi. Bu avlod elektronikasining asosiy elektronika elementlarini o‘zining ma’lum bir xossasiga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar tashkil etadi. Ularning xossalarini o‘rganish ustida samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘zining yorug‘lik sezgirligining o‘ta yuqoriligi, elektro va pe’zoelektrik xususiyatining alohidaligi, magnitik va pe’zooptik sezuvchanligining samaradorligi bilan selinitli pe’zoelektrik yarim o‘tkazgichlar ustida olib borilayotgan ishlar xaqida bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lish ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi.

    Ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari xamda ishning tuzilishi xaqida ma’lumot berilgan. Ishning birinchi bobida Elektronika sanoatida ishlatiladigan yarim o’tkazgichli materiallar va ularning asosiy xususiyatlari, birinchi bobning birinchi paragrafida yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari, ikkinchi paragrafida yarim o‘tkazgichli materiallar va ularning tuzilishi xaqida ma’lumot berilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi yarim o’tkazgichli elektronika elementlarini tayyorlash texnologiyasi va ularni o‘stirish usullari xaqida ma’lumotlar berilgan. Ish xulosalangan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

    I BOB ELEKTRONIKA SANOATIDA ISHLATILADIGAN YARIM O’TKAZGICHLI MATERIALLAR VA ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

    1.1 Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari

    Yarim o‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan metall o‘tkazgichlar va dielektriklar orasida turuvchi materiallar hisoblanishadi. Metall o‘tkazgichlarning solishtirma o‘tkazuvchanligi 104-106Om-1∙sm-1, yarim o‘tkazgichlarniki 10-10-104 Om-1·sm-1, dielektriklarda esa bu qiymat 10-20–10-10Om-1∙sm-1 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, barcha metall o‘tkazgichlarning harorat ko‘tarilishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi pasaysa, o‘z navbatida yarim o‘tkazgichlarda va dielektriklarda oshadi.

    O‘tkazgichlarda ko‘plab miqdordagi erkin elektronlar bo‘lib, ularning yo‘naltirilgan harakati tufayli tok o‘tkazuvchanligi yuzaga keladi. Yarim o‘tkazgichlarda esa erkin elektronlarning soni kam. Yarim o‘tkazgichlarda valentli elektronlarning o‘z atomlari bilan bog‘lanib turishi, ya’ni ularning erkin bo‘lmasligi bilan bu holat tushuntiriladi. Yarim o‘tkazgichlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga tashqi tomondan ta’sir ko‘rsatish, ya’ni qizdirish, nurlantirish va aralashmalar qo‘shish hisobiga tok hosil qilish va ularni keng chegaralarda o‘zgartirish mumkin. Bu yarim o‘tkazgichlardagi valentli elektronlarning energiyasini oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu energiya hisobiga valentli elektronlar o‘z atomlaridan ajralib chiqadi va berilgan kuchlanish ta’sirida yo‘naltirilgan xarakatga kelishadi, ya’ni tok tashuvchilar yuzaga keladi.

    Qanchalik yarim o‘tkazgichning harorati yuqori yoki intensiv ravishda nurlantirish amalga oshirilsa, shunchalik unda erkin elektronlar soni ko‘p, natijada yarim o‘tkazgichda tokning miqdori ham yuqori bo‘ladi. Buning natijasida yarim o‘tkazgichda elektron elektr o‘tkazuvchanlik yoki p-tipidagi* o‘tkazuvchanlik yuzaga keladi. Erkin elektronlar yarim o‘tkazgichning o‘z atomiga tegishli bo‘lganligi bois, bunday elektr o‘tkazuvchanlik – xususiy o‘tkazuvchanlik deb ataladi.




    1- rasm. Yarim o‘tkazgich xususiy o‘tkazuvchanligi paytidagi elektronlar va teshiklarning harakat sxemasi

    Elektronlarini yo‘qotgan yarim o‘tkazgich atomlari musbat zaryadlangan ionlarga aylanishadi. Ushbu atomlar o‘z joylarida mustahkam turgan holda harakatlanisha olishmaydi. Atomning tashqi orbitasida elektron ketgan joy – teshik deb ataladi. Bu joyni qo‘shni atomni tashlab ketgan boshqa bir elektron egallashi mumkin. Shu tarzdagi elektronlarning saqrashi hisobiga qo‘shni atomda ham teshik paydo bo‘ladi, ya’ni u musbat zaryadlangan zarracha ionga aylanadi.

    Agar yarim o‘tkazgichga elektr kuchlanish berilsa, elektronlar bir atomdan boshqasiga bir xil yo‘nalishda harakatga keladi. Teshiklar esa qarama-qarshi yo‘nalishda paydo bo‘ladi. Zaryadi elektron zaryadiga teng bo‘lgan musbat zaryadlangan zarracha teshik deb ataladi.

    Elektronlar harakatiga qarama-qarshi yo‘nalgan teshiklarning harakati teshikli tok deb ataladi. Teshikli tok tufayli yuzaga kelgan yarim o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi teshikli yoki n-tipidagi* o‘tkazuvchanlik deyiladi.

    Shunday qilib, elektronlarning bir yo‘nalish, teshiklarning qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi yarim o‘tkazgichlarning xususiy o‘tkazuvchanligini belgilaydi, chunki tok tashuvchilar (elektronlar va teshiklar) yarim o‘tkazgichning xususiy atomiga tegishli hisoblanishadi.

    Bu holatda umumiy tok I elektron Ie va teshikli toklar It ning yig‘indisidan tashkil topadi.



    Yarim o‘tkazgichlarning xususiy elektr o‘tkazuvchanligi paytida elektronlar Ne va Nt teshiklar soni bir biriga teng. Ammo Ia > It, chunki, elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikidan yuqori. Tok tashuvchilarning harakatchanligi elektronlar υe yoki va teshiklar harakat tezligi υt ning yarim o‘tkazgichdagi elektr maydoni kuchlanishi E ga nisbatiga teng.



    Bu paytda elektronlarning harakatchanligi μe=υe/E, teshiklar harakatchanligi μd=υt /E ga tengligi aniqlanadi. Shunday qilib, hxarakatchanlik E = 1 V/sm kuchlanish ostida 1 s ichida elektron yoki teshiklarning qancha masofa bosib o‘tganligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilarni hisobga olib, elektron va teshikli toklar uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:

    bu erda e — elektrona yoki teshikning zaryadi; E — elektr maydoni kuchlanishi.



    Bu paytda Yarim o‘tkazgichdagi umumiy tok quyidagiga teng:

    Yarim o‘tkazgichlarning xususiy elektr o‘tkazuvchanligi paytida elektronlar soni teshiklar soniga teng, ya’ni



    Ushbu ifodani hisobga olgan holda (8) formulani quyidagicha yozish mumkin:



    * p – lotincha «negativus» so‘zining birinchi harfidan olingan bo‘lib, manfiy ma’nosini bildiradi, chunki elektron – manfiy zaryadlangan zarracha hisoblanadi.



    * r - lotincha «pozitivus» so‘zining birinchi harfidan olingan bo‘lib, musbat ma’nosini bildiradi, chunki teshik – musbat zaryadlangan ionni hosil bo‘lganligini bildiradi.
    Yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlar yaratish uchun ko‘pincha p - yoki n-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli materiallar kerak bo‘ladi. Shuning uchun, 10-9 — 10-11 (massasi bo‘yicha) miqdordagi aralashmasi bo‘lgan yaxshilab tozalangan yarim o‘tkazgichga o‘lchangan qiymatlarda legirlovchi aralashma qo‘shiladi.

    Atomlari yarim o‘tkazgichlarni erkin elektronlar bilan ta’minlovchi legirlovchi aralashmalar donorli* aralashmalar deb ataladi. Yarim o‘tkazgich atomlariga nisbatan kichik valentlikka ega bo‘lgan aralashma atomlari o‘zlariga elektronlarni qo‘shib olish xususiyatiga ega. Bunday aralashmalar akseptor** aralashmalar deyiladi.

    Elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich olish uchun, uning tarkibiga asosiy yarim o‘tkazgich atomi valentligidan bitta valentlikka yuqori bo‘lgan atomli moddalar qo‘shiladi. To‘rt valentli bo‘lgan germaniy (Ge) atomiga, atomi besh valentli bo‘lgan surma (Sb) yoki fosfor (P) qo‘shiladi.

    Kiritilgan aralashmalar har bir atomining to‘rtta elektroni asosiy yarim o‘tkazgich atomlari bilan chambarchas kovalent (juft) bog‘lanish hosil qilishadi, beshinchi elektron esa bunday aloqada qatnashmaydi.






    Download 1.72 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

    Download 1.72 Mb.