• Tadqiqot materiallari va metodologiyasi
  • Abduraxmonova D. F. Andijon mashinasozlik institute Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi talabasi Annotatsiya




    Download 31.32 Kb.
    bet1/2
    Sana03.04.2024
    Hajmi31.32 Kb.
    #186142
      1   2
    Bog'liq
    2-maqola
    130 oraliq, Ilmiy ish, 2- bob yopiq test, 14 -¼áÛÓÒºá ÉüÆ, DarswsWsdlyssswssissklsgladkgasdwskwwdi;dssESt, 6 leksiya, INSON QADR1, KUTILAGANDA KELGAN, 8-sinf Fizika fanidan konspekt, Tiristorli-chastota-o‘zgartkichlar, E S T E T I K A OQUV QOLLANMA, 4-test namuna, pA-d6QFxji0EDgynqsR-ZQ, Mavzular ro'yxati 2 O T, 112795


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337


    QURILISH VA ISHLAB CHIQARISH SOXASIDA XAVFSIZ VA SOG’LOM MEHNAT SHAROITLARI VA YOLLANMA ISHCHILAR MEHNAT MUHOFAZASI


    Abduraxmonova D.F.
    Andijon mashinasozlik institute Transport va logistika fakulteti
    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi talabasi


    Annotatsiya. Mazkur maqolada qurilish va ishlab chiqarish soxasida xafsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratib berish uchun mavjud mumomolar va ularni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari ifodalangan. Shuningdek, maqolada mazkur masala yuzasidan mualif tomonidan shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o’z ifodasini topgan.
    Kalit so’zlar: mehnatni muhofaza qilishda attistatsiyalash, qurilishda havfsizlik texnikasi, xafsiz va sog’lom mehnat sharoiti, mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati, yollanma ishchilar mehnat muhofazasi.

    Tadqiqot materiallari va metodologiyasi


    Bugun yurtimizdagi qaysi manzilda bo‘lmang albatta qurilish va bunyodkorliklar ustidan chiqasiz.
    Qurilish, me'morchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini alohida ta'kidlash lozim.
    Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik qurilish jarayonlarida ishchilarning hayot xavfsizligi to‘la ta'minlangan, deb bo‘lmaydi. Biz 20-30 metr balandlikda ham quruvchilarning ishonchsiz havozalar ustida, o‘ta xavfli sharoitda mehnat qilayotganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Biz yuqorida osmono‘par binolarning ahamiyati xususida fikr bildirdik, ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, hech bir bino qurilishi inson hayotini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi. Aytingchi, siz o‘zingiz yoki yaqinlaringizni qurilish jarayonlarida 20-30 metr balandlikdagi xavfsizligi ta'minlanmagan havozalar ustida ishlashiga rozi bo‘larmidingiz? Respublikamizda barcha faoliyat turlari uchun mehnat xavfsizligi qoidalari belgilangan. Shu nuqtai nazardan baholaganda ham quruvchilarning hayot xavfsizligi qurilish tashkilotlarini jiddiy o‘ylantirishi kerak.
    So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasida qurillish soxasida keng ko’lamli ishlar amalga oshib borilyabdi,Inson qadri tamoili asosida yosh oylalar va ehtiyojman qatlamlar uchun yangi turarjoy binolari va yangi O’zbekiston massivlari barpo etilyabdi. Bundan ko’rinadiki ishchi kuchiga bo’lgan talab oshadi yurtimizda Qurilish soxasida faolyat olib borayotkan korxonalar soni 43minga yetkan bu 2017-yildagidan 2 barobar ko’p.Qurilish tashkilotlarda ish o’rinlarida xafsiz va sog’lom mehnat sharoiti yaratish dolzarbligicha qolishi inson xayotiga sog’ligiga xaf soluvchi omillar yetarlicha ekanligi va bu ish o’rinlarini Attistatsiyadan o’tkazish kasp lavozimidan kelib chiqib ishchilarni malaka oshirishi uchun talab ortadi. Ish oʼrinlarining mehnat sharoitlari boʼyicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish oʼrinlaridagi mehnat jarayoni ogʼirligi va tigʼizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va yoki xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʼtkaziladigan tadbirlar majmuidir.Bu ishchilarga nima beradi, ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazishdan maqsad - og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va yoki xavfli ishlarda band bo‘lgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni belgilash, kasbiy xavfni baholash, xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, kasb kasalligi tashxisini aniqlashdan iborat. Shuningdek, nogironlar band bo‘lgan ish joylari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi barcha ish o‘rinlari va kasblar attestatsiyadan o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi.bundan ish beruvchi manfaadormi allbatta ish o’rinlari attestatsiyadan o’tkazilmagan taqdirda,ularda mehnat qilayotkanlar mehnat muhofazasi talablari buzilganligi oqibatida bajarayotkan ishlari o’zlarining sog’lig’iga va hayotiga xaft solayabdi degan taqdirda ,turli xil kompensatsiyalarni talab qilishi va ishni bajarishni rad etishga xaqli.buni natijasida korxonaning iqtisodiy samaradorligi va maxsulot ishlab chiqarishini kamayishiga va boshqa korxona iqtisodyotiga tasir qilishga omil yaratadi. Sababi attestatsiyadan o’tkazilmagan ish o’rinilarida mexnat sharoitlari xafsiz deyish mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun (14-modda), shuningdek, ish o’rinlari attestatsiyadan o’tkazilgan tashkilotlarda qonun bilan nizolar ehtimoli pasayadi,kasb kasalliklari,jarohatlar soni kamayadi,kampensatsiya to’lovlariga sarf-xarajatlar maqbullashtirilib kelgusida ular ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin.
    Qurilishda havfsizlik texnikasi qurilish maydonchasida va uchastkalardagi ishlarni bajarishga kichik pudratchi tashkilotlarni (yakka tarzda mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi fuqarolarni ham oʼz ichiga olishi shart) jalb qilgan holda ishlar bajarilayotganda, bosh pudratchi qoʼyidagilarni bajarishga majburdir: Qurilish maydonlariga nisbatan mehnatni muhofaza qilish standartlarini amalga oshirishga qo'yiladigan talablar. Ish paytida eng ko'p uchraydigan shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar.
    Jalb qilinuvchi kichik koʼrsatkichlar bilan birgalikda qurilishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar uchun majburiy boʼlgan bosh pudratchi va kichik pudratchi tashkilotlar munosabatlari qoidalariga mos tarzda ishlarni havfsiz sharoitlarini taʼminlovchi tadbirlar (birgalikda bajariladigan ishlar grafigi) rejasi ishlab chiqishi lozim;
    Oʼzlari rejalashtirgan tadbirlarning bajarilishini hamda kichik pudratchilarning oʼzlariga biriktirilgan ish uchastkalarida qurilish havfsizligini bajarish qismini amalga oshirishi.

    Download 31.32 Kb.
      1   2




    Download 31.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abduraxmonova D. F. Andijon mashinasozlik institute Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi talabasi Annotatsiya

    Download 31.32 Kb.