• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana05.08.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #25117
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    322-326 (1)
    4 topshiriq to\'liq., 3-topshiriq, Galaxy Journal Certificate 58, Diqqatning bir vaqtda 2 yoki undan ortiq obyektga yo, Презентация1, 1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Reja, eko1, 888999, 1111111111, Презентация1, Raqamli iqtisodiyot fanidan test savollari hozir butun raqamli i, Issiqlik texnikasi. Zohidov R.A
    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
    VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326 
    Academic Research, Uzbekistan 323 www.ares.uz 
    boyitish orqali ularda nutq madaniyati va tildan maqsadiga muvofiq ravishda savodli 
    foydalana olish ko’nikmasi shakllantiriladi. Bunda yozuvchi va shoirlar, dono 
    xalqimiz yaratgan badiiy asarlarga tayaniladi. Negaki, badiiy asarlar jozibador tili va 
    badiiy sujeti, voqealarining qiziqarliligi bilan o’quvchi e’tiborini o’ziga tortadi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
    Badiiy asar matnida ilgari surilgan g’oya, tarbiyaviy maqsadlarni amalga 
    oshirish va nutq o’stirishda uning til xususiyatlarini tahlil qilish muhim ta’limiy-
    tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
    Tilning nutqdagi eng muhim qurilish materiali so’z va iboralar, tasviriy 
    ifodalar sanaladi. Badiiy nutqda so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra 
    turlari, iboralar, tasviriy vositalar keng qo’llanadi.
    Badiiy asar syujeti, kompozitsion tuzilishi hamda fabulasining qiziqarliligi 
    bilan o’quvchini o’ziga jalb qilishi tufayli mutolaa jarayonida asar voqealari “Endi 
    nima bo’lar ekan? Keyin nima bo’ladi?” tarzida hayajonlanib kuzatiladi.
    Shunday ekan, o’qish darsliklariga kiritiladigan har bir asar yuksak badiiyat 
    namunasi bo’lmog’i lozim. Bundan kutiladigan maqsad shuki, o’quvchi darslikka 
    kiritilgan har bir asarni bir marta o’qib qo’ymasin, uni qayta-qayta o’qib o’ziga ma`naviy-
    estetik ozuqa oladigan bo’lsin. 
    Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: “Adabiyot qoidalari” qo’llanmasida:
    “Adabiyot – fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, 
    boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir”,- deb yozgan edi. Shu fikrlarga 
    asoslanib ayta olamizki, boshlang’ich sinfda o’qiladigan badiiy asar, birinchidan, o’z ona 
    tilimizni o’quvchilarga o’rgatish, nutqini o’stirish, ikkinchidan, badiiy asar tili orqali 
    o’quvchilar hissiyotiga ta’sir o’tkazib ularni tarbiyalash, badiiy nuqni, nutq madaniyatini
    egallashlarini ta’minlash vazifasini amalga oshirishi ko`zda tutiladi. 
    Ta’limni tashkil etishning muvaffaqiyati, o’quvchilarning fan asoslarini 
    egallashlarida nutqining boyiganlik darajasi til hodisasini va ularning nutqdagi 
    vazifasini o’zlashtirishlariga bog’liq. Shunday ekan, boshlang’ich sinf o’qish 
    darsliklariga tanlanadigan o’quv materiallariga e’tiborli bo’lmoq lozim.
    O’qish uchun tavsiya etilgan asar qanchalik badiiy-estetik jihatdan yuksak 
    maqomga va o’quvchi nutqini to’laqonli o’stirish imkoniyatiga ega bo’lmasin, uning 
    tahlilida o’quvchining e’tiborini biz ko’zlagan maqsadga qaratadigan muammoli 
    savol-topshiriqlar tizimi ishlab chiqilmas ekan, o’quvchini harakatga keltiradigan 
    metod-usullar tadbiq etilmas ekan muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. 



    Download 0.52 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish