ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 695 www.ares.uz
TA'LIM UMUNDORLIGINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARNING O'RNI
Madina A'zamovna Farmonova
Buxoro davlat universiteti tayanach doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada hozirgi kunda ta’lim tizimida o’qitish jarayonini, uni unumdorligini
oshirishda mobil ilovalarning o’rini, ta’lim muassasi talabalariga turli fanlar boʻyicha
bilimlarni oʻzlashtirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’z: iPhone, Android, planshet, interfaol usul, empirik metod, Apple
Store, eksperimental natija.
THE ROLE OF MOBILE APPLICATIONS IN IMPROVING THE
EFFICIENCY OF EDUCATION
Madina Azamovna Farmonova
Doctoral Student, Bukhara State University
ABSTRACT
The article discusses the role of mobile applications in improving the
efficiency of the teaching process in the education system today, the role of students
in the acquisition of knowledge in various disciplines.
Keywords: iPhone, Android, tablet,
interactive method, empirical method,
Apple Store, experimental result.
KIRISH
Hozirgi
kunda iPhone dan tortib, Android gadjetlargacha turmush tarzimizda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deloitte tadqiqot markazining ma’lum qilishicha,
smartfon foydalanuvchisi kun davomida o’rtacha 50 marotaba “aqlli telefon”iga
nazar solar ekan. Ushbu jarayonni Respublikamizda ham kuzatish mumkin.
Chunki
hozirgi kunda aholi qatlamining barchasida: maktab oʻquvchilaridan tortib katta
yoshgacha bo’lgan mobil operatorlar foydalanuvchilarida
aqlli telefon va
planshetlardan foydalanayotganligini guvohi bo’lyapmiz. Shu bilan bir qatorda
“aqlli” qurilmalaridan ta’lim olishda va masofaviy ta’lim
tizimlarida foydalanish
imkoniyatlari kengayib bormoqda.