Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»




Download 414.79 Kb.
bet10/51
Sana24.03.2017
Hajmi414.79 Kb.
#1202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
HADISLAR «

SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDANDIR

Sahoba AmmorI aytganlar: «Uchta xislatni o'zida mujassam qilgan

kishining iymoni mukammal bo'lg'aydir:

- insofli va adolatli bo'lmoq;

- barchaga salom bermoq;

- kambag'alligida ham sadaqa berib turmoq». .

Rasululloh2 sollallohu alayhi vasallam3dan bir kishi so'radi: «Islomda

eng yaxshi xislatlar qaysidir?» Dedilar: «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».

MUNOFIQ4LIKNING ALOMATLARI

Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqlikning uchta alomati bor: so'zlasa yolg'on so'zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur», - deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Quyidagi to'rtta xislat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa,.

uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:

- omonatga xiyonat qilgaydir;

- so'zlasa, yolg'on so'zlagaydir;

- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;

- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydif».

] Ammor ibn Yosir (564-657) - Hazrat Alining yordamchilaridan, sahoba. 2 Rasululloh - Olloh elchisi, payg'ambar.

3 Sollallohu alayhi vasallam - payg'ambarimizning haqlariga aytilgan duo. 4 Munofiq - ikkiyuzlamachi.

. '" 27 ,.

DIN TUFAYLI GUNOHLARDAN FORIG' BO'LMOQLIKNING FAZILATI

Rasululloh bunday deganlar:)«Halol bilan harom bor narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko'pi ularni bilmaslar (halol yo harom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o'zini tiygaydir, dinini kamchiliklardan, obro'yini ta'nadan saqlag'aydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo'y boqayotgan cho'ponga o'xshaydir. Uning qo'ylarni ekinga tushirishehtimoli bordir. Ogoh bo'lingizkim, har bir podshohning o'z chegarasi bordur. Ollohning yerdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go'sht bor, agar u tuzalsa, a'zolarning barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a'zolaming barchasi buzilgaydir. U qalbdir!»

ILM FAZILATI TO'G'RISIDA

Olloh taolo oyati karimasida: «Olloh taolo sizlaming orangizdagi iymon keltirganlami va ilmni yuksaltirganlami bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug' qilg'aydir, oxiratdajannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir», - deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: «Yo Rabbiy, ilmimni ziyoda qilg'aysen, deb ayt!» - deyilgan.

OLLOHNING ILM TO'G'RISIDA NOZIL QILGAN KALOMI

Olloh taolo oyati karimasida: «Y 0 rabbiy, ilmimni ziyoda qilg'aysen,

deb so'ra!» - deydi.

ILM O'RGANMOQ VA ILM O'RGATMOQNING FAZILATI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Olloh taolo menga yuborgan hidoyat (Olloh taolo bandalariga ko'rsatgan to'g'ri yo'l, yo'llanma) singari ilm ham ko'p yog'gan yomg'irga o'xshaydi. Ba'zi yer sof, unumdor bo'lib, yomg'irni o'ziga singdiradir-da, har xiI o'simliklar va ko'katlarni o'stiradir va ba'zan yer qurg'oq, qattiq bo'lib, suvni emmasdan o'zida to'playdir, undan Olloh taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlarini va ekinlarini sug'orgaydirlar. Ba'zi yer esa tekis bo'lib, suvni o'zida tutib qolmaydir, ko'katni ham ko'kartirmaydir. Bulami quyidagicha muqoyasa qilish

mumkindir: Bir kishi Olloh ilmini (islomni) teran o'rganadir, teran

........

tushunadir va undan manfaatlanadir va Olloh yuborgan hidoyatni o'zi

o'rganib, o'zgalarga ham o'rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o'rganib, odamlarga o'rgatadir. Ammo o'zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o'zi ham o'rganmaydir, o'zgalarga ham o'rgatmaydir. Bulardan birinchisi mo'min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofIrdif».

YAXSHI MUOMALA QILINMOG'IGA KIM HAQLIROQ?

Abu Hurayra 1 rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog'imga kim haqliroqdir?» - deb so'radi. Janob Rasululloh: «Onang!» - deb aytdilar. U: «Yana kim?» - deb so'radi. Janob Rasululloh: «Onang!» - dedilar. U: «Yana kim?» - dedi. Janob Rasululloh: «Onang!» - dedilar. U: «Yana kim?» - deb so'radi. Janob Rasululloh (bu safar): «Otang!» - deb javob qildilar».

ODAM OTA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI!

Abdulloh ibn Amr2 rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi"

vasallam: «Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri - ota-onasini haqorat qilmoqdir!» - dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, odam o'z otaonasini qanday qilib haqorat qilmog'i mumkin?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Birovning ota-onasini so'kkan odam o'z ota-onasini haqorat qilgan bo'lur», - deb javob qildilar».

QARINDOSHLARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG' BO'LMOG'I HAQIDA

Abu Hurayra raziyallohu anhu3: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki rizqim ulug', umrim uzoq bo'lsin desa, qarindoshurug'lariga mehr-oqibatli bo'lsin!» deganlarini eshitganmen», - deydilar.

Anas ibn Molik4 rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki rizqim ulug', umrim uzun bo'lsin desa, qarindosh

urug'lariga mehr-oqibatli bo'lsin!» - deganlar».





Download 414.79 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Download 414.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»

Download 414.79 Kb.