Shayx G‘olib g‘azallaridan




Download 457 Kb.
bet25/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63

HOJI BAYRAM
(1352–1429)


O‘z davrida shoir va shayx sifatida juda katta e’tiborga sazovor bo‘lgan Hoji Bayram Chubuk daryosining vodiysidagi Zulfozil qishlog‘ida dunyoga keldi. Uning otasi Ahmad dehqonchi­lik bilan shug‘ullangan. Boshlang‘ich ma’lumot olgach, tahsil olishni madrasada davom ettiradi. Hijoz va Shomga borib tasavvuf shayxlaridan ta’lim oladi. Bursa va Oqsaroyda bo‘lib, so‘ngra Anqaraga kelib mudarrislik qiladi. Tasavvuf ta’limotini puxta o‘rgangan Hoji Bayramning o‘zi ham pirlik maqomi­ga yetib “Bayramiylik” (Malomatiylik) tariqatiga asos soladi. Malomatiy tariqatidagilar o‘zlarining fazilatlarini ko‘z-ko‘z qilmas, keng xalq ommasidan o‘zlarini yuqori qo‘ymas, aksincha xalqning og‘irini yengil qilishga harakat qilardilar. Hoji Bayram asos solgan tariqat darveshlari o‘zlarini ko‘pchilikdan olib qochmay foydali ish bilan shug‘ullanishi darkor edi. Deh­qonchilik, tijorat, hatto lozim bo‘lsa askarlik ham qilishardi. Umuman, xalqqa foydali bir ish bilan shug‘ullanish ularning maslaklaridan bo‘lgan. Bayramiylik tariqati tasavvuf oqimi­ning xalqqa foydali, xalq manfaatini ko‘zlovchi yo‘llaridan biri desa bo‘ladi. Bayramiylik tariqati xalvatiylik va naqsh­bandiylik tariqatlari asosida vujudga kelgan deyish mumkin. Bunda Hoji Bayramga Oqsaroydagi Shayx Hamidiy Valining ta’siri kuchli bo‘lgan. Hoji Bayramning tasavvufiy ruhda she’rlar aytuvchi tekke shoiri va shayx sifatida obro‘si shu qa­dar oshib ketdiki, undan cho‘chigan sulton Murod II uni Edirnaga yuboradi. Keyinchalik yana Anqaraga kelishiga ruxsat berib, hatto uning darveshlarini soliqdan ozod qiladi. Hoji Bayram Anqarada jome mudarrisi bo‘lsa ham dalada muridlari bilan barobar mehnat qilgan. Tirikchilik uchun lozim narsalarni o‘z­lari ishlab topib, ortiqchasini muhtojlarga ulashgan. Tasavvufning buyuk shayxlari va fozillari orasida Hoji Bayram juda obro‘li bo‘lib, uni Anqaraning ma’naviy qiyofasi sanardilar. Mavlono Jaloliddin Rumiydan keyingi ulug‘ shayx va shoir deb bilardilar. Hoji Bayram tekke shoiri sifatida dovruq qozongan ekan, turk tekke she’riyati haqida biroz ma’lumot berish o‘rinlidir.

Tekke-ma’lum bir tariqatdagi darveshlarning yig‘iladigan dargohi. Ilk tekke Shomda (Suriya) VIII asrda Abu Hoshim tomonidan qurilgan. Har bir tariqatdagi darveshlarning salomlashishi, kiyinishi, soch-soqol qo‘yishlari o‘ziga xos bo‘lgan. Tariqatdagi zikr tushish usullari ham turlichadir. Tekkelarda asosan tasavvufiy ruhda she’rlar o‘qilib, musiqaga solingan. Tekke shoirlarining ko‘pchiligi tariqatlardan yetishgan shayx va darveshlardir. Fikriy asosi islomiyat va tasavvuf. Ollohning go‘zal sifatlarini madh etish, jamoli mutlaqqa oshiqlik, ishqi ilohiy ular she’riyatining asos mazmunidir. Tekke shoirlari devon shoirlaridan farqli o‘laroq, keng xalq ommasiga xitoban she’rlar yozganlar. Tariqatlarning markazdan uzoq qishloqlarda ham keng tarqalganligi, ommaning asosiy qismi savodsiz bo‘l­ganligi sabablari ham tekke shoirlarining sodda tilda, xalq ommasiga tushunarli tarzda yozishlarini talab qilgandir. Tekke shoirlari o‘z asarlarini o‘qimishli fozillardan savodsiz cho‘­pongacha tushunishlarini istardilar. Ko‘pchilik tez ilg‘ab olishi uchun asarlarni kuyga solib, qo‘shiq tarzida kuylashardilar.

Tekke shoirlari ko‘proq Anado‘li shahar, qishloqlarida yashab ijod etganlar. Ommaning ma’naviy yuksalishida, bilim va hunar egasi bo‘lishida bu shoirlarning xizmati kattadir. Ularning o‘zlari ham ilmli kishilar bo‘lib, arab, fors tillarini bilar va zamonaviy bilim saviyasidan ham xabardor bo‘l­ganlar. Chuqur falsafiy fikrlarni xalq tushunadigan tarzda, sodda tilda anglata olganlar.

Tekke shoirlari asarlarini devon shoirlaridek g‘azal, masnaviy shaklida yoki xalq qo‘shiqlari (ko‘shma, turku) tarzida yozganlar. Maxsus tekke nazm shakli yo‘q. Vazn asosan barmoq vazni bo‘lib, aruz ham qo‘llanilgan. Tekke shoirlari nazm tiliga alo­hida e’tibor berganlar. Tekke she’riyati tili devon she’riyatidek murakkab, yoki soz shoirlarinikidek juda sodda ham bo‘lma­gan. Buning sababi ularning she’rlarida tariqat tushunchalari, ilmi, falsafasi aks etishi va ayni paytda ko‘pchilik anglay oladigan bo‘lishi kerakligidir. Aytish mumkinki, tekke shoirlari tili devon va soz shoirlari tili oralig‘idagi she’r tilidir. Tekke shoirlari asosan so‘fiyona ishq, dunyoning foniyligi, nafsning qabohati, insoniy axloq mavzularini qalamga olib jo‘shqinlik bilan kuylaganlar. Ruhning holati, sog‘inch va istaklar ilohiy va real hayotning go‘zal tasvirlari bilan qorishiq holda aks ettiriladi. Bu yo‘lda tekke shoirlari devon she’­riyatida xalq she’riyatida qo‘llangan majozlar, ramzlardan, xalq maqol, matallaridan, tariqat atamalaridan ustalik bilan foydalanadilar. Turk tekke she’riyati XIII asrdan boshlanib, XIV–XV asrlarda eng gullagan davridir. XX asrgacha tekke shoirlari asarlar yaratsa-da, avvalgi shukuhi susaygan edi. O‘rta asrlar turk she’riyatidagi asosiy uch yo‘nalishning biri bo‘lgan tekke she’riyati (yana devon shoirlari va soz shoirlari ijodi ko‘zda tutiladi) o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib turadi.

Ana shunday o‘z yo‘liga ega bo‘lgan shoir Hoji Bayram tariqatda o‘z yo‘lini ochganidek, she’riyatda ham “maktab” yaratganini turk adabiyotshunoslari alohida ta’kidlaydilar (mn: A. Qaboqli). Uning xalifasi bo‘lgan yoki tariqati shayxlaridan yetishib chiqqan shoirlar Vizoli Qayg‘usiz (?-1562) Ahmad Sarbon (1545-1646), Shayx Ibrohim (?-1655), G‘oibiy (?-1663), Idrisiy Muxtefiy (?-1615), Sari Abdullah (?-1660) kabi shoirlarni Hoji Bayram izdoshlari deyish mumkin.

Hoji Bayramning she’rlari Yunus Emre she’rlariga ham­ohangdek. Bir misra yoki baytda ishqi ilohiy haqida, biror falsafiy fikrni tushunarli tarzda bayon qilib berish Hoji Bayram she’rlarining xususiyatlaridan. Turkiy tilda so‘fiyona qarashlarni nozik lirik uslubda ifodalash, o‘ynoqilik xos uning she’rlariga. Shoir yonib yashamoqni, ko‘ngli hamisha ilo­hiy ishq o‘tida yonishini istaydi.

Ne bo‘ldi bu ko‘nglum, ne bo‘ldi bu ko‘nglum

Dardu g‘am ila to‘ldi bu ko‘nglum

Yondi bu ko‘nglum, yondi bu ko‘nglum

Yonmoqda darmon topdi bu ko‘nglum

Yon, ey ko‘ngul yon, yon ey ko‘ngul yon!

Yonmoqdan bo‘ldi dardimga darmon

Parvona kabi, parvona kabi

Sha’m ishqida yondi bu ko‘nglum1.

(tarjima bizniki – A. A.)
XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan tekke shoirlarining peshqadami, faylasuf, bayramiylik tariqatining asoschisi Hoji Bayram millat ma’naviyatining yuksalishida muhim xizmati singgan shaxslardandir.


Katalog: ata -> dil

Download 457 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Download 457 Kb.