• Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2009 SO‘Z BOSHI
  • O‘zbekiston respubilkasi




    Download 1.21 Mb.
    bet2/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1.21 Mb.
    #171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    Tuzuvchi Katta o‘qit. Z.QUVONDIQOV
    Mas’ul muharrir yuridik fanlari nomzodi,

    dots.J.Ibodullayev


    Taqrizchilar: katta o‘qit. I.Begaliyev

    Samarqand viloyat fuqarolik

    ishlari bo‘yicha viloyat

    sudining sudyasi A.Nazarov




    Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2009

    SO‘Z BOSHI
    Ushbu uslubiy qo‘llanma mamlakatimizning o‘z mustaqilligiga ega bo‘lishi bilan barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilishi sababli jumladan, sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning keng avj olib borishida fuqarolik sudlarida ishlarni ko‘rishni qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishini talab qiladi. Bugungi kunda ushbu sohani keng va har taraflama rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda ko‘plab qonun hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, asosiy qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamiz, Sudlar to‘g‘risidagi qonun, Prokuratura to‘g‘risidagi qonun, Advokatura to‘g‘risidagi, notariat, fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi fuqarolik to‘g‘risidagi, bundan tashqari mehnat kodeksi, uy-joy kodeksi, oila kodeksi fuqarolik kodeksi va bir qancha shunga o‘xshash normativ me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu normativ me’yoriy hujjatlar fuqarolik protsessual huquq fanining asosini va asosiy manbasini tashkil etadi. Shu o‘rinda ushbu fanni talabalar o‘zlashtirishlari uchun ularga har bir mavzuning qisqacha manbasi, uning yo‘nalishi, qoida va tartiblari, maqsadi va vazifalari hamda nazorat savollari, test variantlari, va ko‘plab yuqorida belgilangan mavzularga oid adabiyotlar berildi.

    Mazkur uslubiy qo‘llanmaning birinchi qismida hozirgi davrda ushbu sohada mavjud bo‘lgan qonun hujjatlari va bu borada yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ularga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga e’tibor qaratib, unda fuqarolik protsessual huquqning tushunchasi, tizimi, tamoyillari, protsessual huquqiy munosabatlar, fuqarolik protsessida taraflar, fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar, protsessda prokurorning ishtiroki, boshqa shaxslarning huquqlarini sudda himoya qiluvchi davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquqlari, suddagi vakillik, sud xarajatlari va sud jarimalari, protsessual muddatlar, fuqarolik ishlarini sud va boshqa idoralarga taalluqliligi, fuqarolik ishlarining sudlovga talluqliligi, isbotlash va dalillar, da’vo, suda fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish, fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash, fuqarolik ishlarini sudda muhokama qilish mavzularini o‘rganilishi batafsil berilgan. Bundan tashqari, ushbu uslubiy ishlanmada sud, prokuratura, advokatura, notariat idoralarining amaliyotini o‘rganish bilan bevosita oldingi manbalar va o‘quv dasturlaridan, bu borada huquqshunos olimlar, amaliyotchilar tomonidan yaratilgan darsliklar, ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarni o‘rganish bilan birga jamiyatimiz hayotida bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgartirishlarga moslagan holda olib borishni talab qiladi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada fuqarolik protsessual huquq fanini talabalar ongiga yetkazishning ilg‘or usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Fuqarolik protsessi fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayoni ishtirokchilari va manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning protsessual vositalarini sudlarda qo‘llash orqali fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish borasidagi qonun hujjatlari to‘g‘risida chuqur bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.

    Fuqarolik protsessi fanining vazifalari talabalarning fuqarolar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasidagi bilim va dunyoqarashini rivojlantirish, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda va sudga qadarli himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, ularda moddiy va protsessual huquq normalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.

    Fuqarolik protsessi fani nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalarni; fanning predmetini, asosiy tamoyillarini protsessual huquqiy munosabatlar va ularning sub’yektlari, da’vo, isbotlash, dalillar va boshqalar (umumiy qism) hamda fuqarolik protsessining turli bosqichlariga doir ayrim muammolarni o‘rganish va tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan.



    Download 1.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 1.21 Mb.