• Topshiriqlarni bajarishdan namunalar 1. Excel dasturini ishga tushirish.
  • 2. Excel elektron jadvali haqida tushuncha
  • Fayl  Soxranit kak...
  • Fayl  Открыть
  • 5-rasm. Excel dasturida faylni ishga tushirish . Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan Файл nomi tanlanadi va Открыть
  • 3. EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash, Jadvalga ma’lumotlar kiritish
  • Ustunning enini va satrning balandligini o’zgartirish
  • Matematik funktsiyalar Excel elektron jadvalida hisoblashlarni bajarish uchun quyidagi matematik funktsiyalar ishlatiladi. Bu erda matematik funktsiyalarning ruscha
  • PROIZVED( yoki RRODUCT)(
  • Fayl, Правка, Vid, Вставка, Format, Servis, Dann ы e, Okno
  • Файл bo’limi
  • V ы rezat
  • Novoe
  • Standartnaya
  • Excel dasturida jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash




    Download 308.32 Kb.
    bet2/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi308.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7

    Excel dasturida jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash

    Reja


    1. Excel dasturini ishga tushirish.

    2. Excel elektron jadvali haqida tushuncha

    3. Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish

    4. EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash.

    5. EXCEL menyusi bilan ishlash

    6. Topshiriqlarni bajarishdan namunalar

    1. Excel dasturini ishga tushirish.

    Microsoft Excel elektron jadvalida ishlash uchun Siz komp’yuterni quyidagi ko’rsatmalarga asoslanib ishga tushirib olishingil lozim. Komp’yuter ishlab turgan har qanday sharoitda oynaning pastki chap qismidagi ПУСК tugmachasini sichqoncha orqali aktivlashtirib PROGRAMMAga kirasiz undan so’ng navbatda hosil bo’lgan ustunchadan Microsoft Excel ni tanlaysiz ekranda



    Rasm -1

    Rasm –2


    hosil bo’ladi. Bu ko’rinish Microsoft Excel elektron jadvalining bosh oynasi hisoblanadi.
    2. Excel elektron jadvali haqida tushuncha

    Ma’lumotlarni qayta ishlashda, ayniqsa ma’lumotlar statistik ko’rinishda bo’lib hisob kitob ishlari bajarilish va ular taxli natijalari talab etilgan bo’lsa bunday ma’lumotlarni Excel elektron jadvali orqali uning imkoniyatlaridan foydalanib qayta ishlash o’rinlidir. ularni jadval ko’rinishda tasvirlash bilan birgalikda hisob-kitob ishlarini olib borishga to’g’ri keladi. Jadval satr va ustunlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar ustun va satrlar kesishmasidan hosil bo’lgan yacheykalar(katakchalar)ga yoziladi. Bu holda jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan, boshqa qism yacheykalari esa oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik amallar natijasida hosil bo’ladi.

    Jadval ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun maxsus dasturlar paketi ishlab chiqilgan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy harakterga ega bo’lgan mma’dlumotlarni qayta ishlash mo’ljallangan. Elektron jadvallarda ishlashni o’rganish masalani dasturlovchi yordamisiz hal etish imkonini beradi. Elektron jadvallar shaxsiy kompyuterlarda asosan 1980 yildan keyin qo’llanila boshlagan. Dastlab, asosan Lotus 1-2-3 elektron jadvali qo’llanilgan. Keyinchalik kompyuterlarda SuperCals elektron jadvali qo’llanilgan. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuterlarda ancha takomillashgan elektron jadvallar qo’llanilmoqda, xususan Microsoft Excel.

    Ushbu laboratiriya ishida Microsoft Excel dasturi haqida nazariy ma’lumotlar, laboratoriya ishlarini bajarib zaruriy ko’nikmalar hosil qilamiz.

    Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.

    Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS kengaytmadan iborat Файл bo’ladi. Excel atamasida bunday Файл “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.

    Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter(hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.

    Excel elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustun (column)dan iborat. Qatorlar 1 dan 65536 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining harflari bilan belgilanadi: A, B, ... , Z. Agar harflar etishmasa ikkita harflar birikmasidan foydalaniladi: AA, AB, ... , IV. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. YAcheyka nomeri ustun va satr nomerlarining birikmasidan tashkil topadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun yoki satrning o’lchamini o’zgartirish ham mumkin.

    Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi.

    Ishchi stolning birinchi qatorida dastur sarlavhasi ishga tushirilgan Файл nomi bilan birgalikda (Microsoft Excel-Kniga1) hamda oynani boshqarish tugmachalari joylashgan.

    Ikkinchi qatorida Excel dasturining buyruqlarini saqlovchi menyu satri joylashgan.



    Bu erdan kerakli uskuna «sichqoncha» ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Tanlangan uskuna «sichqoncha» tugmachasini qo’yib yubormasdan oyna chegarasiga o’rnatiladi.

    Oynaning asosiy qismini jadval egallaydi va [A1] yacheykada kursor turadi(2-rasm). Kursorni [],[],[],[] ko’rsatgichlar yordamida jadval bo’ylab siljitish mumkin.

    Excel dasturi bilan ishni tugallash quyidagi usullarning biri bilan bajariladi:


    1. [ALT][F4] tugmachalarini birgalikda bosish bilan.

    2. Excel ishchi stolining yuqori o’ng burchagida joylashgan x belgida «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan.

    3. Menyuning Файл bo’limidan Выход buyrug’ini tanlash bilan.

    Agar Excel dasturidan chiqishda ekranda saqlanmagan Файл bo’lsa, u holda ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi va undagi so’rovga javob beriladi: Yes(Da)- faylni saqlash, No(Net)-faylni saqlamasdan chiqish, Cancel(Otmena)-dasturga qaytish.
    3.Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish
    Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi(4-rasm). Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.

    4-rasm. Excel dasturida jadvalni saqlash.
    Файл bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi.

    Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylОткрыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(5-rasm).



    5-rasm. Excel dasturida faylni ishga tushirish.
    Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan Файл nomi tanlanadi va Открыть tugmachasi bosiladi. Umuman olganda fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.
    3. EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash, Jadvalga ma’lumotlar kiritish
    Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak.

    Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “ ”(qo’shish), “-”(ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.”(nuqta)(sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) Символlaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.



    Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.

    Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki Символi hamma vaqt “=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida

    = A5 4*V6

    formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5 yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi.

    Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:

    (qo’shish),- (ayirish),* (ko’paytirish),/ (bo’lish),^ (darajaga ko’tarish).

    Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi. Masalan: =V1 V5 – bu formula, V1 V5 – bu matnli ma’lumot.

    Foydalanuvchi yacheykaga ma’lumotlar kiritgandan so’ng ular ustida quyidagilarni bajarishi mumkin.



    • O’chirish, almashtirish, tahrir qilish, yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish uchun uni aktivlashtirish, so’ngra [Delete] tugmachasini bosish kerak. Agar bir nechta yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish kerak bo’lsa, dastlab bu yacheykalar belgilanadi(bu «sichqoncha» yoki Shift hamda strelkalar yordamida) va [Delete] tugmachasi bosiladi.

    YAcheykadagi ma’lumotlarni tahrir qilish uchun «sichqoncha» tugmachasi yacheykada ikki marta bosiladi(yoki F2 tugmachasi) va tahrirlash ishlarini bajarish mumkin.


    Ustunning enini va satrning balandligini o’zgartirish
    Ustunning eni Символlar bilan o’lchanadi. Masalan 9 kenglik bitta yacheykaga 9 tagacha Символ kiritish mumkinligini bildiradi. Ustunning eni 0 dan 255 tagacha Символdan iborat bo’lishi mumkin. Satrning balandligi punktlarda(0 dan 409 gacha) o’lchanadi. Amalda ustun eni va satrning balandligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Odatda, asosan ustunning enini o’zgartirishga to’g’ri keladi.

    Ustunning enini o’zgartirish uchun FormatStolbetsSHirina buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan quyidagi (6-rasm) so’rovga ustun eni(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval ustunining eni standart holatda 8,43 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 8,43 sonining o’rniga 15,25 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan ustunining eni o’zgaradi.



    6-rasm. Ustunning enini o’zgartirish oynasi.
    Satrning balandligini o’zgartirish uchun FormatStrokaVыsota buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan so’rovga (7-rasm) satr balandligi(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval satrining balandligi standart holatda 12,75 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 12,75 sonining o’rniga 18,50 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan satrining balandligi o’zgaradi.

    7-rasm. Satrning balandligini o’zgartirish oynasi.
    Matematik funktsiyalar
    Excel elektron jadvalida hisoblashlarni bajarish uchun quyidagi matematik funktsiyalar ishlatiladi. Bu erda matematik funktsiyalarning ruscha va lotincha versiyalari keltirilgan.
    Rus tili - rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng RF va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi.


    PROIZVED(yoki RRODUCT)(argumentlar ro’yxati) - argument qiymatlarining ko’paytmasini hisoblaydi. Masalan, PROIZVED(F25:F30)- F25 yacheykadan F30 yacheykagacha bo’lgan sonlarning ko’paytmasini hisoblaydi.

    Koren(yoki sqrt)(son yoki yacheyka nomeri) - sonning kvadrat ildizini hisoblaydi. Masalan, Koren(D5)- D5 yacheykadagi sonning kvadrat ildizini hisoblaydi.

    SUMM(yoki SUM)() - barcha argumentlar qiymatining yig’indisini hisoblaydi. Masalan: =SUMM(G1:G100) –G1 yacheykadan G100 gacha bo’lgan yacheykalardagi sonli qiymatlarning yig’indisini hisoblaydi.
    5. EXCEL menyusi bilan ishlash
    EXCEL ekranining yuqori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo’ljallangan uning menyusi joylashgan.

    Excel dasturining menyusi Fayl, Правка, Vid, Вставка, Format, Servis, Dannыe, Okno, ? bo’limlaridan iborat. Menyu bo’limi bilan ishlash uchun «sichqoncha» ko’rsatgichi shu bo’limga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda vertikal holatda shu menyu bo’limining buyruqlari paydo bo’ladi va kerakli buyruq tanlanadi.

    Excel menyusi bo’limlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.



    Файл bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi elektron

    jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish(Создать), xotiradagi faylni ekranga chaqirish(Открыть), joriy faylni yopish(Zakrыt), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan(Soxranit) yoki foydalanuvchi o’zi hohlagan nom bilan (Soxranit kak...) Файл ko’rinishda diskda saqlash, sahifalar parametrlarini o’rnatish (Parametrы stranitsы), faylni printerdan chop qilishdan oldin saxifalarda qanday joylashganligini ekranda ko’rish (Predvaritelnыy Просмотр), faylni printerda chop qilish (Pechat), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.



    Правка bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalning

    biror bir bo’lagini qirqib olish(Vыrezat) yoki nusxa ko’chirish (Kopirovat), qirqib olingan jadval bo’lagini kerakli joyga qo’yish(Вставить), jadvalni to’ldirish(Zapolnit), jadval yacheykasini tozalash(Ochistit), yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish (Удалит), jadval varaqlarini o’chirish (Удалит list) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.



    Окноbo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi oyna

    ochish(Novoe), oynani yashirish(Skrit), oynani bo’lish(Razdelit), oynani ko’rsatish(Otobrazit) kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Окноbo’limida foydalanuvchi ishlayotgan fayllar ro’yxati ham joylashadi.



    ? bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida Excel dasturi to’g’risida ma’lumot olish mumkin.
    Uskunalar majmuasi bilan ishlash
    Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida uskunalar majmuasidan foydalaniladi. Excel dastusuri bilan ishlash jarayonida asosan Standartnaya va Formatirovanie uskunalar majmuasidan foydalaniladi.

    Standartnaya uskunalar majmuasini shartli ravishda 7 guruhga bo’lish mumkin:

    Standartnaya uskunalar majmuasidan quyidagilarni bajarish mumkin.

    1-guruh:





    Download 308.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 308.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Excel dasturida jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash

    Download 308.32 Kb.