• Talabalarning oylik stipendiyasini hisoblash
  • 1-Variant
  • Topshiriqlarni bajarishdan namunalar




    Download 308.32 Kb.
    bet3/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi308.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7

    Topshiriqlarni bajarishdan namunalar

    Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni qayta ishlashni quyidagi misollarda tushuntiramiz.



    1-misol. Talabalarning oylik stipendiyasini hisoblash to’g’risida ma’lumotli jadval tayyorlash.

    Dastlab, Excel dasturi ishga tushiriladi va ekranda paydo bo’lgan jadvalga ma’lumotlar kiritiladi. Dastlab jadval mavzusi kiritiladi, ya’ni


    Talabalarning oylik stipendiyasini hisoblash

    Ustunning eni agar zaruriyat tug’ilsa o’zgartiriladi. Bu erda A,B va E ustunlar eni o’zgartirilgan. Keyin esa ustun nomlari kiritiladi.

    So’ngra jadval yacheykalariga ma’lumotlar kiritiladi.

    Jadvalning ma’lum bir yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan to’ldiriladi, qolgan yacheykalari esa shu ma’lumotlar ustida amallar bajarish natijasida to’ldiriladi. Berilgan ma’lumotlar jadvalga klaviatura tugmachalari orqali kiritiladi va diskda ixtiyoriy nom bilan saqlanadi. Jadvaldagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblashlar bajarish kerak bo’lsa, formulalar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun Excelning matematik va statistik funktsiyalaridan foydalaniladi. YAcheykaga formula kiritilgandan keyin [Enter] tugmachasi bosiladi va hisoblashlar bajariladi. Natijada ekranda quyidagi yakuniy jadval hosil bo’ladi.


    2-misol. Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.

    Jadval oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.


    Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblaymiz va quyidagi yakuniy jadvalni hosil qilamiz.

    Diagrammalar tuzish
    Jadvalli ma’lumotlarni ba’zan grafik va diagramma ko’rinishda tasvirlashga to’g’ri keladi. Excel dasturi tuzilgan jadval asosida 14 xil turli ko’rinishdagi diagrammalar tuzish va uni jadval bilan birgalikda joylashtirish imkonini beradi. Diagramma tuzish uchun dastlab jadvaldagi ma’lumotlar belgilanadi. So’ngra Standartnaya uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Buni menyuning ВставкаDiagramma buyrug’i orqali bajarsa ham bo’ladi. Ekranda diagramma turlari va ko’rinishini ko’rsatuvchi Master diagramm muloqat oynasi paydo bo’ladi(9-rasm).

    9-rasm. Diagramma turi va ko’rinishini tanlash oynasi.
    Muloqat oynasidan Diagramma turi va ko’rinishi aniqlanadi. Master diagramm yordamida diagrammalarni tuzish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish uchun muloqat oynasidan Dalee tugmachasi bosiladi.

    Tuzilgan diagrammani formula sifatida ham qarash mumkin. Agar jadvaldagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritilsa, u holda uning asosida tuzilgan diagramma ham avtomatik ravishda o’zgaradi. YUqoridagi tuzilgan(2-misol) tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali misolida diagramma tuzishni ko’rib chiqamiz.

    Foydalanuvchi diagramma tuzishdan oldin jadvaldagi ma’lumotlarni qanday diagrammada tasvirlashini bilishi lozim. Tashkilot xodimlarining bo’limlar bo’yicha 2000-2003 yillar davomida har bir yilda qancha xarajat sarf qilinganligini ustunli(gistogramma) diagrammada tasvirlash uni tahlil qilish uchun qulaylik tug’diradi. Buning uchun dastlab jadvaldan quyidagi berilganlar belgilanadi.


    9-rasmdagi diagramma tuzish muloqat oynasidan uning turi(gistogramma) va ko’rinishin tanlaymiz va Dalee tugmachasi bosiladi. Diagrammaga sarlavha va x va y o’qlariga tushintirishlar yozish uchun yana Dalee tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi va unda Nazvanie diagrammы darchasida Diagramma sarlavhasi, Os X(ategoriy) va Os Y(znacheniy) darchalariga tegishli so’zlar kiritiladi va Dalee tugmachasi bosiladi.

    Diagrammani tuzishning oxirgi bosqichida Gotovo tugmachasi bosiladi va ekranda diagramma hosil bo’ladi.




    Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
    Excel dasturining yana bir imkoniyati shundan iboratki, katta hajmdagi jadvallar bilan ishlayotganda jadvaldagi hamma ma’lumotlarni ekranga chiqarmasdan, balki ma’lum bir qismini ham chiqarish, ya’ni filtrlash mumkin. Masalan, Toshkent shahrida joylashgan biror firmaning boshqa shaharlarda mavjud bo’lgan filiallarida yarim yillik(yanvar-iyun) rejasining bajarilishi haqidagi jadval berilgan bo’lsin.

    Bu jadvaldan faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumotni olish uchun quyidagi buyruqlardanfoydalaniladi: buning uchun kursor jadvalning

    yuqoridan birinchi yacheykasida turishi kerak.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    So’ngra menyuning Dannыe bo’limidan Filtr bandi va undan Avtofiltr bandi tanlanadi. Ekranda hosil bo’lgan muloqat oynasidan Samarqand so’zida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va natijada ekranda faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumot paydo bo’ladi.


    Jadvaldagi ma’lumotlarni o’sib yoki kamayib borish(yoki alvafit bo’yicha) tartibida saralash quyidagicha bajariladi: menyudagi Dannыe bo’limidan Sortirovka bandi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekrandagi muloqat oynasiga ustun nomi kiritiladi, hamda o’sib yoki kamayib borish tartibi tanlanadi



    va OK tugmachasi bosiladi.

    Natijada ekranda shaharlar nomlari alvafit bo’yicha saralangan jadval paydo bo’ladi.



    Faylni chop qilish
    Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Файл Печатьbuyrug’idan yoki Ctrl R tugmachalar majmuasidan foydalaniladi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.



    Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o’rnatishi mumkin. Jadvalning barcha varaqlarini chop qilish uchun «vse» buyrug’i tanlanadi. Agar Jadvalning ba’zi varaklarini chop qilish kerak bo’lsa, u holda «stranitsы» darchasida, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. «CHislo kopiy» bo’limida jadvalni necha nusxada chop kilinishi ko’rsatiladi.

    Quyidagi savollarga to’lig’icha javob yozing va komp’yuterda bajarishni o’rganing!


    1. Microsoft Excel dasturini ishga tushirish.

    2. Jadval nomini kiritish.

    3. Ustun eni va satr balandligini aniqlash va zaruriyat tug’ilsa ularni o’zgartirish.

    4. Ustun nomini kiritish.

    5. Jadvalga ma’lumot kiritish.

    6. Jadvaldagi ma’lumotni Файл ko’rinishda diskda saqlash.

    7. Faylni ishga tushirish.

    8. Tuzilgan jadvaldagi sonli ma’lumotlar ustida amallar bajarish.

    9. Jadvalni chop qilish.

    10. Tuzilgan jadval asosida diagrammalar tuzish.

    11. Tuzilgan jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash.

    12. Microsoft Excel dasturi bilan ishni tugallash.


    Variant topshiriqlari

    1-Variant



    Download 308.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 308.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriqlarni bajarishdan namunalar

    Download 308.32 Kb.