• Dustimning ismi Abror, 2002-yilda, Jizzax viloyatida tugilgan.
  • Amaliy masalalar




    Download 20.12 Kb.
    Sana16.10.2022
    Hajmi20.12 Kb.
    #27304
    Bog'liq
    10 dan 14gacha
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    Amaliy masalalar
    10-dars.

    1. dustim degan lug'at yarating va lug'atga shu inson haqida kamida 3 ta m'alumot kiriting (ismi, tu'gilgan yili, shahri, manzili va hokazo). Lug'atdagi ma'lumotni matn shaklida konsolga quydagi shakilda chiqaring: 

    Dustimning ismi Abror, 2002-yilda, Jizzax viloyatida tug'ilgan.

    1. Oila a'zolaringizning sevimli taomlari lug'atini tuzing. Lug'atda kamida 5 ta taom bo'lsin. Kamida uch kishining sevimli taomini quydagi shakilda konsolga chiqaring: 

    Alining sevimli taomi osh.

    1. Python izohli lu'gati tuzing: Lug'atga shu kunga qadar o'rgangan 10 ta so'z (atamani) kiriting (masalan integer, float, string, if, else va hokazo) va har birining qisqacha tarjimasini yozing.

    2. Foydalanuvchidan biror so'z kiritishni so'rang va so'zning tarjimasini yuqoridagi lug'atdan chiqarib bering. Agar so'z lu'gatda mavjud bo'lmasa, "Bunda so'z mavjud emas" degan xabarni chiqaring.

    3. Yuqoridagi vazifani if-else yordamida qiling va natijani ham foydalanuvchiga tushunarli ko'rinishda chiqaring.


    11-dars

    1. Python izohli lug'atini yarating va lug'atga kamida 10 ta so'z qo'shing. Lug'atdagi har bir kalit va qiymatni for tsikli yordamida, alifbo ketma-ketligida chiroyli qilib konsolga chiqaring

    2. Davlatlar va ularning poytaxtlari lug'atini tuzing. Avval lug'atdagi davlatlarni, keyin poytaxtlarni alohida-alohida, alifbo ketma-ketligida konsolga chiqaring.

    3. Foydalanuvchidan istalgan davlatni kiritishni so'rang va shu davlatning poytaxtini konsolga chiqaring. Agar foydalanuvchi lug'atda yo'q davlatni kiritsa, "Bizda bunday ma'lumot yo'q" degan xabarni chiqaring.

    4. Restoran menusi lug'atini tuzing (kamida 10 ta taom-narh juftligini kiriting). Foydalanuvchidan 3 ta ovqat buyurtma berishni so'rang. Foydalanuvchi kiritgan taomlarni menu bilan solishtiring, agar taom menuda bo'lsa narhini ko'rsating, aks holda "bizda bunday taom yo'q" degan xabarni chiqaring.

    12-dars.

    1. Adabiyot (ilm-fan, san'at, internet) olamidagi 3 ta mashxur shaxlar haqidagi ma'lumotlarni lug'at ko'rinishida saqlang. Lug'atlarni bitta ro'yxatga joylang, va har bir shaxs haqidagi ma'lumotni konsolga chiqaring.



    1. Yuqoridagi lug'atlarga har bir shaxsning mashxur asarlari ro'yxatini ham qo'shing. For tsikli yordamida muallifning ismi va uning asarlarini konsolga chiqaring.




    1. Oila a'zolaringiz (do'stlaringiz) dan 3 ta sevimli kino-seriali haqida so'rang. Do'stingiz ismi kalit, uning sevimli kinolarini esa ro'yxat ko'rinishida lug'artga saqlang. Natijani konsolga chiqaring.



    1. Davlatlar degan lug'at yarating, lug'at ichida bir nechta davlatlar haqida ma'lumotlarni lug'at ko'rinishida saqlang. Har bir davlat haqida ma'lumotni konsolga chiqaring.


    13-dars.

    1. Foydalanuvchidan yaxshi ko'rgan kitoblarini kiritishni so'rang. Foydalanuvchi stop so'zini yozishi bilan dasturni to'xtating.

    2. Muzeyga chipta narhi foydalanuvchining yoshiga bog'liq: 7 dan yoshlarga - 2000 so'm, 7-18 gacha 3000 so'm, 18-65 gacha 10000 so'm, 65 dan kattalarga bepul. Shunday while tsikl yozingki, dastur foydalanuvchi yoshini so'rasin va chipta narhini chiqarsin. Foydalanuvchi exit yoki quit deb yozganda dastur to'xtasin (ikkita shartni ham tekshiring).

    Yuqoridagi dasturni turli usullarda yozib ko'ring (break, ishora, yoki shart tekshirish)

    1. Quyidagi dasturda bir nechta mantiqiy xatolar bor. Jumladan, xusisiy holatlarda tsikl abadiy qaytarilib qolmoqda. Xatolarni to'g'rilay olasizmi?


    savol = “Kiritilgan soning ildizini qaytaruvchi dastur .\n”
    savol += “Musbat son kiriting”
    savol += “(dastur to’xtashi uchun ‘exit’ deb yozing ) : “
    while True:
    qiymat = input(savol)
    if qiymat<0:
    continue
    elif qiymat == “Exit”:
    break
    else:
    ildiz= float(qiymat)**(0.5)
    print(f” {qiymat} ning ildizi {ildiz} ga teng”)

    14-dars.

    1. Foydalanuvchidan buyurtma qabul qiluvchi dastur yozing. Mahsulotlar nomini birma-bir qabul qilib, yangi ro'yxatga joylang.



    1. e-bozor uchun mahsulotlar va ularning narhlari lug'atini shakllantiruvchi dastur yozing. Foydalanuvchidan lug'atga bir nechta elementlar (mahsulot va uning narhi) kiritishni so'rang.

    2. Yuqoridagi ikki dasturni jamlaymiz. Foydalanuvchi buyurtmasi ro'yxatidagi har bir mahsulotni e-bozordagi mahsulotlar bilan solishitiring (tayyor ro'yxat ishlatishingiz mumkin). Agar mahsuot e-bozorda mavjud bo'lsa mahuslot narhini chiqaring, aks holda "Bizda bu mahsulot yo'q" degan xabarni kor'sating

    Download 20.12 Kb.




    Download 20.12 Kb.