• Mavzuga doir masalalar
  • Amaliy mashg’ulot №13




    Download 0.51 Mb.
    Sana10.03.2022
    Hajmi0.51 Mb.
    #18486
    Bog'liq
    amaliy mashg\'ulot № 13
    organik bo\'yoqlar, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

    AMALIY MASHG’ULOT № 13
    Mavzu: Kimyoviy reaksiya tezligini hisoblash.
    Reaksiya tezligi haqida tushuncha
    Kimyoviy reaksiya - zarrachalar (molekula, atom, ionlar) dan yangi zarrachalar hosil bo‘lishidir. Ba’zi bir kimyoviy reaksiyalar juda tez sodir bo'ladi, boshqalari esa sekin borganligi tufayli bir necha soat yoki bir necha kun davom etishi mumkin. Juda tez boruvchi reaksiyalar ko‘pincha portlash bilan boradi. Poroxning yonishi, ichki yonuv dvigateli silindrida 15:1 nisbatda aralashtirilgan havo va benzin (mos ravishda)ning yonishi juda tez boruvchi reaksiyalarga misol bo‘la oladi.
    Bariy xlorid va sulfat kislotasining eritma- lari aralashtirilganda ham oq cho‘kma juda tez fursatda hosil bo'ladi
    Reaksiyaning o‘rtacha tezligi - bu reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya natijasida hosil bo’layotgan mahsulotning konsentratsiyasini ma’lum vaqt birligi ichida o‘zgarishidir. Reaksiya o‘rtacha tezligini aniqlash- da quyidagi formula qo’llaniladi.
    Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar
    Reaksiya tezligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi modda tabiatidir. Ishqoriy metallar qatoriga kiruvchi kaliy va litiyni suv bilan reaksiyasida vodorod gazini hosil qilish xususiyatiga ega. Lekin ikkala reaksiya bir-biridan tezligi bo‘yicha farq qiladi. Kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda vodorod juda tez sur’atda ajralib chiqa boshlaydi va hattoki ajralib chiqishi bilan yonib ketadi.
    Litiyda esa bunday emas, vodorod sekin-asta, mayda pufakchalar hosil qilib ajrala boshlaydi.
    Kaliy va litiyning har xil tezlikda reaksiyaga kirishishi ularning tabiati ya’ni elektron berish xossasi bilan izohlanadi. Kaliy atomini radiusi kattaroq bo‘lgani uchun uni elektronni berishi litiyga nisbatan tezroq amalga oshadi. Reaksiyani tezligi moddalaming konsentratsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
    Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri.
    Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi Vant Goff qonuni yorda- mida tushuntiriladi. U quyidagicha ta’rifga ega: Harorat har 10° ga (Kelvin K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki kamaytirilganda) reaksiya tezligi 2 - 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya tezlashadi, harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi. Haroratning har 10°C ( yoki 10°K ) o‘zgarishida tezlikni necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi songa reaksiyaning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Agar temperatura 10°C ga ortganida tezlik 4 marta oshsa, ushbu reaksiya uchun harorat koeffitsiyenti “4” ga teng bo‘ladi.
    Haroratning tezlikka bo‘lgan ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalasa bo‘ladi.
    Mavzuga doir masalalar:
    Download 0.51 Mb.




    Download 0.51 Mb.