Yog‘ kislotali va atseton butilli bijg‘ish




Download 4.64 Mb.
bet23/107
Sana01.07.2021
Hajmi4.64 Mb.
#15319
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Yog‘ kislotali va atseton butilli bijg‘ish

(Clostridium avlodiga mansub bakteriyalar chaqiruvchi bijg‘ish jarayonlari)

Clostridium avlodiga mansub, spora hosil qiluvchi bakteriyalar har xil bijg‘ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Ularning barchasi anaerob sharoitda amalga oshadi. Kislorodli muhitda (ba’zi bir holatlardan tashqari) bu bakteriyalar o‘smaydilar. Kislorodning zaharli ta’siri bu bakteriyalarda sitoxromlarni va katalazani yo‘qligi hamda flavinli fermentning ko‘pligi bilan tushintiriladi. Ma’lumki, flavinli fermentlar substratdan vodorodni kislorodga tashib o‘tkazadilar va perekis hosil qiladilar. Ular esa zaharli miqdorda to‘planadilar. Bakteriyalarning turlariga qarab bijg‘ishning har xil mahsulotlari to‘planadi:

  • Clostridium butyricum, C.pasterianum, C.pectinovarum bakteriyalari bijg‘ish jarayonida butirat, atsetat va karbonat angidrid gazi hosil qiladilar;

  • Clostridium acetobutylicum, Clostridium butyricum esa asosan butirat, atsetat, atseton, butanol, vodorod va karbonat angidridi;

  • Clostridium kluyverikapronat, butirat va vodorod;

  • Clostridium tetanomorphumbutirat, atsetat, ammiak, karbonat angidridi va vodorod;

  • Clostridium acidiuriciatsetat, formiat va karbonat angidridi hosil qiladi va h.k.

Mahsulotlarni miqdori, ko‘proq bijg‘ish jarayoni kechadigan sharoitga bog‘liq bo‘ladi.

Bijg‘ish jarayonida mahsulotlarni hosil bo‘lishiga muhitni rN ko‘rsatkichi katta rol o‘ynaydi: Muhitni rN ko‘rsatkichi nordon tomonga o‘zgarganda, n-butanol va atseton hosil bo‘lishi kuchaysa, ishqoriy sharoitda sirka va moy kislotasini hosil bo‘lishi kuchayadi.





Download 4.64 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Download 4.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yog‘ kislotali va atseton butilli bijg‘ish

Download 4.64 Mb.