«Sudoche» davlat ornitologik buyurtmaxonasi




Download 0.81 Mb.
bet18/24
Sana26.06.2021
Hajmi0.81 Mb.
#15197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
«Sudoche» davlat ornitologik buyurtmaxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 29.11.91 yildagi 311/42-sonli qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumanida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 11.02.2001 yildagi 33/1-sonli qaroriga muvofiq buyurtmaxona tartibining amal qilish muddati 2010 yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 50 ming ga. Ornitologik buyurtmaxonasini tashkil qilishdan maqsad – Amudaryo sohil bo‘yidagi suv-botqoqlik joylari biologik kompleksini saqlab qolish, uchib o‘tadigan qushlarni, ular ko‘payishi va dam olishi joylarini muhofaza qilishdan iborat. Har yili ko‘lda yuz minglab suvda suzuvchi va suv yaqinida yashaydigan qushlar dam oladi va ko‘payadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi. «Muborak» davlat buyurtmaxonasi Qashqadaryo viloyati hokimiyatining 5.12.98 y.dagi X-344/12- sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona maydoni o‘zgartirilgan– 219534 ga. Tashkil qilishdan maqsad – yo‘rg‘a tuvaloq (Chlamydotis undulata), uning yashash joylari va boshqa yovvoyi hayvonlar yashash joylarini saqlab qolishdan iborat. Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida. «Oqtog‘» davlat buyurtmaxonasi Navoiy viloyati hokimiyatining 21.04.97 y.dagi K- 113-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Oqtog‘ tizmasida joylashgan. Buyurtmaxona maydoni 15420 ga. Tashkil qilishdan maqsad - «Oqtog‘» tog‘li mavzesi tabiiy kompleksini saqlab qolish. Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida. «Qarnabcho‘l» davlat buyurtmaxonasi Navoiy viloyati hokimligining 9.07.98 yildagi F-90-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona maydoni 25 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad – birinchi navbatda, yo‘rg‘a-tuvaloq (Chlamydotis undulata) va uning yashash joylari, shuningdek butun Qarnabcho‘l biologik kompleksini saqlab qolish.

Buyurtmaxona yo‘rg‘a-tuvaloq ko‘plab uchib o‘tadigan yo‘lda joylashgan. Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida.





Download 0.81 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Sudoche» davlat ornitologik buyurtmaxonasi

Download 0.81 Mb.