Landshaftlar taraqqiyotini bashorat qilish




Download 0.81 Mb.
bet22/24
Sana26.06.2021
Hajmi0.81 Mb.
#15197
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Landshaftlar taraqqiyotini bashorat qilish:Har bir muayyan landshaft o‘ziga xos muhit hosil qiluvchi geotizimdir. Shu bilan birga, unda inson yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. Inson faoliyati va uning atrof-muhitga ta'siri XX asrning o‘rtalaridan boshlab jadal va xilma-xil tus oldi. Natijada atrof-muhit sezilarli darajada o‘zgara boshladi va ko‘pincha inson, jamiyat hayoti uchun salbiy bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqara boshladi. Ma'lumki, ular ilmiy texnika taraqqiyoti kuchayib borgan sari yanada jadallasha bordi. Bunday o‘zgarishlarni va ularning salbiy oqibatlarining oldini olish, asoratlarini bartaraf etish yoki iloji boricha kuchini kamaytirish uchun ularni oldindan ko‘ra bilish lozim bo‘ladi. Masalan, bironta yirik sanoat tuguni tashkil etish, yangi o‘zlashtirilgan maydonlar yoki yirik gidrotexnik inshootlarning foydalanilish muddati 100-200 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa, inson o‘sha vaqt mobaynida ular qanday tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda ishlashi lozimligi xususida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Chunki, bunday qurilishlar yoki inshootlar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda u yoki bu obyektning istiqboldagi asosiy texnik-muhandislik o‘lchamlari hisobga olinishi shart. Kundalik hayotda, fan, iqtisod va siyosatning turli jabhalarida bugun qabul qilinayotgan turli xil xulosalar va qarorlar kelajakning ko‘p xususiyatlarini belgilab berishi mumkin. Shuning uchun ham landshaftlarning kelajakda qaysi yo‘nalishda rivojlanishini va qanday o‘zgarishlarga yuz tutishini oldindan aytib berish, ya'ni bashorat qilish landshaftshunoslar ilmiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.

Landshaftlarning kelajagini oldindan aytib berish, bashorat qilish landshaftshunoslik fani oldida turgan dolzarb, ammo murakkab va muammoli masalalardan biridir. Bu borada bajarilgan ilmiy nazariy ishlarning soni ham, salmog‘i ham nisbatan katta emas. Bunday bashoratning mohiyati, mazmuni, hatto qanday atalishi haqida ham turli fikr va mulohazalar mavjud.

Keng ma'noda olganda, bashorat grekchadan kirib kelgan "profnosis" atamasining tarjimasi bo‘lib, qandaydir voqea, hodisa, jarayonlarning rivojlanishi va yakunidagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish demakdir. Umuman, bashorat haqida aytilgan mulohazalarning birida bashorat qilish deganda kelajak haqida aynan kuzatib o‘rganishning iloji bo‘lmagan ma'lum turdagi hodisalar haqida ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosidagina tasavvurga ega bo‘lish tushuniladi.

Yetakchi iqtisodiy geograflardan biri Yu.G. Saushkin 1980 yilda geografik bashoratni ijtimoiy-iqtisodiy bashoratning bir qismi deb hisoblaydi. Uning fikricha, geografik bashorat istiqbolda integral geotizimlar, ya'ni turli o‘lkalar guruhi, muayyan o‘lkalar, rayonlar, shaharlar, zonalar, landshaftlar kabi tizimlarda tabiat, aholi, xo‘jalik orasida o‘zaro ta'sir yuzaga kelishini ilmiy belgilab berishdir. Geografik bashorat tabiiy geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy geografik bashoratlarga (shu jumladan, masalan, sanoat tugunlari joylashuvi va rivojlanishini bashorat qilish) bo‘linadi. Geografik bashorat qilishni Yu.G.Saushkin hozirgi zamon geografiya fani rivojalinishidagi yangi bir bosqich deb hisoblaydi hamda geografiyaning umumiy nazariyasi, to‘plangan ma'lumotlar va amaliy ishlanmalarda foydalanish bilan bog‘liqdir, deb hisoblaydi.

Taniqli tabiiy geograf T.V. Zvonkova 1987 yilda geografik bashorat qilishning ilmiy asoslari haqida fikr yuritar ekan, "Geografik bashorat qilish - bu ijtimoiy ishlab chiqarishda tabiiy muhit va xo‘jalikning o‘zgarish muddatlari va o‘lchamlarini hamda tabiiy va antropogen rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishdir. Bu hududiy tizimlarning kelajakdagi holatlarini, ularning o‘tmishda va kelajakda ichki tuzilishi va faoliyati qanday bo‘lgan hamda qanday bo‘lishi mumkinligini tahlil qilish asosida oldindan ilmiy ko‘ra bilishdir", deb yozadi.

Geografik bashorat tushunchasining to‘laroq va batafsilroq ta'rifini V.B. Sochava 1974 yildagi ishida ko‘ramiz. "Geografik bashorat deb yozadi u- kelajakdagi tabiiy geografik tizimlar haqida, ularning tub xususiyatlari va turli-tuman, jumladan, inson faoliyatining kutilgan va kutilmagan natijalari sababli, o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holatlari haqidagi tasavvurlarni ilmiy ishlab chiqishdir". V.B. Sochavaning fikricha, geografik bashorat qilish, kengroq ma'noda olganda, xususiy va tarmoqlar muammolarini ham qamrab oladi. Ammo, haqiqiy geografik bashorat kelajakning geografik tizimlari haqida tasavvur berishi kerak. Geografik bashorat qilish tabiiy sharoitni bashorat qilish bilan birga, uning kelajakda qanday holatda bo‘lishi mumkinligi, bashorat qilinayotgan atrof-muhitga insonning barcha xil ta'sirlarini ham o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. "Shunday qilib V.B. Sochava-geografik bashorat insonning o‘z atrof-muhitga qiladigan ta'sirining barcha xillarini qamrab oladigan tabiiy bashoratdir".

F.N. Milkov 1990 yil tabiiy-geografik bashorat qilish o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi geografik qobiqda, landshaftlarda va ularning komponentlarida yaqin va uzoq kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarning yo‘nalishi va jadalligini aniqlashdan iboratdir, deb hisoblaydi.

A.G. Emelyanov 1980 yilda tabiiy geografik bashorat qilish deganda tabiiy muhitda bo‘ladigan o‘zgarishlarning miqyosi, tezligi, darajasi va yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tushunadi. A.G. Isachenko 1980 yil V.B. Sochavaning fikrlariga to‘la qo‘shilgan holda, faqat bashorat qilishning nomigagina e'tiroz bildiradi va uni "landshaft - geografik bashorat", deb atashni lozim topadi.

Ayrim bashoratlar bo‘yicha 2050 yillarda havo harorati XIX asr oxiridagiga qaraganda 3-40C ortishi kutiladi. Buning oqibatida yer yuzasida atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishi ham, miqdori ham o‘zgarishi mumkin. 1988 yil M.I. Budikoning yozishicha, Turkistonda iqlimning tabiiy o‘zgarishi sababli namgarchilik ortadi. XXI asr o‘rtalariga kelib yog‘inlar miqdori qariyb 2 barobar ko‘payadi va natijada Turkiston cho‘llari namgarchilik bo‘yicha janubiy Ukrainaga o‘xshab ketadi. Yer kurrasi iqlimidagi bunday o‘zgarishlar tabiat zonalarining chegaralariga ham ta'sir etmay qolmaydi, albatta.

Landshaftlarni bashorat qilishning tamoyillari kabi usullari ham turli-tumandir. Umum ilmiy bashoratlarning 150 dan ortiq metod va usullari mavjud. Ammo ularning har biridan landshaftlarni bashorat qilishda unumli foydalanish mumkin deb bo‘lmaydi. Ularning ayrimlaridangina foydalanish mumkin, xolos. Buning asosiy sababi, bashorat qilinadigan obyekt-geotizimlarning murakkabligi, serqirraligi va ko‘p omilliligidir. A.G. Emelyanov (1982) landshaft xaritalarini tahlil qilish, aerokosmik suratlardan foydalanish, indikatsiya metodlarini metod emas, balki metodik usul deb qaraydi. Uning fikricha, tabiiy geografik bashorat metodlari va usullari tizimi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak

1-sxema



Download 0.81 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Landshaftlar taraqqiyotini bashorat qilish

Download 0.81 Mb.