I bob. O’zbekistondagi tabiiy landshaftlar va ularning xususiyatlari




Download 0.81 Mb.
bet3/24
Sana26.06.2021
Hajmi0.81 Mb.
#15197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
I bob. O’zbekistondagi tabiiy landshaftlar va ularning xususiyatlari

Landshaft so‘zi aslida nemischa bo‘lib, (Land-yer va schaft-o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni aks ettiruvchi suffiks), umumadabiy tilda manzara, joyning ko‘rinishi degan ma'noni anglatadi.

Landshaft atamasi geografiyaga dastavval deyarli bir vaqtda A.A. Borzov, L.S. Berg, I.M. Krasheninnikov, L.F. Morozovlarning ilmiy ishlari orqali tabiiy geografik kompleks so‘zining sinonimi sifatida kirib keldi. Keyinchalik landshaft tushunchasini chuqurlashtirish va uning ta'rifini mukammallashtirish jarayonida tabiiy geograflar uch guruhga bo‘linib ketishdi.

Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikricha, landshaft ham xuddi relyef, iqlim, tuproq, o‘simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchadir. Bu holda landshaft atamasi xohlagan ko‘lamdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan, ularning katta kichikligidan qat’iy nazar ishlatilishi mumkin. Bu tushuncha tarafdorlari F.N. Milkov, D.L. Armand, Yu.K.Yefremov, V.I. Prokayev kabilar fikricha, landshaft bizning ko‘z o‘ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo‘lgan o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan narsa, hodisalarning yig‘indisidir.

Landshaftga berilgan ushbu ta'rifdan ko‘rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy geografik kompleks ham ikkalasi bir narsadir. Mualliflarning fikriga ko‘ra tabiiy geografik kompleks so‘zi aniq ifodaga egaligiga qaramay, atama sifatida noqulay. Shuning uchun tabiiy geografiya kompleks so‘zining ma'nosini anglatadigan, ammo qisqagina va ishlatishda qulay bo‘lgan landshaft atamasidan foydalangan ma'quldir. Bu holda "landshaft qobig‘i" atamasi "geografik qobiq" atamasining sinonimi sifatida ishlatilmoqda.

Ikkinchi guruh geograflar ta'kidlashicha, landshaft ma'lum bir hududni egallagan, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan regional birlikdir. Masalan, N.A. Solnsev landshaftni asosiy geografik birlik deb qaraydi va geologik tuzilishi, relyef shakllari, yer osti va usti suvlari, mikroiqlim, tuproq xillari, fito va zoosenozalari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib turadigan genetik jihatdan bir butun hududni landshaft deb ataydi.

Landshaftning ta'rifini boshqacharoq va qisqaroq qilib A.G. Isachenko quyidagicha ta'riflaydi: " Landshaft-mahalliy ko‘lamda geotizimlarning o‘ziga xos yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘zining zonal va azonal belgilari bo‘yicha bir butun hamda genetik jihatdan yaxlit geotizimdir". Uning fikricha, landshaft o‘zidan kichik geotizimlar yig‘indisidan iborat bo‘lishi bilan bir vaqtda o‘zidan katta va murakkabroq tuzilgan geotizmning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun landshaftlarning hosil bo‘lishini geografik qobiqning rivojlanishi va tabaqalanishining natijasi deb qarash kerak. Undan tashqari landshaft tabiiy geografik komplekslarning taksonomik tizimida shunday bir pog‘onani egallaydiki, u o‘zining azonal va zonal xususiyatlari bo‘yicha bir butundir. Demak, tabiiy geografik rayon rayonlashtirishning eng kichik va asosiy birligidir. A.G. Isachenko fikricha, landshaft va tabiiy geografik rayon ikkalasi bir narsadir. Bu holda landshaft bir konturlidir. Yer yuzasida bir landshaft bir marta uchraydi.

Uchinchi guruh geograflar landshaft-tipologik birlikdir degan tushuncha tarafdorlaridir. Ular landshaftlarning nisbatan bir xilligi tushunchasiga asoslanadilar. Bunda landshaft ma'lum xarakterdagi hudud yoki joy deb qaraladi. Bundan tashqari, landshaft tabiiy komponentlar (geologik tuzilishi, relyef, tuproq, o‘simlik va h.k.) ning dialektik birligi, majmuasi deb, hamda nisbatan bir xil bo‘lgan tabiiy geografik kompleks deb qaraladi. Landshaftlar ularning hududiy tarqalishidan qat’iy nazar, xususiyatlariga qarab aniqlanadi.

Landshaftga nisbatan bunday ko‘z qarashning faol targ‘ibotchisi bo‘lgan N.A. Gvozdetskiyning aytishicha, landshaft-tabiiy geografik kompleksning turi, kichik turi, xilidir. Masalan, geomorfologiyada relyef turi, tuproqshunoslikda tuproq turi, xili, tushunchalari qaysi ma'noda ishlatilsa, tabiiy geografiyada ham shunday ma'noda ishlatilishi kerak. Masalan, dasht tuproqlari deyilgandek, dasht landshaftlari deb aytish mumkin. Landshaft tipologik birlik sifatida katta-katta maydonlarni ham yoki kichik joyni ham egallashi mumkin. Bir xildagi yoki bir turdagi landshaft ma'lum hududda qayta-qayta uchrashi, ya'ni ko‘p konturli bo‘lishi mumkin. U yoki bu landshaftning tarqalish areali xuddi u yoki bu tuproq yoki relyef turining tarqalish areali kabi uzuq-yuluq bo‘lishi mumkin. Ana shunday landshaftlarning ma'lum bir yig‘indisi tabiiy geografik rayonlarni tashkil qiladi. N.A. Gvozdetskiy fikricha, tabiiy geografik regional birliklar va landshaft tipologik birliklari ikki xil tizimdagi birliklardir. Ular geografik qobiqning tabiiy geografik tabaqalanishini o‘rganishdagi ikki xil yondashishning natijasidir.

Landshaftlar regional birlik deb qaralganda ular orasidagi har xillikka ko‘proq e'tibor berilsa, tipologik birlik deb qaralganda ularning nisbatan bir xilligiga e'tibor beriladi.

Landshaft tushunchasiga nisbatan yuzaga kelgan bu uch xil ko‘z qarashni landshaftshunoslikda hosil bo‘lgan uch yo‘nalish desa ham bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa qilib aytganda landshaft genetik jihatdan bir butun bo‘lgan geotizimdir. U bir xil geologik tuzilishi, bitta relyef turi, bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga xos bo‘lgan, dinamik jihatdan bog‘liq bo‘lgan urochishelar yig‘indisidan iboratdir. Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provinsiya, okrug, rayon kabi regional geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizimdir. U geografik qobiqning eng oddiy va eng kichik birligi bo‘lsa, ikkinchi jihatdan o‘zidan kichik bo‘lgan urochishe, fatsiya kabi qismlar va oddiy geotizimlar bog‘lamidan hosil bo‘lgan murakkab ko‘p yarusli va dinamik geotizimdir. Landshaft qo‘shni landshaftlar bilan modda va energiya almashinishi orqali doimo o‘zaro ta'sirda bo‘lib turadigan ochiq geotizimdir.

Mamlakatimizda quyidagi landshaftlarni tafovut qilish mumkin:

-O’zbekiston hududi cho’l mintaqasi landshaftlari

-O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaftlari

- O’zbekiston hududi tog’ mintaqasi landshaftlari

- O’zbekiston hududi yaylov mintaqasi landshaftlari

- O’zbekiston hududi antropogen landshaftlari





Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. O’zbekistondagi tabiiy landshaftlar va ularning xususiyatlari

Download 0.81 Mb.