• Yuqori adirlarga
  • O’zbekiston hududi tog’ mintaqasi landshaftlari va ularning ekologik asoslari
  • O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaflari va ularning ekologik asoslari




    Download 0.54 Mb.
    bet6/24
    Sana26.06.2021
    Hajmi0.54 Mb.
    #15197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaflari va ularning ekologik asoslari:O’zbekiston territoriyasining dengiz satxidan 500 m.dan-1200 m.gacha bo’lgan joylar adir mintaqasiga kiradi. Respublikamizning barcha tog’ etaglari, chunonchi, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarining ko’pgina qismi Yangiyer, Jizzax, Qarshi shaharlarining atroflarida Shahrisabz, Denov, Nurota, G’allaorol , Bo’stonliq kabi tumanlarining asosiy qismini adir mintaqasiga kiritish mumkin. Adir mintaqasining eng xarakterli belgisi relyefning notekisligi bo’ztuproqdan iboratligi, o’simliklar qoplamining rang-barangligi bo’lib, umuman tog’ etaklaridagi barcha maydonlar shu mintaqaga kiradi. Adir-tog’ etaklaridagi tuprog’i och tipik va to’q bo’z tuproqdan iborat. Tashqi tomondan qaraganda qizg’ish ko’rinadi. Qo’lga olib ezilganda mayin, yumshoq, qattiq bosganda yopishib qoladi. Cho’l mintaqasiga qaraganda tuproqning tarkibidagi gumus ancha yetarli. Ayrim hududlarda shag’al va qattiq toshlar ham aralashgan. Adir mintaqasi adir iqlimi hisoblanib, cho’l mintaqasiga nisbatan ancha salqin. O’rtacha yillik harorati 12-300 janubiy rayonlarda biroz baland. Yoz oylarida harorat 30-450 ga ko’tariladi, yozda deyarli yomg’ir yog’maydi, tez-tez shamollar esib turadi. Cho’l zonasiga yaqin bo’lganidan hatto garmsel esib turadi. Asosiy yog’in qish va bahorda yog’ib qisman kuzda ham tushishi mumkin. Yerda qor 2-3 oygacha saqlanadi. Izg’irin bo’ronli kunlar bo’lib turadi. Tog’ zonasiga yaqin bo’lganidan uning ta’siri katta. Bahor va kuz paytlari ham deyarli salqin. Yog’in miqdori cho’l zonasiga nisbatan ko’p bo’ladi. Pastki adirlarda 500-550 mm ga etadi. Shu sababdan ham havoning nisbiy namligi ancha baland. Bu zonada sug’orilgan yerlar, madaniy ekinlar maydoni ham keng. Bunda mikroiqlim tevarak atrofga ancha ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli adir zonasi o’simliklari dunyosiga boyligi hamda dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi bilan ajralib turadi. O’zbekiston adirlari haqiqatdan ham o’simliklarga boy. Bu zona O’zbekistonning asosiy lalmikor yerlari hisoblanadi. Ko’pgina yerlarda g’alla, arpa, bug’doy ekiladi. Dehqonchilikda foydalanish qiyin bo’lgan notekis yerlar suv kam bo’lgan adirlar chorvachilikda keng foydalaniladi. Adir mintaqasi tuprog’i, iqlim rel’efi dengiz sathidan balandligi va o’simliklar qoplamiga qarab ikkiga: pastki va yuqorigi adirlarga bo’linadi.

    Pastki adir tuprog’i och va tipik bo’z tuproqdan iborat. Bunga dengiz sathidan 500-800 m balandlikkacha bo’lgan yerlar kiradi. Rel’efi tekis qirlardan iborat. Yuqori cho’l bilan tutash bo’lganligi uchun ham iqlimi keskin kontinental bo’lib, undan keskin farq qiladi. Yozi issiq, qishi sovuq. Baxor va qishda yog’ingarchilik bo’ladi. Havosining namligi tuproqning unumdorligi yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi o’simliklar qoplami xam xilma xildir. Pastki adirning asosiy o’simliklarga erta baxorda yashil gilam hosil qiladigan rang va qo’ng’irboshdan iborat. Pastki adirda rang, qo’ng’irbosh, yetmak, qoqio’t, qo’ypechak, mingboshi, qo’ziquloq, isfarak, karrak kabi o’simliklar eng ko’p tarqalgan.

    Yuqori adirlarga dengiz sathidan 900-1200 m balandlikkacha bo’lgan yerlar kiradi. Respublikamizning anchagina teritoriyasi yuqori adirlarda joylashadi. Bu yer tog’ mintaqasiga yaqin bo’ladigan baland qirlar tuproq yerlar, chala buta va buta o’simliklarining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Yuqori adirlarning tuprog’i to’q bo’z tuproqli bo’lib shag’alli va tosh aralash yerlar ko’p uchraydi. Tuprog’i unumdor, yog’in sochinli joyga birdan tushmasligi uning pastga oqib ketishi yozgi issiqlikning kuchli ta’siri tufayli bu yerlarda efemer va efemeroidlar juda kam uchraydi. Mavjud tabiiy o’simliklardan ayrim turlar juda kamayib ketgan. Faqat odam chiqishi qiyin bo’lgan qiyaliklarda o’simliklar siyrak holda saqlanib qolgan. Iqlimiga ko’ra O’zbekistonning shimolidagi yuqori adirlar farq qiladi. Ya’ni sharqiy adirlar, baland tog’larga yaqin bo’lib, havosi sokin va sernamdir. Shimoliy adirlar esa, Qizilqum, Qoraqum cho’llariga yaqin. Shuning uchun havosi quruq, yog’ingarchiligi kam bo’ladi. Bu hol o’sha joyning o’simliklariga ma’lum darajada ta’sir qiladi.

    Yuqori adirlar uchun muhim bo’lgan xarakterli o’simliklarga teresken, oqshuvoq, gulxayri, ajriq, rovoch mansub.

    Adir cho’l landshaftidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:

    1. Cho’lga nisbatan tuprog’ining unumdor bo’lishi;

    2. Yog’ingarchilikning miqdori 500-600-1000 mm gacha yetishi;

    3. Quyosh energiyasining radiatsiyasi asta sekinlik bilan kuchaya boradi;

    O’zbekiston hududi tog’ mintaqasi landshaftlari va ularning ekologik asoslari:O’zbekiston hududi deyarli barcha vertikal zonalardan tashkil topgan. Uning hududida cho’l, adir, tog’, yaylov zonalari mavjud. Ular Farg’ona vodiysida ham o’z aksini topgan. Umuman vertikal zonalarning tasnifi azaldan geobotaniklarni, fiziograflarni, tuproqshunos va zoologlarni qiziqtirib kelgan. O’rta Osiyoda Tosh DU tashkil bo’lishi munosabati bilan kelgan bir qator olimlar O’rta Osiyo tabiiy resurslarini har tomonlama o’rganish bilan ularning vertikal tik mintaqalar bo’yicha tarqalishiga ham, ularning o’sha joyga aloqadorligiga ham e’tibor berganlar. Shu boisdan Markaziy Osiyo tabiiy hududlarini vertikal tik mintaqalarga ajratganlar. M. V. Kultiatsev, M,G. Popov, E, P, Korovin, professor Kashkarov kabi olimlarning har qaysisining vertikal tik zonalar bo’yicha sxemalari bor. Ularning barchasidagi kamchiliklar quyidagilardan iborat. Tog’ mintaqasi Granitov taklifi bilan paski va yuqorigi mintaqalarga bo’lib o’rganila boshlagan. Tog’ning pastki qismi adir bilan chegaradosh bo’lgani uchun kirofilizatsiya kuchli, namgarchilik kam. Shuning uchun aksariyat tog’ mintaqasining tog’-toshlari o’simliklari qurg’oqchilikka moslashgan bo’ladi. Bu yer uchun xos bo’lgan o’ismliklar tikan bargli pechaklar, farg’ona shuvog’i, bargi qirqilgan shuvoq, izen. Butalardan toshga yopishib o’suvchi atirgullar, bug’doyiq kabi turlar tashktl qiladi. Archazorga kirib borgan sari zirk, shilvilardan tashkil topgan va archazorlar aralashgan manzarani ko’rish mumkin. Tog’ning o’rta qismida dominant jamoa, sarv archa va Zarafshon archa qo’shma jamoalari. Siyrak holatda do’lana, zirk, shilvining turlari, nixoyat siyrak holda cheton kabilar shu archazorga yo’ldosh bo’ladilar.

    Tog’ mintaqasi o’t o’simliklariga yorongul, Tyanshan otqulog’i, yovvoyi zig’ir, ligullariyani kiritish mumkin. Bular umumiy manzarani uchinchi qismini tashkil qiladi. Pastki yarus (qavat)da chim hosil qiluvchi g’alladoshlar va undan ham pastki qismda moxlar, lishayniklar asosiy pastki manzarani hosil qiladi.

    Demak, tog’ning o’rta qismidagi manzarani ko’p qismli bo’lishi bu o’sha ekologik qulay muhitning natijasidan darak beradi. Tog’ zonasining yuqori qismi subalb o’tloqlariga chegaradosh bo’lganligi uchun archazorning tarqalishi bilan tugaydi. Archazor ko’p joylarda tog’ zonasining tugash joylari bilan ham tugaydi. Tog’ning yuqori qismi yanada qo’ng’irlashgan tuproqqa ega. U yerdagi hukmron landshaftlarga tashqi qiyofa beradigan asosiy daraxt-Turkiston archasidir.

    Keyingi yillarda antropogen omillar ta’siri natijasida tog’ning ayrim elementlari inqirozga uchragan. Tog’ mintaqasidagi dorivor o’simliklardan tog’ datxoni, tog’ jambili, kiyiko’t, yulduzo’t va archalarning aksariyat qismi “fizoterapevtlar” tomonidan vayron qilingan. Ular hosil qilgan o’simlik jamoalari tarkiblari o’zgarib ketgan. Archalar azaldan kesilib ularning orasidagi masofa 20- 25 m ni tashkil qiladi. Ularning o’rniga ayrim dasht elementlari paydo bo’lgan. Aksariyat tog’ mintaqani o’simlik tipi yoki landshafti bilan almashtirib qo’yilmoqda. Ularning o’z sxemalarini tuzishda qo’llangan ko’p terminlar ko’pincha rus tilida bo’lib, maxalliy aholi tomonidan anglashinuvi qiyin bo’lgan. Shularni hisobga olgan holda K. Z. Zokirov birinchi bo’lib bir qancha fan, ayniqsa tabiiy fanlarni ma’lumotlarini mujassamlashtirgan holda mahalliy xalqqa tushunarli qilib, 1947 yilda O’rta Osiyo hududi tog’ mintaqalarini ishlab chiqdi. 1956 yilda o’zlarining “Zarafshon vohasi flora va o’simlik qatlami ”nomli ikki jildli monografiyasini ishlab chiqdi. Bu monografiyada o’zlarining fikrlarini vertikal mintaqalar zonalariga asoslangan holda bayon qildilar. U O’rta Osiyo tog’ mintaqalarini 4 ta povestga ajratdi:

    1. Cho’l mintaqasi 200-250 m.dan to 400-450 m.gacha

    2. Adir mintaqasi 400-450 m.dan to 800-850 m.gacha

    3. Tog’ mintaqasi 800-850 m.dan to 2000-2500 m.gacha

    4. Yaylov mintaqasi 2000-2500 m.dan to 3100 m.gacha bo’lgan zonalar.

    Demak, tog’ zonasi K. Zokirov sistemasi bo’yicha 800-850 m., ayrim joylarda 1200 m dengiz yuzasidan 2-5 ming m.gacha bo’lgan balandlikni egallaydi. Ekologik nuqtai nazardan tog’ zonasi tirik mavjudotlar uchun eng qulay sharoitga ega bo’lgan zona hisoblanadi.

    Akademik N. I. Vavilov ta’biri bilan aytganda tog’ zonasi nafaqat yovvoyi o’simliklarning, balki madaniy o’simliklarning ham kelib chiqish manbai hisoblanadi. Yo. P. Korovinning fikricha tog’ zonasi barcha ekologik elementlar nuqtai nazardan o’simliklarning o’sishi uchun eng qulay muhit bo’lgan zona hisoblanadi. Tog’ mintaqasida iyun-sentabr oylari yog’insiz o’tadi. Lekin, Farg’ona vodiysida ko’rsatilgan oylarda ham vaqti-vaqti bilan yog’ingarchiliklar bo’lib turadi. Iyul oyida harorat 18-190C gacha tushib ham ketadi. Tog’ mintaqasida yog’ingarchilikning umumiy o’rtacha miqdori 700-800-1000 mm gacha bo’ladi. Tuprog’i ko’mirga boy. Qoratuproqni eslatadigan qo’ng’ir tuproqdan tashkil topgan. Shuning uchun tog’ zonasi landshafti ko’pincha tropik, subtropik gorizontal mintaqalarning landshaftlarini eslatadi.





    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaflari va ularning ekologik asoslari

    Download 0.54 Mb.