An’anaviy Open Data Challenge 2016 tanlovi e’lon qilindi




Download 15.24 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi15.24 Kb.
#4390

An’anaviy Open Data Challenge 2016 tanlovi e’lon qilindi

Toshkent shahrida Open Data Challenge 2016 – ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar yaratish bo‘yicha an’anaviy tanlovning e’lon qilinishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT "Taraqqiyot dasturi"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida o‘tkazib kelinadi.

Open Data Challenge — dasturchi, dizayner hamda jurnalistlardan tashkil topgan IT-jamoalarning davlat ochiq ma’lumotlaridan foydalangan holda ishlab chiqqan dasturiy mahsulotlari, loyihalarini saralab oluvchi tanlov. Open Data Challenge tanlovining o‘ziga xosligi shundaki, hali g‘oya sifatida taqdim qilingan loyihalar jamoalar tomonidan 2 sutka ichida yangi veb-, mobil ishlanma, interaktiv xizmatning namunaviy yoki birlamchi nusxasiga aylantirilishi, shuningdek g‘oyani amalga tatbiq etishga xizmat qiladigan va uni aniqroq ifodalashga yordam beradigan infografika, maqolalar tayyorlanishi lozim.

Ushbu muhlat orasida Open Data Challenge 2016 ishtirokchilarining sa’y-harakatlari bilan aholi uchun turmush tarzining turli jabhalari, jumladan, iqtisodiyot, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya kabi yo‘nalishlarda foydali yangi ijtimoiy loyihalar dunyoga keladi.

Qolaversa, Open Data Challenge 2016 doirasida jurnalist hamda dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlash, ulardan foydalanishga bag‘ishlangan mashg‘ulot va o‘quvlar bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda dasturchilar, grafik-tasvir dizaynerlari, internet sohasi vakillari, tahlilchilar, jurnalistlar, faollar va ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda asosiy shart — yaratilajak mahsulot, ya’ni ilova, xizmat, infografika hamda ma’lumot Open Data Challenge 2016 mobaynida yaratilgan va ungacha tayyorlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, tanlov davomida mavjud ishlanmalarni, manbaalarni yanada rivojlantirib, boyitgan holda ham ishtirok etish mumkin.

Open Data Challenge 2016'da ishtirok etish bepul va xohlovchilar buning uchun ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchilar oziq-ovqat, internet hamda qulay ishlash muhiti bilan ta’minalanadi.

Tanlovda barcha loyihalar 27 noyabr kuni davlat idoralari va jamoatchilik, biznes vakillari, mustaqil ekspertlardan iborat tanlov hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etiladi.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadi:

Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil va veb-ilova);

Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi biznes loyiha (mobil va veb-ilova);

Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijodiy ish (infografika va maqola).



Batafsil ma’lumot va aloqa https://data.gov.uz/ru/challenge manzilida.
Katalog: upload -> medialibrary -> 74e
medialibrary -> “ Тошкент рангли метал парчалари ва резги-чиќитларини тайёрлаш ва ќайта ишлаш заводи” оаж 2009 йил январ-март ойларида бажарилган ишлар якунлари бўйича
medialibrary -> 2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
medialibrary -> Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida
medialibrary -> Ziyonet portali faoliyati oav diqqat markazida
medialibrary -> 2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
medialibrary -> Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 016 yilning oyidagi faoliyati sarhisobi
medialibrary -> Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Download 15.24 Kb.




Download 15.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



An’anaviy Open Data Challenge 2016 tanlovi e’lon qilindi

Download 15.24 Kb.