• 5510100 – Davolash ishi yo’nalishi I kurs talabalari uchun “O’zbek tili” fani bo’yicha 2019-2020 o’quv yiliga tayyorlangan ishchi o’quv dasturiga
  • Andijon davlat tibbiyot instituti 5510100 Davolash ishi yo’nalishi




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/62
    Sana20.12.2022
    Hajmi1.38 Mb.
    #36157
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    davolash-ishi-dasturi



     
     


     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Andijon davlat tibbiyot instituti 
    5510100 – Davolash ishi yo’nalishi 
    I kurs talabalari uchun “O’zbek tili” fani bo’yicha 
     2019-2020 o’quv yiliga tayyorlangan 
     ishchi o’quv dasturiga 
    T A Q R I Z 
     
    Respublikamizda ta'limni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mazmun jihatidan yangi o‘quv dasturlari va darsliklar 
    yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili maqomiga ega bolgan ozbek tilini oqitishni ham bugungi 
    davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish ana shunday muhim vazifasidir. 
    Mustaqil davlatimizda ozbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, lotin 
    yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda 
    toliq davlat tiliga otilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat'iy nazar, ozbek tilini 
    puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta'limning barcha, bosqichlarda, 
    jumladan, oily о’quv yurtlarining о’qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham о’zbek
    tilini о’rganish yо’lga qо’yildi. Shunga kо’ra, universitet va institutlarda о’zbek tilini davlat tili 
    sifatida о’rganishga qaratilgan konsepsiya yaratildi. 
    O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida», «Davlat tili haqida»gi qonunlari 
    hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da rеspublikadagi oliy ta'lim muassasalarida o’zbеk 
    tilini ikkinchi til (davlat tili) sifatida o’qitishni yanada takomillashtirish ko’zda tutilgan. 
    Ushbu konsеpsiya ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim 
    muassasalarida davlat tilini o’rgatish uchun mе'yoriy hujjat sanaladi.Bo’lajak mutaxassisning 
    kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o’z kasbi doirasida qo’llaniladigan soha atamalarini, 
    davlat tilida ish yuritish malakasini, nutq madaniyati asoslari hamda notiqlik mе'yorlarini ham 
    bilishni taqozo etmoqda. 
    Konsepsiyani yaratishda oliy ta'lim bakalavriat bosqichining ta'lim rus va boshqa 
    mahalliy tillarda olib boriladigan guruhlari talabalariga davlat tilini о’qitishning zamonaviy 
    texnologiyasi inobatga olindi hamda talabalarning akademik litsey va kollejlarda о’zbek tilidan 
    egallashlari shart bо’lgan bilimlar kо’lami va darajasiga asoslanildi. 
    “O’zbek tili” fanidan oliy ta’limning namunaviy dasturi O’zbekiston Respublikasining 
    “Davlat tili” to’g’risidagi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga” muvofiq o’rta 
    maktab hajmidagi bilimlariga ega bo’lgan tibbiyot institutlarning rusiyzabon guruhlari 
    talabalariga “O’zbek tili” fanini tibbiyot ilmiga yo’naltirilgan holda o’qitishga mo’ljallangan. 
    “O’zbek tili” fani bo’yicha tayyorlangan mazkur ishchi o’quv dasturi tibbiy oliy o’quv 
    yurtlaridagi talabalar uchun o’quv va mustaqil ishlarni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb 
    etadi. ”O’zbek tili” fanining o’quv jarayoniga tatbiq etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi, 
    zero bo’lg’usi pedagog-shifokorning pedagoglik faoliyatiga to’g’ri, ijodiy yondoshishi, o’z ona 
    tili mukammal bilishi o’z navbatida talimda sifat va samaradorlikni ta’minlaydi.
    “ O’zbek tili” fani bo’yicha tayyorlangan mazkur ishchi o’quv dasturi 2018-2019 o’quv 
    yilida foydalanish uchun tegishli talablar asosida tuzilganligi sababli amaliyotda qo’llash 
    mumkin.

    Download 1.38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat tibbiyot instituti 5510100 Davolash ishi yo’nalishi

    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish