-mavzu. AVTOMOBILNING TURGUNLIGI




Download 10.21 Mb.
bet10/78
Sana24.03.2017
Hajmi10.21 Mb.
#1552
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78

Xk reaktsiyasi g’ildirakning gildirashiga qarshilik kuchi bo’lib, R, bilan belgilanadi.


fk=zk a/rk (13)
Rfk kuchning zk ga yoki a ning rk ga nisbati aylanma- ilgarilama harakatga (gildirashiga) qarshilik koeffitsienti f deb ataladi va u quyidagicha xisoblanadi:

f= ‘fk/zk yoki f= a/zk


G’ildirashga qarshilik kuchi hamma g’ildiraklarda teng desak, u umumiy xolda avtomobilg’ uchun quyidagicha yoziladi:
Rf= z f yoki Rf= Ga f cos α (14)
G’ildirashga qarshilik koeffitsnenti yo’lning xolati, shinaning konstro’qtsiyasi (kord qatlami, kord iplarining sonn va x. k.), shinaning texnikaviy xolati, avtomobilning tezligi, shinadagi bosim va avtomobilg’ G’ildiragining yonaki sirpanishiga bog’liqdir.

G’ildirashga qarshilik koeffitsientining qiymatini 50—60 km/soat tezlikkacha o’zgarmas desa bo’ladi. Tezlikning oshishi natijasida shinaning kontakt yuzasidagi ezilgan qismi uz xoliga kaytishga ulgurmaydi, shinadagi ichki ishqalanish ning qiymati va f ning qiymati oshadi. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi:

f=f0 (1+ va2/20000) (15)
f0—avtomobilg’ kichik (50 ... 60 km/soat) tezlikda harakatlangandagi G’ildirashga qarshilik koeffitsienti.

SHinadagi bosimiing kamayishi f koeffitsientining ortishiga sabab bo’ladi. G’ildirak orqali tortuvchi moment uzatilganda shina tangentsial yo’nalishda defformaniyalanganligi uchun f bir oz oshadi. G’ildirak ogganda yoki yonaki sirpanib G’ildiraganda shinaning kundalang deformatsiyalanishi sababli f ning qiymati kattalashadi.

G’ildirakning orish burchagi bilan f koeffitsienti to’g’ri proportsional bog’langan.

G’ildirashga qarshilik koeffitsientini tajriba yo’li bilan aniqlash uchun tortuvchi avtomobilg’ dinamometrik aravani dinamometr orqali shatakka oladi. Tajribada avtomobilg’ tezligi 10—12 km/soat bo’lganligi uchun Xavo qarshiligi xisobga olinmaydi. Dinamometr ko’rsatgan kuch: Rf=G f. Bu tenglikdan f ni aniqlash mumkin.

G’ildirashga qarshilik koeffitsentini avtomobil inertsiya bilan harakatlanayotgan davrda ham aniqlash mumkin, chunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanganda uning kinetik energiyasi faqat G’ildirashga qarshilikni yengishga sarflanadi. Mahlum intervaldagi tezlikda avtomobilning o’zgar yo’li yoki vaqti T mahlum bo’lsa, yo’lning jami qarshilik koeffitsenti ψ=va/34T bo’ladi.

Avtomobil tepalikka yurganda ψ1=f+I, pastlikka yurganda esa ψ2=f-i bo’ladi. Bu yerda i – yo’lning qiyaligi.

Demak, f=0,5 (ψ1+ ψ2).

Avtomobilning G’ildirashga qarshiligini yengish uchun sarflangan quvvati quyidagiga teng:

Nf=‘f va/270 = Ga f cos va/270 o k (16)



Download 10.21 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Download 10.21 Mb.