• Avtomobillarning balandlikka chi q ishga qarshilik kuchi va yo’lning jami qarshilik kuchi.
  • Avtomobilga xavoning qarshilik kuchi.
  • Avtomobilning tezlanishga qarshilik kuchi (inertsiya kuchi).
  • Xk reaktsiyasi g’ildirakning gildirashiga qarshilik kuchi bo’lib, R, bilan belgilanadi




    Download 0.97 Mb.
    bet4/12
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    Xk reaktsiyasi g’ildirakning gildirashiga qarshilik kuchi bo’lib, R, bilan belgilanadi.


    fk=zk a/rk (13)
    Rfk kuchning zk ga yoki a ning rk ga nisbati aylanma- ilgarilama harakatga (gildirashiga) qarshilik koeffitsienti f deb ataladi va u quyidagicha xisoblanadi:

    f= ‘fk/zk yoki f= a/zk


    G’ildirashga qarshilik kuchi hamma g’ildiraklarda teng desak, u umumiy xolda avtomobilg’ uchun quyidagicha yoziladi:
    Rf= z f yoki Rf= Ga f cos α (14)
    G’ildirashga qarshilik koeffitsnenti yo’lning xolati, shinaning konstro’qtsiyasi (kord qatlami, kord iplarining sonn va x. k.), shinaning texnikaviy xolati, avtomobilning tezligi, shinadagi bosim va avtomobilg’ G’ildiragining yonaki sirpanishiga bog’liqdir.

    G’ildirashga qarshilik koeffitsientining qiymatini 50—60 km/soat tezlikkacha o’zgarmas desa bo’ladi. Tezlikning oshishi natijasida shinaning kontakt yuzasidagi ezilgan qismi uz xoliga kaytishga ulgurmaydi, shinadagi ichki ishqalanish ning qiymati va f ning qiymati oshadi. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi:

    f=f0 (1 va2/20000) (15)
    f0—avtomobilg’ kichik (50 ... 60 km/soat) tezlikda harakatlangandagi G’ildirashga qarshilik koeffitsienti.

    SHinadagi bosimiing kamayishi f koeffitsientining ortishiga sabab bo’ladi. G’ildirak orqali tortuvchi moment uzatilganda shina tangentsial yo’nalishda defformaniyalanganligi uchun f bir oz oshadi. G’ildirak ogganda yoki yonaki sirpanib G’ildiraganda shinaning kundalang deformatsiyalanishi sababli f ning qiymati kattalashadi.

    G’ildirakning orish burchagi bilan f koeffitsienti to’g’ri proportsional bog’langan.

    G’ildirashga qarshilik koeffitsientini tajriba yo’li bilan aniqlash uchun tortuvchi avtomobilg’ dinamometrik aravani dinamometr orqali shatakka oladi. Tajribada avtomobilg’ tezligi 10—12 km/soat bo’lganligi uchun Xavo qarshiligi xisobga olinmaydi. Dinamometr ko’rsatgan kuch: Rf=G f. Bu tenglikdan f ni aniqlash mumkin.

    G’ildirashga qarshilik koeffitsentini avtomobil inertsiya bilan harakatlanayotgan davrda ham aniqlash mumkin, chunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanganda uning kinetik energiyasi faqat G’ildirashga qarshilikni yengishga sarflanadi. Mahlum intervaldagi tezlikda avtomobilning o’zgar yo’li yoki vaqti T mahlum bo’lsa, yo’lning jami qarshilik koeffitsenti ψ=va/34T bo’ladi.

    Avtomobil tepalikka yurganda ψ1=f I, pastlikka yurganda esa ψ2=f-i bo’ladi. Bu yerda i – yo’lning qiyaligi.

    Demak, f=0,5 (ψ1 ψ2).

    Avtomobilning G’ildirashga qarshiligini yengish uchun sarflangan quvvati quyidagiga teng:

    Nf=‘f va/270 = Ga f cos va/270 o k (16)

    Avtomobillarning balandlikka chiqishga qarshilik kuchi va yo’lning jami qarshilik kuchi.

    Avtomobilg’ yo’llari asosan balandlik va pastliklardan iborat bo’lib, yo’lning qiyaligi quyidagicha ifodalanadi.

    i= tga

    a - yo’lning gorizontal tekislik bilan xosil qilgan burchagi.



    Balandlikka chiquvchi avtomobilning og’irligi Ga ikki tashkil etuvchidan ( 1-rasm) yahni yo’lga parallel Ga Sin a va perpendikulyar Ga cos a kuchlaridan iborat. Avtomobilning balandlikka chiqishga qarshilik kuchi Ri quyidagicha aniqlanadi:

    Ri = Ga sin a (17)

    Avtomobilg’ balandlikka chiqayotganida Ri kuch avtomobilg’ harakteriga qarshilik ko’rsatuvchi, pastlikkaga tushayotganda esa uni ilgariga itaruvchi kuch bo’ladi. Demak, qiyalik i avtomobil balandlikka harakatlanayotganda musbat, pastlikkaga harakatlaniyotganda manfiy deb qabul qilinadi.

    G’ildiragining gorizontal yo’lda va balandlikka chiqishdagi G’ildirashga qarshiligi birgalikda yo’lning xolati tipi va qiyaligini ifodalaydi. Bu qarshilik kuchlari yig’indisi yo’lning jami qarshilik kuchi Rψ ni tashkil etadi:

    ψ=‘fi Ga f cos a Ga sin a = Ga ( f cos a sin a)
    Agar yo’lning umumiy qarshilik koeffitsenti ψ=f cos a sin a deb qabul qilinsa, Rψ quyidagiga teng bo’ladi:

    Rψ=Ga ψ (18)

    Avtomobilning qiyalikka chiqishdagi qarshilik kuchini yengishga sarflangan quvvat Ni va jami qarshilikni yengishga sarflanadigan quvvat Nψ quyidagicha topiladi:
    Ni=‘i va/270=Ga va sin a/270; Nψ= Rψ va/270= Ga ψ va/270 o k (19)


    Avtomobilga xavoning qarshilik kuchi.

    Avtomobilning harakatiga xavo ham qarshilik qiladi, uni yengish uchun dvigateli quvvatining bir qismi sarf bo’ladi. Agar shamol avtomobil harakatini yo’nalishiga qarshi yo’nalgan bo’lsa, xavo qarshiligi yana ham kattalashadi.

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

    Xavoning avtomobilga qarshiligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi.

    1) harakat davrida avtomobilning orqa va old qismida xavo bosimining har xilligi natijasida peshtokda xosil bo’ladigan qarshilik umumiy qarshilikning 55-60%ini tashkil etadi;

    2) avtomobilning qanoti, zinapoyasi, nomeri va boshqalarning qarshiligi (12-18% ni tashkil etadi);

    3) xavoning radiator orqali kapot tagidan o’tib ko’rsatadigan qarshiligi (10-15% ni tashkil etadi);

    4) avtomobil kuzovining xavoga ishqalanish qarshiligi (8-10% ni tashkil etadi);

    5) avtomobilning yuqori va pastki qismidagi bosimning har-xilligi tufayli sodir bo’ladigan qarshilik (5-8% ni tashkil etadi).

    xavoning qarshilik kuchi avtomobilning har xil nuqtalariga tushganligi sababli uni aniq xisoblash qiyin. Tahsir etuvchi elementar qarshilik kuchlarining teng tahsir etuvchisi avtomobilga xavoning qarshilik kuchi Rω deb ataladi. Rω kuch qo’yilgan nuqtani yelkanlik markazi deyiladi. Bu nuqta yo’l tekisligidan hω balandlikda bo’ladi.

    Avtomobilga xavoning qarshilik kuchi quyidagi empirik formuladan topiladi:

    ω=K F va2/13 (20)

    Bu yerda

    K-xavo qarshiligini yengish koeffitsenti;

    F-avtomobilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi.

    Demak, xavoning tezligi va uning qarshilik kuchiga katta tahsir ko’rsatadi. Agar, avtomobilga xavoning qarshilik kuchi va<30-40 km/soat bo’lsa, formulada va birinchi darajada olinadi, 150-180> va > 30-40 km/soat bo’lsa, va2 va va>180 km/soat bo’lsa, va3 bo’ladi.

    Xavo qarshiligini yengish koeffitsenti K 1m/s tezlik bilan harakatlanganligi avtomobilning 1m2 yuzasiga xavoning qarshilik kuchi bilan aniqlandi.

    9-rasm. Avtomobillarning old yuzasidan qaralgandagi maydoni.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.


    Avtomobilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi F deb, avtomobilning bo’ylama o’qiga perpendikulyar tekislikda tushirilgan proektsiyasiga aytiladi. Bu yuzani aniqlash murakkab bo’lganidan uning qiymati yuk mashinalari va avtobuslar uchun quyidagicha xisoblanadi (9-rasm):
    F= BH g, m2;

    Engil avtomobillar uchun esa



    F = 0,78 Vch Ng, m2;

    Bu yerda


    Ng - avtomobilning balandligi;

    V - ikki g’ildiraklar orasidagi masofa;

    Vg avtomobilning eni.

    W = K F ifoda xavo qarshiligini yengish faktori deyiladi.

    Xavo qarshilishigini yengish koeffitsenti K vigbeg metodi (avtomobilning yetakchi G’ildiragiga kuch tahsir etmagandagi, yahni uzatmalar qutisi neytral xolda bo’lgandagi harakati) yoki aerodinamik trubada avtomobil yoxud uning modelini puflash (10-rasm, a) bilan aniqlanadi.

    10-rasm. Avtomobilning aerodinamikasini sinash.

    a-aerodinamik truba sxemasi, b-avtomobil modellarining aerodinamik trubada joylashishi.

    Aerodinamik trubada tajriba o’tkazish uchun uning ichida avtomobil yoki uning modeli 4 osib qo’yiladi. Trubaning ichiga o’rnatilgan vintilyator 3 xavoni yo’naltiruvchi panjara 6 orqali xaydab, osib qo’yilgan modelga to’g’rilaydi. Xavo oqimi modelni Rω kuch bilan o’rnidan qo’zg’atishga harakat qiladi. Torozi 5 kuch Rω ni, anemometr7 esa xavoning tezligi va ni aniqlaydi. Bu mahlumotlar bo’yicha K ning qiymati topiladi.

    Aerodinamik trubada xaqiqiy kattalikdagi avtomobil puflansa, juda katta o’lchamli truba, ventilyator va dvigatel kerak bo’ladi. SHuning uchun aerodinamik trubada avtomobilning 1/5….1/10 qismi kattaligidagi model puflanadi.

    Aerodinamik trubada avtomobil modeliga xavo oqimi har tomondan, yo’l sharoitida esa avtomobilning asosan ustki va yon tomonlaridan tahsir etadi. shu sababli trubada bitta avtomobilni puflaganda aniqlangan K ning qiymati xaqiqiy koeffitsentdan kichik bo’ladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun tajriba simmetrik joylashtirilgan ikkita model yordamida o’tkaziladi. (10-rasm, b).

    Xavo qarshiligini yengish uchun avtomobil sarflagan quvvat quyidagicha aniqlanadi:

    Nω= ‘ω va/270= K F va3/3500, o k (21)


    Avtomobilning tezlanishga qarshilik kuchi

    (inertsiya kuchi).

    Avtomobilg’ faqat ilgarilanma harakat qiluvchi (kuzov, kabina, yuk) va aylanma harakatlanuvchi ( g’ildiraklar, maxovik, tirsakli val, shesternya, va turli vallar) massalardan iborat bo’lgani uchun, uning o’zgaruvchan harakatida paydo bo’lgan inertsiya kuchi Ria quyidagicha topiladi.:


    ja = ‘jp jB (22)
    jp - ilgarilanma harakat qiluvchi massalarning inertsiya kuchi, N;

    jb - aylanma harakat qiluvchi massalarning inertsiya kuchi, N.

    Ilgarilanma harakat qiluvchi massaning inertsiya kuchi
    jp = m * ja
    avtomobilg’ uchun m = Ga / q yahni Rjp = Ga/q * ja , H;
    bu yerda g - jismning erkin tushishi tezlanishi

    q = 9, 81 m/s2

    m - avtomobilning massasi

    ja = avtomobilning chiziqli tezlanishi.


    Aylanma harakat qiluvchi massalarning inertsiyasi:
    jv=ja/rk2 (Id ηt i2tr Ik)

    Bu tenglamaning qiymatlarini o’rniga qo’ysak:


    ja=‘jpjv=Ga/g ja Id ηt ja/ra2 i02 ikp2 Ik ja/ra2=
    =Ga/g ja [1 Id ηt g i02 ikp2/Ga r2 Ik g/Ga ra2] (23)

    agar


    bvr=1 Id ηt j i02 ikp2/Ga r2 Ik g/Ga ra2 (24)

    deb olinsa ‘ja=Ga/g ja bvr (25) bo’ladi.


    bu yerda : Id - dvigatelning inertsiya momenti

    Ik - g’ildirakning inertsiya momenti

    d vr - aylanib harakat qiluvchi massalar inertsiya kuchini xisobga oluvchi koeffitsent.

    Koeffitsent dvr avtomobilg’ tezlanish yoki sekinlashish bilan harakat qilayotganda sarflangan energiyani uning hamma qismlari faqat ilgarilama harakat qiladi deb faraz qilingandagi energiyadan qancha katta (yoki kichik) ekanligini bildiradi. Avtomobilg’ tezlanish bilan harakatlanayotgan bo’lsa, uning yetakchi G’ildiragiga uzatilgan kuch tekis harakat qilganda sarflangan kuchdan katta bo’lishi kerak. CHunki ortiqcha sarflangan kuch aylanma harakatlanuvchi va boshqa masalalarning inertsiyasini yengishga sarflanadi. Agar:

    σ1 = Id ηt g i02/Ga r2

    va

    σ2 = Id g /Ga r2


    Deb belgilasak, formula quyidagicha yoziladi bvr=1 σ1 i2kp σ2

    Amalda qo’llash uchun koeffitsentlar qiymatlarining hamma avtomobillar uchun o’rtacha qiymatlari (0,02 ...0,05) deb aniqlangan.





    Download 0.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xk reaktsiyasi g’ildirakning gildirashiga qarshilik kuchi bo’lib, R, bilan belgilanadi

    Download 0.97 Mb.