Andijon mashinasozlik instituti ib va kt fakulteti 2-bosqcih 89-21 guruh talabasi kenjayeva ma’muraxoning ma’lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari fanidan yozgan mustaqil ishi




Download 494.32 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi494.32 Kb.
#33901
Bog'liq
3 MAVZU
21.Bozor Do\'kon uzb (1), ALL IN ONE NOUT, Mavzu Maktabgacha Ta`lim Tashkilotida pedagogik jarayonni tashk-fayllar.org, Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti, 7-sinf 4 chorak

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI IB VA KT FAKULTETI 2-BOSQCIH 89-21 GURUH TALABASI KENJAYEVA MA’MURAXONING MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI FANIDAN YOZGAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU: MS Accessda jadvallar.
MS Access MBBT da MB, bog`lanishlar, so`rovlar, formalar, hisobotlar va turli ob`ektlar jismoniy nuqtai nazardan bitta faylda joylashadi. Bu faylni ixtiyoriy kompyuterga ko`chirib o`tkazib, belgilangan ishlarni bajarish mumkin. MS Access MBBT asosan “Fayl-server” arxitekturasi asosida ishlaydi. Loyihasi yaratilgan MBni kiritishga o`tishdan oldin qattiq diskda MB faylini saqlash uchun ixtiyoriy nom (masalan BAZA) bilan fayl yaratiladi. (MS Word, MS Excel va MS PowerPoint larni o`rganishda hujjatlar bilan, ularni saqlamasdan ishlash mumkin, ammo MS Access da bu hol mumkin emas.) Microsoft Access ishga tushiriladi. Asboblar panelida “создать базу данных” tugmasi bosiladi yoki “Файл” menyusida “Создать” buyrug`i tanlanadi. Hosil bo`lgan oynaning o`ng tomonidan joylashgan qismdan “Новая база данных” buyrug`i tanlanadi. “Файл новая базы данных” muloqot oynasi ochiladi, uning “Имя файла” bo`limida yaratilayotgan MBga nom beriladi (masalan db1) va xotirada saqlash uchun papka manzili ko`rsatiladi. Natijada MB oynasiga ega bo`lamiz: MB oynasi MB ochilganda chiqariladi. Undan jadvallar, formalar va MBning boshqa ob`ektlari ochiladi.
MBning oynasi quyidagi elementlarga ega: Sarlavha satri. Ochilgan MB ismini chiqaradi. Tugmalar. “Создать”, “Открыть”, Конструктор” va h. k. Tugmalar ma`lum oynada va rejimda ob`ektni ochadi. Ob`ekt oynalari (ob`ektlarni tanlash yorliqlari). “Таблица”, “Форма” va h-zo. Ob`ektlar tugmalari ochilish yoki o`zgarishi mumkin bo`lgan ob`ektlar ro`yxatini chiqaradi. Ob`ektlar ro`yxati. Foydalanuvchi tanlaydigan ob`ektlar ro`yxatini chiqaradi. MBni kiritishni bevosita boshlashdan oldin MBning ba`zi bir asosiy ob`ektlarning tavsiflariga to`xtaymiz: Таблица (jadval) – bu ma`lumotlarni yozuv (satr) lar va maydon (ustun)lar ko`rinishida saqlovchi ob`ekt. Odatda har bir jadval bitta aniq masala bo`yicha ma`lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Форма (shakl) – asosan ma`lumotlarni chiqarish va kiritish uchun ishlatiladigan interfeys. Formada jadval maydonlaridagi ma`lumotlarni kiritish, tasvirlash va o`zgartirishda ishlatiladigan boshqarish elementlarini joylashtirish mumkin. Запрос (so`rov) – kerakli ma`lumotlarni bitta yoki bir nechta jadvaldan olish imkonini beradi.
Отчеты (hisobotlar) – ma`lumotlarni chop etish uchun mo`ljallangan MS Accessning MB ob`ekti. Ish jadvalni yaratishdan boshlanadi. Jadvalda ma`lum tur, masalan mijozlar yoki tovarlar ro`yxatining ma`lumotlarini saqlovchi yozuv saqlanadi. Jadvalning asosiy qismi maydon bo`ladi. Maydon – bu ma`lum bir turdagi, masalan, xodimlar familiyasiga, ma`lumotlarga ega bo`lgan jadval elementi. Jadval rejimida maydonni ifodalash uchun ustun yoki yacheyka ishlatiladi, bu holda maydon ismi jadval ustuni sarlavhasi bo`ladi. Yozuv – ma`lum ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning to`la to`plami. Jadval rejimida yozuv satr ko`rinishida tasvirlanadi.
Download 494.32 Kb.




Download 494.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti ib va kt fakulteti 2-bosqcih 89-21 guruh talabasi kenjayeva ma’muraxoning ma’lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari fanidan yozgan mustaqil ishi

Download 494.32 Kb.