• Sun’iy moylar
  • Moy almashtirish muddatlari
  • Transmission moylarning turlari




    Download 0.54 Mb.
    bet12/14
    Sana29.03.2017
    Hajmi0.54 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

    Transmission moylarning turlari.


    Transmission moylar 2 xil guruxga bo’linadi:

    1. Fakat avtomobillar uchun ishlatiladigan transmission moy.

    2. Umumiy ishlarga mo’ljallangan transmissin moylar.

    Bundan tashqari, transmission moylar ular ishlatiladigan agregat-lardagi tishli uzatmalarni tuzilishiga qarab bir necha xil guruxga bo’linadi:

    1) Konussimon va ŝilindrik uzatmalarni moylash uchun.

    2) Gippoid ilash faqat konussimon uzatmalarni moylash uchun.

    3) Gidromexanik transmissiyalarga va rul mexanizmini gidrokuchaytirgich sistemalarga qo’shiladigan maxsus moylar.

    Transmission moylar ishlatilish sharoitga qarab quyidagilarga bo’linadi:



    1. Umumiy ishlarga mo’ljallangan moylar.

    Bularga TS xarflari bilan belgilanadi. Masalan, TS-10-OTP moyidagi harf va raqamlar transmission moyning 100 0S dagi qovushqoqligi 10mm2s. èkanini kursatadi.

    OPT-tirnalishga va eyilishga qarshi qo’shilmasi borligini bildiradi.

    TSp-15 K. "P" xarfi transmission moy tarkibida qo’shilma borligini, K xarfi KaMAZ avtomobillarining transmissiyalarining ko’p nagruzka tushadigan agregatlari uchun ishlab chiqarilganini bildiradi.

    TS3-9 "Z" xarfi - moy tarkibida uni quyuqlashtiruvchi qo’shilma borligini bildiradi.

    2. Avtomobillar uchun transmission moylar.

    Bu moylar markasi TA xarfi bilan boshlanadi.



    TAD-17I. "D" xarfi moy tarkibida faqat qoldiq moy èmas, distillyat (mazutni haydab olinadi) moyi ham borligini bildiradi. "I" harfi - moyga eyilishga qarshilik ko’rsatish va ko’pirishga qarshi xossalarini ta’minlovchi kompleks qo’shilmalar borligini bildiradi.

    TAP-15V. "P" xarfi - moy tarkibida qo’shilmalar borligini bildiradi. "V" harfi - oldin ishlab chiqilgan TAP-15 moyiga qaraganda tarkibi yaxshiroq èkanligini bildiradi.

    AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlarida traktor transmission moylarining klassifikatsiyasi ikki tizimiga bo’linadi:

    1.

    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Qovushqoqlik - harorat ko’rsatgichlari bo’yicha SAE J306S (Amerika avtomobil muxandislar jamiyati) klassifikatsiyasi;

    2. Ekspluatatsiya xususiyatlari bo’yicha API(Amerika neft instituti) klassifikatsiyasi.

    Bu klassifikatsiyalar bir-birini to’ldiriladi va ularni birga ishlatish - moy turini to’g’ri tanlashga yordam beradi.

    Qishki transmission moylar: SAE-70W,75W,80W,85W.

    Yozgi moylar: SAE-70, 75, 80, 85 kiradi.

    Hamma iqlim sharoitlarida ishlatish mumkin bo’lgan moylar: SAE 75W-90, 80W-90, 85W-140 moylar kiradi.

    Transmissiya agregatli turiga va ularni ishlatish sharoitlariga qarab API klassifikatsiyasi bo’yicha transmission moylar olti guruxga bo’linadi:

    1. L-1 guruxi - mexanik uzatmalar qutisidagi spiral-konussimon va chervyakli tishli uzatmalarda nisbatan yumshoq sharoitlarda ishlatiladi,

    2. GL-2 guruxi og’ir sharoitlarda ishlaydigan yuk avtomobillarining asosiy uzatmalarining chervyakli tishli uzatmalarida ishlatildi. Bu moylarga edirilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.

    3. GL-3 guruxi o’rtacha sharoitlarda ishlaydigan avtomobillarning etakchi ko’priklarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.

    4. GL-4 guruxi engil avtomobillardagi uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarda ishlatiladi. Bu moylarning ish shuroitlari og’ir bo’lib, ularga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.

    5. GL-5 guruxi yuk va engil avtomobillarining uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalish va eyilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.

    6. GL-6 guruxi zarbiy yuklanish sharoitlari juda og’ir bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi.

    Ayrim transmission moylarning turlari:

    Castrol SAFq-XI


    Sun’iy moylar


    Transmissiyani emirilishdan juda yaxshi himoyalaydi va shovqinni kamaytiradi. Past haroratlarda oquvchanligi yaxshi va yonilg’i tejamkorligini oshiradi.

    SAE 75W-140, Api GL-5

    To’liq uzatmali avtomobillardagi blokirovkasi bor differentsiallar uchun blokirovkasiz orqa ko’priklar uchun maxsus moy.

    Castrol SMX-B turli mavsumda ishlatish mumkin bo’lgan sun’iy moy.

    Pog’anadan pog’anaga o’tganda qattiq shovqin chiqaradigan transmissiyalar uchun maxsus tayyorlangan. Kam oksidlanadi, juda yaxshi moylash sifatlariga ega.

    SAE 75W-30 Api GL-4

    To’rt Silindrli dvigatellar va to’rt pog’anali uzatmalarda ishlaydigan barcha BMW avtomobillari uchun tavsiya etiladi.

    Moy almashtirish muddatlari


    Transmission moyning avtomobilning turli agregatlaridan ish sharoitlarining muhim shartlarini ta’kidlab o’tishi kerak. Rul boshqarmasi reduktoridagi moy deyarli ishlamaydi, shuning uchun undagi moy avtomobil hayoti davomida almashtirilmaydi. Uzatmalar qutisidagi moy bevosita uzatmadan tashqari xamma uzatmalar o’zining "quvvat yo’naltiruvchanlik" vazifasini bajaradi. Moy bevosita(to’g’ri) uzatmada aralashib turadi xolos, u yuqori harorat ta’siriga duch kelmaydi, edirilish maxsullari bilan ifloslanmaydi. Qutining harorati bu holda baland bo’lmaydi, chunki unda ishqalanish tufayli isroflar bo’lmaydi. Bosh uzatmada moy doimo ishlab turadi, bunda shesternyalar ko’p sirpanadi. shuning uchun avtomobil shahardan tashqaridagi tekis asfalt yo’lda harakatlanganda uzatmalar qutisidagi moyni almashtirish muddati, ketingi ko’prikdagi moyga nisbatan ikki marta uzayadi (ya’ni, 40-60 ming km yurgandan keyin almashtirish mumkin).

    TAD-17I ning o’rniga boshqa moy qo’yilganda moy almashtirish muddati 13...14 marta qisqaradi.

    Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ÈSPERO, MERSEDES-BENTS va boshqa turdagi avtomobillarning rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II moyi quyiladi.

    8-MAVZU: AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGAN PLASTIK SURKOV MOYLARI
    O’quv rejasi:

    1. Umumiy ma'lumotlar

    2. Surkov moylarining asosiy xossalari

    3. Surkov moylarining normalanadigan sifat ko`rsatkichlari

    4. Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi

    5. Plastik surkov moylarining vazifasiga ko`ra ishlatilishi
    Umumiy ma’lumotlar.

    Plastik surkov moylari tarkibiga moy(asos), quyultirgich(sovun), qattiq uglevodorodlar, bir jipsliligini saqlash maqsadida qo’shilgan stabi-lizator, ba’zan to’ldirgich(masalan, grafit) kiruvchi murakkab birikmalar-dir. Ish sharoitga qarab qattiq yoki suyuq moddalar xossalariga èga bo’lishi, plastik moylarning o’ziga xos xususiyatidir. Ular uzluksiz moy berib turish imkoni bo’lmagan ishqalanish uzellarida, shuningdek katta solishtirma yuk(nagruzka) tushadigan hamda kichik tezliklarda ishlaydigan, germetiklash qiyin bo’lgan uzellarda ishlatiladi. Bu moylar sirtlarning ishqalanishi va eyilishini kamaytiradi, shuningdek, ularni korroziyalashdan saqlaydi.

    Plastik moylar och sariq rangdan to’q jigar ranggacha bo’lgan, ba’zan qora rangli (grafitli) yoki ko’k rangli (№158) mazsimon maxsulotdir. Ular bir jinsli bo’lishi, tarkibida èrimay qolgan qismlar, abraziv aralashmalar va suv bo’lmasligi, yaxshi barqarorlikka èga bo’lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim.
    Surkov moylarining asosiy xosslari.

    1. Etarli mustaxkamlik xossasi.

    Harakatlanuvchi qismlardan sachrab ketmasligi uchun, ishqalanuvchi qismlar orasidan chiqib oqib ketmasligi uchun, etarli mustaxkamlikka èga bo’lishi kerak.

    Mustaxkamligi juda yuqori bo’lishi ham yomon, chunki ishqalanuvchi juftlar orasiga moy etib bormaydi, natijada qismlar ediriladi. Masalan, èshiklar, qulflar tez ediriladi. Mustaxkamlik chegarasi kichik bo’lsa, surkov moy shuncha yumshoq bo’ladi.

    2. Qovushqoqlik xossasi.

    Surkov moylarining qovushqoqligi deformatsiya tezligiga bog’liq bo’lib, deformatsiya tezligi ortishi bilan qovushqoqlik kamayadi.



    3. Issiqbardoshlik va sovuqbardoshlik xossalari.

    Harorat ko’tarila boshlashi bilan surkov moylari suyuqlana boradi, natijada moy - moy va quyultiruvchiga parchalana boshlaydi. Ba’zi moylar qizib soviganda - kimyoviy o’zgarish: oksidlanish va bug’lanish tufayli termomustaxkamlik(mustaxkamlik chegarasi juda oshib ketishi) natijasida moylash xususiyatini yo’qotadi.

    Sovuqbardoshlik - past haroratda qotib qolmaslik xususiyatidir.

    4. Mexanik stabillik - surkov moyining deformatsiyadan keyin o’z xossalarini saqlash xususiyatidir. Intensiv deformatsiyadan keyin moyning xossalari o’zgaradi. Mustaxkamlik chegarasi pasayadi yoki oshadi.

    5. Suvga chidamlilik xossasi - o’ziga suv yuqtirmaydi, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi.

    6. Tirnalish va edirilishga qarshi xossalari.

    Edirilishdan saqlash xossalariga - dispersion muhit ta’sir ko’rsatadi.

    Tirnalishdan saqlash xossasi - moyning tarkibida qo’shilmalar borligiga bog’liq. Surkov moylariga ishlatilish xossalari asosan moyning nomida beriladigan quyultiruvchining turiga qarab aniqlanadi. Ishqalanuvchi qismlarga surtish uchun mo’ljallangan moylarning ko’pi sovun bilan quyultiriladi. Sovunlar turli yuqori molekulali yog’li kislotalarning tuzlaridan iborat. Asosan, kaltsiyli, litiyli, natriyli, bariyli va alyuminiyli sovunlar ishlatiladi. Quyultirilgich sifatida sovundan tashqari uglevodorodlardan foydalaniladi.

    Surkov moylari vazifasiga (ishlatish sharoitga) qarab uchga bo’linadi:

    1. Antifriktsion surkov moylari - ishqalanishni kamaytirish va edirilishni olidini olish uchun ishlatiladi.

    2. Konservatsion surkov moylari - metallarni korroziyadan saqlash uchun(himoya moylari) mashina va mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.

    3. Germetiklash uchun ishlatiladigan - zichlov surkov moylari.



    Antifriktsion moylarga:

    1. Kaltsiy surkov moylari (Ka) - quyultirgich - sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki 2 ta xarfi bilan belgilanadi.

    Bularga asosan, solidollar kiradi. Bu moylar arzon va ishlatish taCHiflari qoniqarli bo’lgani uchun mamlakatimizda keng tarqalgan. Solidoldan ishqalanuvchi qismlarni moylashda ham, himoya moyi sifatida ham foydalanish mumkin. Solidollar sun’iy va yog’li bo’lishi mumkin. Yog’li solidollar uzoq saqlaganda qotib qolmasligi uchun ko’proq ishlatiladi. Sun’iy va yog’li solidollarni tashqi ko’rinishiga qarab ajratish qiyin. Ular och jigar rangdan to’q jigar ranggacha bo’ladi. Ularning èkspluatatsion xossalari taxminan bir xil bo’lib, bir-birini o’rnida ishlatilishi mumkin.

    Solidollar 2 xil ko’rinishda ishlab chiqariladi: oddiy solidol va press solidollar. Presssolidollar yumshoqroq bo’lib, past haroratda moydonga(moy solinadigan idishga) to’ldirish oson bo’ladi. Solidollar 80 0S gacha qiziganda, parchalanib ketadi va tiklanmaydi. Bunday solidollar g’ildirak gupchagida, suv nasosining podshipnigida, o’t oldirish taqsimlagichda ishlatishi mumkin èmas. Solidollarning suvga chidamliligi va kolloid barqarorligi yaxshi.

    2. Natriy va natriy - kaltsiyli moylarga: Uniol-1, 1-13, YANZ-2, Uniol-3, Uniol-3M moylari kiradi. Bu moylar solidolllarga nisbatan termik quyuqlashadigan xossaga èga.

    Bu moylar suyuqlanish harorati ancha yuqori bo’lganligi uchun keng tarqalgan bo’ladi. Biroq ularning qo’llanish sohasi cheklangan, chunki ular suv ta’siriga chidamsiz - suvda èriydi, suv bilan yuvilib ketadi.

    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.

    3. Litiyli surkov moylarini ishlatilish sifati yaxshi bo’lganligi tufayli dunyo miqyosida yildan yilga keng qo’llanilmoqda. Ular orasida Litol-24 birinchi o’rinda turadi. U yagona universal moy bo’lib, avtomobillarning asosiy ishqalanuvchi qismlariga surtiladigan barcha turdagi moylarning o’rnini bosishi mumkin.

    Fiol-3- yumshoq yashil moy bo’lib, Litol-24 bilan deyarli bir xil, uni Litol-24 ga aralashtirib surtish mumkin.

    Ŝiatim-201 - yumshoq, sariq yoki och jigar rangdan moy bo’lib, past haroratda ishlatiladigan yagona, asosiy moy hisoblanadi. Solishtirma yuklanish kam tushadigan va siljish zo’riqishi kichik bo’lgan(masalan spidometrning èlastik valida) barcha tipdagi uzellarda ishlatiladi.

    158-nomerli moy- yumshoq, silliq, ko’k rangda, u avtotraktor vositalarning uzoq muddat ishlaydigan podshipniklariga surtiladi.

    4. Bariyli moylar - haroratda tavsiflari bo’yicha ham, suvga chidamliligi bo’yicha ham litiyli moylardan keyin turadi.

    SHRB-4-bariyli surkov moyi bo’lib, u sariq, yopishqoq moy, korroziyadan yaxshi himoya qiladi. Suv tushganda ham o’zining ishlash xususiyatini yuqori darajada saqlaydi. Shu xossalari tufali bu surkov moyi avtomobilning zoldirli sharnirlari uchun èng yaxshi moy hisoblanadi. Uni 100000 km yurguncha almashtirmasa ham bo’ladi.

    SHRUS-4 - sariq yoki jigar rang moy bo’lib, avtomobillarning bir xil burchak tezliklarida ishlaydigan sharnirlarga surtish uchun ishlatiladi.

    Alyuminiy kompleks moylar - chet èllarda ham ishlatiladigan surkov moylarini progressiv turi hisoblanadi. Ularning narxi solidolnikidan qimmat èmas, shu bilan birga bu tipdagi moylar yuqori mexanik, termik va fizik-ximik turg’unlikka èga, suvga chidamliligi yuqori.

    Uglevodli surkov moylari - juda yuqori suvga chidamlilikka va konser-vatsion xossaga èga, shuning uchun konservatsion moy sifatida ishlatiladi. Avtomobillarning metall sirtlarini atmosfera ta’sirida korroziyalashdan saqlash uchun himoyalovchi plastik surkov moylari va suyuq konservatsion moy-lar ishlatiladi. Konservatsion material sifatida PVK moyi keng ishlati-ladi. Unga korroziyaga qarshi prisadkalar qo’shilib himoyalash xossalari yaxshilanadi. Bu moylar oldindan yuvib, quritilgan sirtlarga botirish yoki to’zitish yo’li bilan surtiladi. Texnika ochiq holda saqlanganda surtilgan moylarning himoyalash muddati 12 oy. Bu moylardan dvigatellar, transmis-siya agregatlarini uzoq muddatga mo’ljallab, konservatsiyalashdagina èmas, balki ishlayotganda, turli muddatlarga to’xtatib qo’yishda korroziya ta’sirida emirilishining olidini olishda xam foydalanish maqsadga muvofikdir.

    VTV-1- texnik vazelin bo’lib, VAZ avtomobillarining akkumulyator klemmalariga surtish uchun ishlatiladi, Q 450C da èriydi. Sovuqqa chidamli, suvda èrimaydi.


    9-MAVZU: YURGAZIB YUBORISH SUYUQLIKLARI

    O’quv rejasi:

    1. Vazifasi va turlari

    7. Qo`rg`oshinli akkumulyatorlar batarеyasi uchun elеktrolit

    8. Yordamchi matеriallar, yuvish vositalari




    Download 0.54 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transmission moylarning turlari

    Download 0.54 Mb.