Artel Electronics Group kompaniyasining yillik daromadi 450 million aqsh dollaridan oshadi




Download 15.81 Kb.
Sana24.12.2023
Hajmi15.81 Kb.
#127881
Bog'liq
Shirkat Toshkent shahrida joylashgan Artel Electronics MChJ bosh kompaniyasi qoshidagi 13 ta kompaniyadan iborat oʻzbek maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi
Forage Referencing Policy V5, fazalar qoidasi, 15

Shirkat Toshkent shahrida joylashgan Artel Electronics MChJ bosh kompaniyasi qoshidagi 13 ta kompaniyadan iborat oʻzbek maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi[2].
Kompaniya maishiy texnika, butlovchi qismlar, maishiy elektronika ishlab chiqarish va sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Oʻzining Artel brendi ostida mahsulotlarni taklif etadi. Shivaki, Avalon, Vesta va Royal kompaniyalari hamkori, shuningdek Samsung va Viessmann kompaniyalarining Oʻzbekistondagi rasmiy mintaqaviy hamkori hisoblanadi[3].
Artel Electronics Group kompaniyasining yillik daromadi 450 million AQSH dollaridan oshadi.
2011-yilda Oʻzeltexsanoat kompaniyasi hamda Italiyaning „Gloria“, Janubiy Koreyaning „Samsung“, Xitoyning „Midea“, Turkiyaning „Odul“ shirkatlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan[5][6].
Toshkent shahrida joylashgan „Eko elektron“ va „Martensit Investment“ korxonalari gaz plitalari ishlab chiqaradi[7][8]. „Dream Production“ qoʻshma korxonasi Artel va Samsung konditsionerlarini ishlab chiqaradi. „Sky Wind System“ suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqaradi. Shuningdek, „White Machine Techonology“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya korxonasi va „Sky Wind Systems“ qoʻshma korxonasida changyutgichlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Techno Future“ kompaniyasi boyler va quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqaradi[9]. 2015-yilning birinchi choragidan 2015-yilning uchinchi choragigacha 92 ming dona muzlatgich, 123 ming dona LED televizor, 170 ming donadan ortiq mobil telefon ishlab chiqarildi. 2015-yilda Zomin shahrida (Jizzax viloyati) shaxsiy kompyuterlar uchun LCD displeyli monitorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Zavodning rejalashtirilgan quvvati yiliga 200 mingta LCD monitorni tashkil etadi[10][11].
Toshkentda Artel brendi ostida gaz plitalari ishlab chiqaradigan birinchi zavod ochildi. Artel xuddi shu yili changyutgichlar, mikrotoʻlqinli pechlar va boshqa yordamchi qismlarni ishlab chiqarishni boshladi. Keyinchalik, 2011-yil sentyabr oyida Artel Samsung bilan mintaqaviy hamkorlik shartnomasini imzoladi va MDHdaSamsung tomonidan nazorat qilinmaydigan zavodda Samsung mahsulotlarini ishlab chiqaradigan birinchi kompaniya boʻldi. Shu bilan Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida Samsung changyutgichlarini ishlab chiqarish boshlandi. Oʻsha yili Artel Xitoyning eng yirik elektr jihozlari ishlab chiqaruvchisi „Midea Group“ bilan birgalikda konditsionerlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi[12].
2015-yilning oʻzidayoq kompaniya mahsulotlari qatori „Royal“ brendi ostidagi elektr suv isitgichlari, „Samsung“ brendi ostidagi televizorlar bilan toʻldirildi. Toshkent shahrida shisha buyumlar va maishiy texnika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Oʻsha yili Toshkent shahrida muzlatgich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarila boshlandi[13].
2017-yilda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyev mazkur korxonaning Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi zavodlaridan biriga tashrif buyurdi[14][15].
2019-yilda kompaniya Ohangaron shahrida televizor ishlab chiqaradigan yangi zavodni ishga tushirgan boʻlsa, 2021-yilda Xorazmda kir yuvish mashinalari va konditsionerlar uchun elektr motorli qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Download 15.81 Kb.




Download 15.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Artel Electronics Group kompaniyasining yillik daromadi 450 million aqsh dollaridan oshadi

Download 15.81 Kb.