Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari




Download 21.16 Kb.
bet2/5
Sana15.03.2017
Hajmi21.16 Kb.
#135
1   2   3   4   5
Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari.

 Inspeksiya 1991 yilda Davlat aloqa inspeksiyasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012 yil 16 oktabrdagi PF-4475-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012 yil 23 oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq Davlat aloqa inspeksiyasi negizida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.

Inspeksiya mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi 355-son qarori bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holatini nazorat qilishda Inspeksiyaning vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilangan:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi, monitoring olib boradi va o‘rganadi, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;

davlat organlarida AKT sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi, AKT infratuzilmasining joriy holatini o‘rganadi, shuningdek, axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qiladi;

davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligiga yuboradi.

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik xolatini o‘rganadi.

elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Inspeksiya davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsadli yo‘nalishlar, ulardan samarali foydalanish yuzasidan qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish ishlarida faol qatnashib kelmoqda.



Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyunda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 aprelda tasdiqlangan “Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish choralari to‘g‘risida” PQ-2158-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 aprelda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609- son farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 


4 fevralda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4702-son farmoni.

 

Yuqoridagi belgilangan loyihalarni amalga oshirishda Vazirlik, vazirlikning tizimidagi tashkilot va korxonalarda, xususan Inspeksiya tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 


23 apreldagi 102- son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Inspeksiyaga Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va ho‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini o‘rganish huquqi berilgan.

Inspeksiyaning davlat organlarida o‘tkazadigan o‘rganish o‘tkazish jadvali  “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan berilgan takliflari asosida 3 oy muddatga Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

O‘rganishni o‘tkazishda rasmiy veb-saytning qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishining sifati, axborot tizimlarini, axborot resurslarini va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish, axborot havfsizligini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish darajasi, AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul shahslarning mavjudligi, tayinlanganligi, shuningdek o‘tkazilgan o‘rganishlarning natijalarini (AKTni joriy etish va rivojlantirishning joriy xolatini) NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborot bilan taqqoslash yo‘li orqali NIS.UZ tizimiga taqdim etilayotgan axborotning sifati va ishonchliligi masalalari hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko‘rib chiqish vazifalari yuklatilgan.

Mazkur qarorga muvofiq Inspeksiya tomonidan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKT joriy etilganligi va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda bular;

2013 yilda 


Katalog: upload -> iblock
iblock -> Устав гажк «Узбекистон темир йуллари»
iblock -> Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2014 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
iblock -> 2. "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi "O'zqurilishmateriallari" ak faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi
iblock -> Ishonch telefoni
iblock -> “Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак” рисоласи жаҳон жамоатчилиги эътиборида
iblock -> 994 yilning noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining pf-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida

Download 21.16 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hurmatli vazir, hurmatli deputatlar va yig‘ilish qatnashchilari

Download 21.16 Kb.