• 1. Atmosfera haqida tushuncha
  • Atmosfera havosini muhofaza qilish




    Download 62 Kb.
    bet1/10
    Sana17.02.2022
    Hajmi62 Kb.
    #17712
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Atmosfera havosini muhofaza qilish
    Masofaviy ta’lim usullari va texnologiyalari. “O’quv jarayonida masofaviy texnologiyalarni qo’llash.Masofaviy ta’lim tizimlari va texnologiyalar, 5f042dfc86b9b, AZOT xossalari, 1-mavzu, Umumiy fizikadan masalalr tuplami. S. R. Polvonov., 1. Jismlarning erkin tushishi va erkin tushish tezlanishi deb ni, “Tokning magnit maydoni ” mavzusini o’qitishda innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi

    Atmosfera havosini muhofaza qilish


    R E J A:

    1. Atmosferaning gaz tarkibi va ahamiyati

    2. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar

    3. Issiqlik elektr stansiyalarining atmosferani ifloslantirishi

    4. Atmosfera ifloslanishining tirik organizmlarga ta'siri



    1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosfera – tirik jonzotlar va inson hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit va er qobig'ining muhim komponentidir. Atmosfera georafik qobiqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va hozirgi holatida juda katta ahamiyatga ega. Tirik mavjudotlar o'zining butun evolyusion rivojlanish jarayonida Yer atmosferasi havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo'lib, huddi ana shu tabiiy tarkib organizm uchun eng optimal hisoblanadi. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i bo'lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000 C va kechqurun -1000 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasining o'rtacha havo harorati +140 C ga teng.
    Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasida yuzasining har 1 km2 maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, Yer yuzasiga juda oz miqdorda etib keladi.
    Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.
    Atmosfera qobig'i quyidagi qatlamlarga bo'linadi:
    1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha, stratosfera – 15-50 km gacha, mezosfera – 50-80 km gacha, termosfera – 80-800 km gacha, ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.
    Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bug'lari, changlar bo'ladi.
    Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. Yer atmosferasi qobig'ining taxminiy massasi 5,9 . 1015 tonnani tashkil etadi.

    Download 62 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atmosfera havosini muhofaza qilish

    Download 62 Kb.