• 1896 y. Fransus olimi Anri Bekkerel
  • Tomson nazariyasiga ko’ra atom musbat zaryadlangan doira bo’lib, bu zaryadni ichida doimo elektronlar tebranib turadi.Ana shu atomning musbat zaryadlangan qismi atomning butun qismini egallab turadi.
  • Atom tuzilishi. Atom tuzilishining planetar modeli




    Download 22.75 Kb.
    bet1/7
    Sana22.02.2022
    Hajmi22.75 Kb.
    #17952
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    dorivor
    6

    Atom tuzilishi
    Reja :
    Atom tuzilishi .
    Atom tuzilishining planetar modeli.
    Atom nurlanish spektrlaridagi qonuniyatlari.
    Fanga uzoq vaqt atomlar bo’linmasdir degan fikr uzoq vaqt hukm surgan.Atomlar mayda qismlarga bo’linmaydi deb hisoblangan.Ayni element boshqa elementlarga aylanmaydi deb qaralgan.
    Lekin X1X asr boshlarida ingliz fizigi Dj. Tomson atomning eng kichik bo’lagi elektronni topdi.Elektron atomning eng kichik zarrachasi bo’lib u manfiy zaryadga ega.uning massasi 9,1095 10-28 g/ ga teng. Uning atom massasi vodorod atomining massasidan 1843 marta kichik.Elektronning zaryadi -1.
    Elektronlar manfiy zaryadlangan atomlar esa elektroneytral.Demak atomlarda musbat zarydlangan zarrachalar ham bor.Atomlar yana ham kichik zarrachalardan iborat ekanligi radioaktivlik hodisasi ochilgandan so’ng aniqlandi/ Radioaktivlik hodisasi 1896 y. Fransus olimi Anri Bekkerel tomonidan ochildi.U uran va uning birikmalarini ko’zga ko’rinmas nurlar tarqatishini aniqladi.
    Hozirgi paytda uch xil radioaktiv nurlar borligi aniqlangan. Bular a, b va g nurlardir.bu nurlar magnit maydoni ta’sirida 3 qismga ajraladi.
    a– nurlar magnit maydonida manfiy plastinkaga qarab og’adi,demak ular musbat zaryadlangan.Har qausi a - zarracha gelyi atomlaridan 2 ta elektron yoqolishidan hosil bo’lishi aniqlangan.Shuning uchun ularning zaryadi +2 atom massa geliyning atom massasiga tengdir.
    a –zarrachalar havodagi elektronlarni biriktirib geliy atomlariga aylanadi.
    b - nurlar elektronlar oqimidan iboratdir.
    Ular magnit maydonida musbat qutbga qarab og’adi.ularning harakat tezligi 200000 km| sek/ni tashkil etadi.
    g - nurlar qisqa elektromagnit to’lqinlaridan iborat.Ular zaryadga ega emas.Radioaktiv bo’linish o’z o’zidan katta miqdorda energiya chiqishi bilan boradi.

    Atomning yadroviy tuzilishi
    Birinchi atom tuzilishi to’g’risidagi nazariya 1903 y. ingliz olimi Tomson tomonidan yaratildi.Bu nazariya ion-elektron yoki statik nazariya deyiladi.
    Tomson nazariyasiga ko’ra atom musbat zaryadlangan doira bo’lib, bu zaryadni ichida doimo elektronlar tebranib turadi.Ana shu atomning musbat zaryadlangan qismi atomning butun qismini egallab turadi.
    Lekin 1911 yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford dinamik yoki atom tuzilishini yadroviy nazariyasini yaratdi.
    Rezerford yupqa metall plastinkadan a- zarrachalarni o’tishini o’rgandi, bunda a-zarrachalarni bir qismini o’z-o’zidan ma’lum burchakka og’ishini topdi.Bu hodisa a- zarrachalarni tarqalishi hodisasi sifatida dunyoga mashhur.Bunday jarayonni Tomson nazariyasi yordamioda tushuntirib bo’lmaydi.Chunki o’rtada musbat zaryadni toplanishi musbat zarrachalarni yo’nalishini o’zgartirishga qodir emas.Shu tufayli Tomson nazariyasidan voz kechishga to’g’ri keldi.

    Download 22.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 22.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atom tuzilishi. Atom tuzilishining planetar modeli

    Download 22.75 Kb.