Avtomatik rostlash tizimini




Download 69.58 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2022
Hajmi69.58 Kb.
#24186
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINI HISOBI




AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINI HISOBI
Ma’lumki, avtomatlashtirish elementlarini analitik usulda modellashtirishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

  1. Olingan obyekt yaxshilab o‘rganiladi;

  2. Obyektning kirish va chiqish parametrlari aniqlanadi;

  3. Obyekt parametrlari ichidan boshqaruvchi va boshqariluvchi parametrlar aniqlanadi;

  4. Obyektning matematik va kompyuter modellari topiladi.

  5. Avtomatlashtirilgan rostlash tizimining kompyuter modeli yaratiladi;

  6. Tizim uchun eng optimal sharoit aniqlanadi.

Harorat sistemaning termodinamik holatining kо‘rsatgichi bо‘lib, issiqlik jarayonlarini rostlashda chiqish koordinatasi sifatida hizmat qiladi. Haroratni rostlash sistemalarida obyektning dinamik xarakteristikalari jarayonning fizik-kimyoviy parametrlari va apparatning tuzilishiga bog‘liq. Shuning uchun harorat ARS tanlashda umumiy tavsiyalarni berib bо‘lmaydi va har bir jarayonni alohida tahlil qilish tavsiya etiladi. Haroratni ARS ning umumiy о‘ziga xos xususiyatlariga issiqlik jarayonlari va harorat datchiklarining anchagina inersion ekanligini kiritsa bо‘ladi. Shu sababli haroratni rostlash sistemalarining eng muxim vazifalaridan biri inersionlikni kamaytirilishiga qaratilishi lozim.
Boshqaruv qurilmasi tarkibiga kiruvchi elementoarni batafsil ko‘rib o‘tamiz.
Birlamchi o‘lchov o‘zgartirgichi (BO‘O‘ sezgir element, sensor) – rostlanadigan parametrni qabul qilish va qayta ishlashda qulay bo‘ladigan o‘lchov ma’lumoti signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Maslalan, termoelektrik signal o‘zgartirgich bir-biriga kavsharlangan ikkita turli o‘tkazgichlardan iborat bo‘lib, haroratni termoelektr yurituvchi kuchga aylantiradi(TEYUK).
Normallovchi o‘zgartirgichi (NO‘) - avtomatik rostlash tizimi tarkibiga kiruvchi barcha elementlarni o‘zaro moslashtirishga xizmat qiladi. Birlamchi
















ТКТI-2021 39-17 AB

Sahifa
















31

O’lch.

varaq

Hujjat

Imzo

sana




o‘lchov o‘zgartigichidan chiqayotgan signalni unifikatsiyalangan signalga aylantirish vazifasini bajaradi. Bunda o‘zgartirilayotgan signallar bir xil yoki turlicha fizik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan termoelektrik signal o‘zgartirgichdan chiqayotgan tokli signalni unifikatsiyalangan 0 mA dan 5 mA gacha bo‘lgan tokli signalga yoki 20 kPa dan 100 kPa gacha bo‘lgan pnevmatik signalga o‘zgartirishni amalga oshiradi. Normallavchi o‘zgartirgichdan chiqayotgan signal nafaqat rostlagichga, balki, ma’lumotni qabul qiluvchi va uni qayta ishlovchi bloklarga ham uzatilishi yoki avtomatlashtirishning yuqori bosqichiga kirish parametri sifatida ham uzatilishi mumkin.


Ushbu ishini bajarishda obyekt sifatida polimer reaktori tanlab olindi.
Olingan obyektni tizimli tahlil qilib, uning kirish va chiqish parametrlarini aniqlaymiz:
Gm G’m
Tm Polimerizatsiyalash T’m
Gb reaktori Gb
Tb T’b

Download 69.58 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 69.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik rostlash tizimini

Download 69.58 Kb.