Avtomatlashtirish texnika vositalari




Download 60.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.06.2022
Hajmi60.48 Kb.
#24422
Bog'liq
Avtomatlashtirish texnika vositalari - Vikipediya
2 5406959188205114103, Mustaqil ish mavzulari, EHTIMOLLIK VA STATISTIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI


Avtomatlashtirish
texnika vositalari
AVTOMATLASHTIRISH TEXNI-KA VOSITALARI – turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon
beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning oʻzgarishi
haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni oʻzgartirish va saqlash,
uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g)
buyruq axborotini tex-nologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari
(as-boblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni
mexaniq issiqlik, op-tik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni
uzatish vositalari – aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali
uzatiladi. Sig-nallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus
oʻzgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari –
registratorlar (qayd qilgichlar), signalni oʻzgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va
mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (oʻzgartirish) uskunalari. Buyruq
(komanda) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat ax-borotni uzatish vositalariga
oʻxshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar – buyruq signalini
kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 7 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Avtoma
tlashtirish_texnika_vositalari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Avtomatlashtirish_texnika_v
ositalari&oldid=2384026
" dan 
olindi


Download 60.48 Kb.




Download 60.48 Kb.
Pdf ko'rish