• KYB amortizatorlari.
  • Buyuk Britaniyada
  • BILSTEIN firmasining amortizatorlari.
  • KONI firmasining amortizatorlari.
  • DELCO
  • 1. Tormoz tizimidagi yangiliklari
  • 2. Tormoz mexanizmlari yangiliklari
  • Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari
  • Avtommexanika




    Download 183.77 Kb.
    bet4/4
    Sana24.03.2017
    Hajmi183.77 Kb.
    1   2   3   4

    10-Mavzu. Amorotizatorlar.

    KAYABA” amortizatorlari. KAYABA har yili etakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilarga 50 milliondan ortiq amortizatorlar etkazib beradi. Texnologiya darajasining yuqoriligi amortizator sifatining ta’minlaydi. KAYABAning AGX – turidagi amortizatori sozlanuvchidir. Bir necha sekund ichida o’z bikrligini avtomatik ravishda o’zgartiradi.



    TOKICO Amortizatorlari. Amortizator tavsifini o’zgartiruvchi o’tkazuvchi klapan hisobiga yo’l sharoitlariga qarab o’z bikrligini o’zgartira oladi. Yaxshi yo’llarda va uncha katta bo’lmagan tezlikda katta teshikli o’tkazuvchi klapan ishlaydi. Yo’l sharoitining o’zgarishi bilan va tezlik ortganda katta teshikli klapanlar yopilib, kichik teshikli klapan ishga tushadi va amortizatorning bikrligi ortadi.


    19-rasm. Yo’naltiruvchi element bo’yicha osmalarning turlari.


    KYB amortizatorlari. KYB firmasining amortizatorlarining Premium, Excel G, Gas-A-Just, Ultra SR, va AGX turlari mavjud.

    BOGE amortizatorlari. BOGE firmasining amortizatorlari va rezinometall detallari garantiruyut yuqori ishonchni va kompfortni kafolatlaydi.

    BOGE firmasining zavodlari Germaniyada, Buyuk Britaniyada, Franstiyada, Ispaniya i AQShda joylashgan.

    Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.
    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
    Uning mahsulotlari bilan quyidagi taniqli firmalarning AUDI, BMW, MERCEDES, RENAULT, SAAB, VOLVO va boshqalarning avtomobillari jihozlangan



    SACHS firmasining amortizatorlari.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    SACHS firmasi 1895 yili tashkil etilgan. Dunyodagi 50 dan ortiq avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar SACHS firmasi-ning mahsulotlaridan foydalanadilar. Audi, BMW, Daimler-Benz, Fiat, Ford, Honda, Iveco, Jaguar, Lada, Lancia, MAN, Mazda, Mercedes-Benz, Mitsubishi, Nissan, Opel, Peugeot, Porsche, Renault, Rover, Saab, Scania, Toyota, VW va boshqalar shular jumlasidandir.

    BILSTEIN firmasining amortizatorlari. BILSTEIN firmasining maxsulot-lariga BMW, Ferrari, Maseratti, General Motors, Jaguar, Daimler-Chrysler (Mercedes-Benz A, C, S-class), Porsche, Subaru, Mitsubishi avtomobil firmalari ishonadilar.
    General (lot. generalis - umumiy, bosh) - qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-a.da Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-a.ning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida G.
    Har kuni BILSTEIN firmasining zavodlaridan 40 000 dan ortiq amortizatorlar ishlab chiqarila- di.

    KONI firmasining amortizatorlari. KONI firmasining zavodlari asosan Gollandiyada joylashgan bo’lib 2500 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.

    GABRIEL firmasining amortizatorlari faqat AQSh da ishlab chiqariladi va ichki bozor uchun mo’ljallangan.

    DELCO firmasining mahsulotlari ham AQSh da ishlab chiqariladi va yaxshi yo’llar uchun mo’ljallangan.

    Amortizator tavsifi (ris. 23) regressivli, progressivli, chiziqli yoki aralash bo’lishi mumkin. Ularning har biri bitta avtomobilga har xil xususiyat berishi mumkin.



    23-rasm. Amortizatorning tavsifi
    Regressiv amortizator. Keng tarqalgan. Bunday amortizator tebranishlarni yaxshi so’ndiradi, kuzovning yonga qiyshayish daraja-sini kamaytiradi. Lekin yo’lning notekisliklaridan xosil bo’lgan turtkilarni kuzovga o’tkazib yuboradi.

    Progressiv amortizator. Kam ishlatiladi. Uning asosiy yutug’i – kuzovni tebranishdan saqlashdir. Lekin notekisliklardan o’tganda avtomobil osmaning shu darajada tebratadiki osma ishdan chiqisho’i mumkin. To’la yuklamada haydovchida xuddi amortizator kuchsizdek tuyuladi.

    Chiziqli- o’z xossalariga ko’ra oraliq xolatni egallaydi.

    Aralash- har xil tavsiflarni o’zida mujassamlashtirgan.



    21-rasm. Rossiyada va Evropada ishlab chiқarilgan shinalarning

    belgilanishi.

    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.

    Ko’priklar rama bilan kuzovni ushlab turadi, vertikal yuklamalarni va tortuvchi, tormozlovchi kuchlarni g’ildirakka etkazib beradi.

    G’ildiraklar avtomobilni yo’l bilan bog’laydi.

    G’ildiraklar shina va disklardan iborat. Shinaning markalanishi 21-rasmda keltirilgan.

    Hozirgi paytda xavfsiz shinalar ishlab chiqarila boshlandi.

    Kompaniya Michelin tomonidan xavfsiz “PAX” shinasini ishlab chiq-di. Bu shina bilan avtomobil turg’unlik va boshqaruvchanlikni yo’qotmagan holda 160 km yo’lni 80 km/s tezlik bilan bosib o’tishi mumkin. Shinadagi bosim tushib ketsa shina o’rtadagi metall halqaga tegadi va avtomobil hara-katini davom ettirishi mumkin.

    Yuk avtomobillarida shinani saqlab qolish uchun maxsus kompressor mavjud bo’lib, u shinani doimo bosim ostida ushlab turadi.
    Nazorat savollari:


    1. Osmaning vazifasini ayting.

    2. Yangi osmalar haqida ma’lumot bering.

    3. Makferson ustuni haqida nima bilasiz.

    4. Amortizator nima uchun xizmat qiladi.

    5. Amortizator nima xisobiga tebranish quvvatini yutadi.

    6. Amortizatorning qanday turlarini bilasiz.

    7. Amortizator ishlab chiqaruvchi firmalarni sanab o’ting.

    8. Ko’p zvenoli osmalar qanday bo’ladi.

    9. Ko’priklarning vazifasi nima.

    10. Shinalarning xavfsizligi qanday ta’minlanadi.

    Adabiyotlar

    1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.
    11-Mavzu. RUL BOShQARMASI YaNGILIKLARI
    Tayanch so’zlar. Rul chambaragi, rul mexanizmi, rul yuritmasi, sharsimon bar-moq, gidrokuchaytirgich, soshka, reykali rul mexanizmi, globoidal-chervyak-rolik, vint - sharikli – gayka – reyka – tishli sektor,

    Mavzu rejasi: 1. Rul mexanizmi yangiliklari;

    2. Rul yuritmalari yangiliklari.

    Rul mexanizmi yangiliklari

    Rul mexanizmining yangiliklaridan gidrokuchaytirgichning yangi tur-larini qo’llanishidir. Elektrodvigatel va gidronasos bitta korpusda joy-lashgan. Bunday kuchaytirgichning afzalligi:

    - dvigatel ishlamagan paytda ham u ishlaydi (akkumulyator hisobiga).

    - jarayonni elektron boshqarish bloki boshqaradi.

    Keyingi paytda yengil avtomobillarda elektrli rul kuchaytirgichlari keng qo’llanilmoqda. Bunday kuchaytirgichlarning joylashishi bo’yicha uch xil varianti mavjud:



    1. Elektrodvigateldan kuch rul chambaragiga beriladi.

    2. Elektrodvigateldan kuch reykali rul mexanizmining shesternyasiga uzatiladi.

    3. Elektrodvigateldan kuch reykaga uzatiladi.

    Hozircha elektrokuchaytirgichlar faqat yengil avtomobillarda qo’lla-nilmoqda, chunki yuk avtomobillarida qo’llash uchun elektr quvvati etish-maydi.

    2. Rul yuritmalari yangiliklari.

    Avtomobil harakat traektoriyasining stabillashning elektron tizim-lari.

    Ushbu tizimning asosiy vazifasi haydovchining aybi bilan burilish paytida avtomobil o’z harakat traektoriyasidan chiqib ketmasligini ta’min-laydi (masalan katta tezlikda povorotga kirib qolsa).

    Bu tizim quyidagi elementlardan iborat:


    • g’ildiraklarning tezlik datchigi,

    • rulning burilish datchigi,

    • drossel zaslonkasi datchigi,

    • tormoz tizimidagi bosim datchigi,

    • EBB.

    Ushbu tizim avtomobilni qo’shimcha tormozlash hisobiga kritik holat-dan chiqib ketadi. Bunda asosan ABS tizim ishlaydi. EBB datchiklardan kelgan signallarni qayta ishlaydi va vaziyatni tiklash uchun zarur bo’lgan 4 g’ildirakdan bittasini qo’shimcha tormozlaydi.

    Rul boshqarmasining rivojlanish yo’nalishlari uning ishonchliligi-ni oshirishga, ishlab chiqarish qiymatini kamaytirishga qaratilgan.

    Bunday tizimlardan biri yuqorida ko’rib o’tilgan AXTS tizimidir.

    01Ikkinchi tizim esa OG’ABT – oldingi g’ildiraklarin aktiv boshqarish tizimidir. Bu tizim egri yo’llardagi harakat traektoriyasiga qarab boshqa- riluvchi g’ildiraklarni burish burchagini oshiradi, yoki kamaytiradi va shu yo’l bilan avtomobilni halokatdan asrab qoladi. Bu tizim BMV ning hamma zamonaviy modellarida mavjud.

    Yaqin kelajakda rul chambaragisiz boshqarish tizimlarining paydo bo’-lishi kutilmoqda. Bunda boshqarish butunlash elektronika zimmasiga yukla-nadi. Haydovchi faqat djoystik yordamida chapga yoki o’ngga burish haqida signal beradi xolos. Bu signalda burish burchagi ko’rsatiladi. Bu tizimda hamma g’ildiraklar avtonom buriladi.

    Nazorat savollari:



    1. Qanday rul mexanizmlarini bilasiz,

    2. Qanday rul yuritmalarini bilasiz,

    3. Rul kuchaytirgichlari haqida yangiliklarni bilasiz,

    4. AXTS tizimi nima,

    5. OG’ABT tizimi nima.

    Adabiyotlar:

    1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.

    2. Avtomobilnыy spravochnik. «Bosch» - ZAO KJI Za rulem. – 2002.

    3. Braess H., Seiffert V. Vieweg Handbuch Kraftfahrzeugtechnik. Vieweg- 2001.

    12-Mavzu. TORMOZ BOShQARMASI YaNGILIKLARI

    Tayanch so’zlar: tormoz diski, oldingi kontur, tormoz stilindri, vakuumli kuchaytirgich, pedal, tormoz kolodkalari, bosim rostlagich, to’xtab turish tormozi, barabanli tormoz kolodkalari, kuzatuvchi tormoz krani, tormoz sekinlatgich.

    Mavzu rejasi: 1. Tormoz tizimidagi yangiliklar

    2. Tormoz mexanizmlari yangiliklari.

    3. Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari.



    1. Tormoz tizimidagi yangiliklari

    Avtomobillarda mavjud bo’lgan 4 ta tormoz tizimi mavjud:



    1. Asosiy tormoz tizimi.

    2. Yordamchi tormoz tizimi.

    3. Zahira tormoz tizimi.

    4. Qo’l tormozi tizimi.

    Yordamchi tormoz tizimidagina yangiliklar mavjud.

    O’zi yordamchi tormoz tizimi nimaga xizmat qiladi.

    Yordamchi tormoz tizimi tog’ sharoitida pastlikka qarab avtomobil harakatlanayotganida ishlatiladi. Yengil avtomobillarda yordamchi tormoz va-zifasini dvigatel bajaradi. Massasi 10 tonnadan ortiq bo’lgan yuk avtomo- billarida alohida yordamchi tormoz tizimi mavjud.

    Zamonaviy avtomobillarda gidravlik yordamchi tormoz va elektrik yordamchi tormoz tizimlari mavjud.

    Gidravlik yordamchi tormoz tizimi gidromuftaga o’xshab ikkita parak-li g’ildirakdan iborat. G’ildirakning bittasi kardanli sharnirga, ikinchisi esa korpusga ulanadi. Korpus harakatsiz, shuning uchun kardan sharniriga ulangan gidromuftaning g’ildiragi orqa etakchi g’ildiraklar hisobiga ayla-nadi va uning parraklari suyuqlikni aylanma turgan ikkinchi g’ildirakning parraklariga uradi. Natijada avtomobilning harakatiga qarshilik paydo bo’ladi va uning tezligi sekinlashadi.

    Elektrik yordamchi tormoz tizimini ishlash prinstipi quyidagicha:

    Kabinada haydovchi ushbu tormoz tizimini ulaganda korpusdagi sta-torga tok keladi va magnit maydonini hosil qiladi. Bu magnit maydoni kardanli valga ulangan rotorning aylanishiga qarshilik qiladi. Bu qarshi-lik kuchi etakchi g’ildiraklarga uzatiladi, ularning aylanishi sekinlashadi.

    2. Tormoz mexanizmlari yangiliklari

    Tormoz mexanizmlari diskli va barabanli bo’ladi. Hozirgi paytda diskli tormoz mexanizmi yengil avtomobillarda keng tarqalgan. Barabanli tormoz mexanizmlari esa yuk avtomobillarida keng tarqalgan.

    Diskli tormoz mexanizmlarida keyingi paytda tormoz stilindridagi porshen diskka elektr yordamida siqish keng tarqalmoqda. Tormoz pedali bosilganda elektr zanjiri ulanadi va obmotkalarga tok yuboriladi. Hosil bo’lgan magnit maydoni porshenni diskka zichlaydi, ishqalanish paydo bo’la-di va avtomobil tormozlanadi.

    Bundan tashqari tormoz diski keramik materialdan tayyorlangan tor-moz mexanizmlari keng qo’llanilmoqda.

    Tormozlanish paytida tormoz diski qiziydi va hosil bo’lgan issiqlik tormozlanish samarasini kamaytiradi. Buni oldini olish uchun toroz disk-larida teshiklar yasalgan.


    1. Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari

    MTT – muhosaralovchi tormoz tizimlari. Bu tizimlar 20-chi yillar-ning oxirida ixtiro etilgan. Lekin amalda keng qo’llanish 1970 yildan boshlandi.

    MTTning qo’llanishi:



    1. Tormozlash samaradorligini oshiradi.

    2. Avtomobilning turg’unligini va boshqaruvchanligini yaxshilaydi.

    3. Harakatning o’rtcha tezligini oshiradi.

    4. Shinaning xizat muddatini oshiradi.

    MTT zamonaviy talablarga ko’ra:

    1. Massasi 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan hamma yuk avtmobillarida,

    2. Massasi 5 tonnadan ortiq bo’lgan hamma avtobuslarda

    3. Yengil avtmobillarning hammasida.

    MTT ta’minlaydi:

    1. Eng kichik tormozlanish yo’lini (mumkin bo’lgannining 75%).

    2. Tormozlanishda turg’unlikni,

    3. tormozlanishda boshqaruvchanlikni,

    4. tashqi sharoitning o’zgarishiga moslashish,

    5. ravon tormozlanishni,

    MTT ning trkibi:

    1. g’ildirakning aylanish datchigi,

    2. tezlik datchigi,

    3. bosim datchigi

    4. EBB,

    5. modulyator.

    ShQT- shataksirashga qarshi tizimlar.

    Afzalliklari:



    1. Sirpanchiq yo’llarda o’rnidan qo’zg’olish paytida tortish kuchini va avtomobilning turg’unligini oshiradi.

    2. Yumshoq yo’llarda o’tuvchanlikni oshiradi.

    3. Ilashash koeffistienti tez o’zgarganida transmissiyadagi yuklamani kamaytiradi.

    4. Shinaning eyilishi kamayadi.

    ShQTning tuzilishi:

    1. G’ildirak tezligi datchigi.

    2. EBB

    3. Modulyator.

    ShQT ning EBB dan kelayotgan signal ta’minlash tizimining EBB dan keladigan signalga nisbatan ustunlika ega, ya’ni masalan haydovchi gazni keoragidan ortiq bosib yuborsa, ShQTning EBB dan kelgan signal drossel zaslonkasini 0,1 sekund ichida 100 ga orqaga qaytaradi. Natijada etaki g’ildirakka uzatilayotgan burovchi moment miqdori kamayadi va shataksirash ro’y bermaydi.

    Muhosaralovchi tormoz tizimi, shataksirashga qarshi tizimlardan tashqari, hozirda yengil avtomobillarda qyidagi tormoz tizimlari keng qo’llanilmoqda:



    1. HDC – Hill Descent Control - Pastlikka tushishda qo’shimcha avto-matik ravishda tormozlash tizimi.

    2. EBD– Electronic Brake Disrtibution - Tormoz kuchlarini o’klar bo’yicha elektron taqsimlash tizimi.

    3. CBC- Cornering Brake Conrtol – Tormoz kuchlarini burilish paytida bortlararo taqsimlash tizimi.

    4. EBA – Electronic Brake Assist – tezkor tormozlash tizmi.

    5. EPB – Electronic Parking Brake – elektron to’xtab turish tormozi.

    6. BBW – Brake By Wire - Simlar orqali tormozlash tizimi. Bunda kolodkalar tormoz diskiga elektrodvigatel yordamida siqiladi.

    Bu tizimlarning ishini bitta elektron blok boshqaradi.
    Nazorat savollari:

    1. Yordamchi tormoz tizimidagi yangiliklarni ayting.

    2. Tormoz mexanizmlaridagi yangiliklar nimalardan iborat.

    3. MMT nima (muhosaralovchi tormoz tizimi).

    4. ShQT nima (shataksirashga qarshi tizim)

    5. Tormoz boshqarmasida qanday yangiliklar mavjud.
    Adabiyotlar:

    1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.

    2. Avtomobilnыy spravochnik. «Bosch» - ZAO KJI Za rulem. – 2002.

    3. Braess H., Seiffert V. Vieweg Handbuch Kraftfahrzeugtechnik. Vieweg- 2001.






    Download 183.77 Kb.
    1   2   3   4




    Download 183.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtommexanika

    Download 183.77 Kb.