• Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari
  • Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari




    Download 151.82 Kb.
    bet1/13
    Sana28.05.2022
    Hajmi151.82 Kb.
    #22177
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    g\'iyosiddin aka
    kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.

    Elektr ta’minot tizimi avtomobildagi barcha iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi va uning tarkibiga asosan generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulyator batareyasi kiradi.
    Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulyatorni zaryad qiladi. Akkumulyator batareyasi yordamchi elektr energiya manbai bo‘lib, u asosan dvigatelni startyor vositasida ishga tushirish hamda dvigatel ishlamaganda yoki uning aylanishlar chastotasi me’yoridan past bo‘lgan hollarda iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
    Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqarayotgan kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi. Generator kuchlanishini belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi.
    Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron jihozlarni keng ko‘lamda ishlatilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat xavfsizligini va haydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab sistema bo‘lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko‘p jixatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliligiga bog‘liq bo‘ladi.
    Elektr energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg‘i aralashmasini yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida o‘t oldirilishi, o‘t oldirish daqiqasini aniq rostlash va bu o‘z navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYoD) quvvatini va tejamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg‘ini elektr uchqun vositasida o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona sistema hisoblanadi.
    Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli xil asboblarni tok bilan ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish sistemalarini vujudga keltirdi.
    Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan iborat. Qariyb 50 yil davomida avtomobillarda asosan o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
    Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi akkumulyator batareyasi, startyor, kommutatsiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulyator batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari kullanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi 200-250 A-soat bo‘lgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha bo‘lgan startyorlarni ishlab chiqishga olib keldi.
    Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasi o‘sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarning zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi o‘t oldirish sistemalaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug‘dirdi. Klassik yoki kontaktli o‘t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi sistemalari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemalari shular jumlasidandir.
    Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo‘lovchilarga ma’lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib borishi va ularning harakati tobora tig‘izlashishi yo‘l-transport xodisalari keskin ko‘payishiga olib keldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu, avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, tumanga qarshi faralar, galogen lampalar, qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish sistemasida yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarini ishlatish mo‘ljallanmoqda.
    Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-o‘lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari (dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish sistemalari va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlash va haydovchining diqqatini bo‘lmaslik maqsadida nazorat-o‘lchov asboblarning ko‘rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko‘proq darak beruvchi turlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdeb hisoblanmoqda.
    Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari rivojlanishining keyingi bosqichlari elektron texnikasining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u asosan avtomobillarning harakat xavfsizligini yanada to‘laroq ta’minlashga, dvigateldagi ishchi jarayonlarni samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilmoqda. Masalan, haydovchi holatini uzluksiz kuzatib, zarurat bo‘yicha avtomatik ravishda harakat xavfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
    Elektronika va mikroprotsessor texnikasining qo‘llanishi dvigatel va transmissiya ishini avtomatik boshqarish sistemalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz sistemalari, dvigatelga yonilg‘i miqdori aniq meyorda uzatilishini ta’minlovchi elektron tizimi shular jumlasidandir.
    Shunday qilib, hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari, malakali xizmat ko‘rsatilishini talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab sistemaga aylandi. Avtomobillar me’yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko‘p jihatdan elektr jihozlar shakligiga bog‘liq. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jihozlarining narxi ancha baland bo‘lib, avtomobil to‘la qiymatining 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr jihozlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishga ketadigan mablag‘ ham taxminan shu ko‘rsatgich doirasida bo‘ladi. Demak, avtomobillar to‘g‘ri va daromadli ishlatilishini ta’minlash uchun ularning elektr va elektron jihozlari tuzilishini, ishlash printsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining o‘ziga xos tomonlarini har tomonlama va chuqur o‘rganish juda muximdir.



    Download 151.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 151.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari

    Download 151.82 Kb.