"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi maxsus fan o’qituvchisi o’sarova Gulruh Samatovnaning




Download 219 Kb.
bet6/10
Sana19.03.2017
Hajmi219 Kb.
#302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hammasi ostonadan boshlanadi

Oddiy internet foydalanuvchilari uchun savol: siz ma'lum bir mavzuni topish uchun qaysi usuldan foydalanasiz — internet-qidiruv tizimi (Google, Yandex va hk.)ga murojaat qilasizmi yoki bir yo‘la brauzerning internet manzili (URL-adres) ko‘rsatiladigan joyga Apple.com, Microsoft.com singari tegishli manzilni kiritib tezkor foydalanishni ma'qul ko‘rasizmi? Bizningcha, o‘zining, vaqtiyu naqdining qadriga yetadiganlar ikkinchi yo‘lni tanlashadi. Ayniqsa, gap muayan muassasa, tashkilot va oddiy foydalanuvchi haqida borayotganda bu juda muhim. Domen nomini tanlashda yozilmagan bir "oltin qoida" bor: nom qisqa va tushunarli bo‘lishi shart. Xorijning istalgan nomdor kompaniyalari saytiga kirsangiz bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. "An'ana"lar birinchi galda aksariyat vazirlik, davlat qo‘mitalari va boshqa idoralar rasmiy veb-saytlari nomlanishi va ularning bosh sahifasi rus tilida ochilishida namoyon bo‘ladi: www.minzdrav.uz, www.mf.uz, www.minjust.uz, www.gki.uz va boshqa-boshqalar (bu masalani gazetamizning 2010 yil 19 fevraldagi 8-sonida ham yoritganmiz). Nazarimizda, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (agro.uz), Davlat soliq qo‘mitasi (soliq.uz), O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (standart.uz) veb-manzillari foydalanuvchilar uchun qulaylik tug‘diradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatda o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Masalan, Rossiya va Ozarbayjonni olib ko‘raylik. Rossiya davlat organlari saytlari tashkilotlarning nomlari qisqartmasiga asoslangan (mvd.ru, mid.ru, minzdravsoc.ru va hk.) bo‘lib, bosh sahifasi rus tilida ochilsa, kaspiyortiliklar domenlarini ingliz va ona tillarida nomlashadi (mia.gov.az, mfa.gov.az, mednet.az, malliye.gov.az, milliarxiv.gov.az va hk.) va diqqatga sazovor tomoni — ularning bosh sahifasi faqat ozarbayjon tilida ochiladi.

Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari saytlari bosh sahifasi davlat tilida ochilishi kishini quvontiradi. Bundan tashqari, hokimliklar saytlarida rus va ingliz tili sahifalari ham imkoniyat darajasida risolga keltirilgan.



Download 219 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 219 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi maxsus fan o’qituvchisi o’sarova Gulruh Samatovnaning

Download 219 Kb.