Axborot texnologiyalari




Download 2.13 Mb.
bet1/2
Sana20.11.2020
Hajmi2.13 Mb.
#12535
  1   2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Fizika –matematika fakulteti

“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI


Anvarova Dilnoza Sharof qizi

Universitet axborot tizimida bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringgi administratsiya qismi modulini yaratish” mavzusida


5130200-“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrdarajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI



“Ish ko’rildi va himoya qilishga

ruxsat berildi”

Kafedra mudiri

___________ dots.T.B.Boltayev

“_______” ______________ 2016 y.


Ilmiy rahbar__________ o’qit.T.R.Shafiyev

“_______” _________________2016 y.

Taqrizchi___________F.V.Xalilov

“_______” ______________ 2016 y.




“Himoya qilishga ruxsat berildi”

Fakultet dekani __________ SH.M.Mirzayev

“_______” ______________ 2016 y.

Buxoro-2016


MUNDARIJA



Kirish……………………………...……………………………………..............….3

Ι BobZamonaviy web texnologiyalar yordamida dasturlash……………..…...9

1.1 Zamonaviy web texnologiyalar haqida………………………...…………...……9

1.2 Microsoft Visual Studio muhiti va C# dasturlash tili……………………..…...39

1.3 Zamonaviy MBBT lari Microsoft SQL Server 2008 misolida…………………45



ΙΙ Bob.Universitet axborot tizimida bitiruvchilarning ishga joylashish monitoringi admintratsiya qismi modulini yaratish............................................49

2.1Texnik topshirig’i……………………………….................................................49

2.2 Bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringi admintratsiya qismi modulini yaratish ma’lumotlar ombori..................................................................................55

2.3 Bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringi admintratsiya qismi modulining dasturiy tizim arxitekturasi........................................................................................63

2.4 «Universitet axborot tizimida bitiruvchilarning ishga joylashish monitoringi

admintratsiya qismimoduliniyaratish» foydalanuvchiyo'riqnomasi……………..68



Xotima……………………………………………………………………………..80

Adabiyotlar……………………………………………….……………………….82













Kirish


Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot–kompyuter tizimlari asrida yashayotganlimizni unutmasligimiz kerak.

I.A.Karimov


Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog’isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma –bosqich amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va boshqaruvning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida 2003-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida” va “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunlarini, shuningdek, yangi tahrirdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunlarni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov aytganlaridek: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor, farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak».

Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim sharti xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni yaqin o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqiyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar mandaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

Kompyutеrning ta'lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati bеqiyos. U xalq ta'limi tizimini ma'muriy boshqarishdan tortib maktab faoliyatini alohida tashkil etish, boshqarish nazorat qilishgacha, o’quv prеdmеtlarini o`rganishni tashkil qilishdan tortib, o’quvchilarning individual mashg`ulotlarini tashkil etishgacha bo`lgan muammolarni qamrab oladi. Bu muammolarni hal qilish bo`yicha barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, bizning Rеspublikada ham turli yo`nalishdagi tadqiqot ishlari o`tkazilmoqda.

Ta'lim sohasida kompyutеrlashtirish, unga axborot tеxnologiyalarni joriy qilish bilan bog`liq muammolarni tadqiq qilishda muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada, bu sohada yеchimini kutayotgan masalalar ham talaygina. Bu masalalar qatoriga umumiy o`rta ta'limda kompyutеrli ta'lim mеtodologiyasining o`rnatilmaganligi, pеdagogik dasturiy vositalari (PDV) ni yaratish prinsipi, vosita bosqichlari va mеxanizmining yеtarlicha tadqiq qilinmaganligi; o’quv matеrialiga pеdagogik dasturiy vositaga mo`ljallab ishlov bеrish, ma'lumotlar omboriga joylashtirish usullari, ulardan foydalanish tizimining ilmiy asoslanganligi, dars jarayonidagi bosqichlarni to`liq kompyutеrlashtirish masalalasining majmuaviy o`rganilmaganligi kabilar kiradi. Rеspublikamizning pеdagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O`zbеkistonning ijtimoiy-pеdagogik sharoitiga moslashgan ta'lim tеxnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo`llashga intilmoqdalar.

Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida internetdan foydalanish zarurligiga katta e’tibor qaratmoqda.

Internetda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko’rinishi qulay bo’lishiga, ya’ni Web-sahifasiga e’tibor berish zarur, chunki sahifadagi axborot har tomonlama bo’lishi mumkin va u Web-saytga joylashtiriladi. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, informatsion yagona bus-butun bo’lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma’lum standartga ega bo’lishi kerak.

Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy informatsion texnologiyalar asrida yuridik va jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan barcha xizmatlarni davlatimiz tomonidan elektron xukumat tizimi doirasiga olib kirish, ko'rasatilayotgan xizmatlarda vaqtni qisaqartirish, aholining axborot madaniyatini oshirish kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Jumladan Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchlarining ish bilan ta'minlanganligi monitoringini zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida nazorat qilish, hisobotlar topshirilishi tezlashtirish jarayonlarni avtomatlashitirish masalanini ushbu bitiruv malakaviy ishini aktual masala deb hisoblaymiz.

Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: OTM va bitiruvchilar uchun bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlarni yetkazish;

· Qisqa muddatda bitiruvchilarning bandligi to'g'risidagi ma'lumotlarni tuzilgan dalolatnomalar asosida hisobotlarni onlayn tarzda shakllantirish;

· Bitiruvchilarning bandlik monitoringini xududlar kesimida tahlilini shakllantirish;

· Bitiruvchilarning bandlik monitoringini iqtisodiyotning sohalari kesimida shakllantirish;

· Ish beruvchi korxona va tashkilotlar o'rtasida doimiy aloqa o'rnatilishini ta'minlash;

· OTM, ish beruvchi va bitiruvchi o'rtasida teskari aloqa (Feedback) xizmatini qo'llab-quvvatlanishi.



Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari: Bitiruv malakaviy ishiga quyidagi vazifalar qo`yildi:

1. OTM bitiruvchilarining ishga joylashganlik to'g'risidagi axborot almashnuv jarayonini WEB texnologiyalari asosida avtomatlashtirish;

2. Bitiruvchilarga yangi ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda onlayn yetkazishni tashkil qilish;

3. Bitiruvchilarning ishga joylashish jarayonida yuzaga kelgan muammo yoki kamchiliklari yechish uchun onlayn murojaatlarni qabul qilish va tahlilini olib borishni tashkil etish;

4. Bitiruvchilarning ishga joyalashganlik to`g`risidagi dalolatnomalarini qabul qilish va nazorat qilib borish.

Bitiruv malakaviy ishimizningo’rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ish O'zbekiston Respublikasi OTM lari o'rtasida hozirgacha tatbiq qilinmagan edi. Ammo 2015-2016 o'quv yilida Buxoro davlat universiteti, Ispaniyaning Alikante universiteti bilan hamkorligida Yevropa Ittifoqining tempus granti biri bo'lgan “Uniwork” loyihasi doirasida “Software tools for online monitoring” nomli dastur yaratilgan va O'zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan №DGU 03647 raqamli guvohnoma olingan.

Ushbu dasturiy ta’minotning yaratilishi natijasida sub’yektlarga quyidagi imkoniyatlar yuzaga keladi:

Bitiruvchilar uchun:



  • Ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan berilgan bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlar shakllantirilib beriladi;

  • Ishga joylashganlik to'g'risidagi dalolatnomalarni onlayn tarzda imkoni mavjud;

  • Bitiruvchilar va ta'lim muassasasi o'rtasida teskari aloqa (Feedback) xizmati ko'rsatilishi.

Ish beruvchilar uchun:

  1. Ish beruvchilar uchun ulardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda e'lon qilib borishlari imkoniyati;

  2. Ish beruvchi va ta'lim muassasasi o'rtasida teskari aloqa (Feedback) xizmati ko'rsatilishi

Ta'lim muasasasi uchun:

  • Hisobotlarni to'g'ri yuritilishini nazorat qilib borish;

  • Ma'lumotlarning takrorlanishi oldini olish ;

  • Bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanganligi yoki ta’minlanmaganlik sababini aniqlash.

Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti: Bitiruv malakaviy ishining predmeti sifatida Microsoft SQL server ma'lumotlar ombori, C# dasturlash tili, Linq to SQL klasslari tanlab olingan. Web texnologiyalar asosida yaratilgan dasturiy ta'minot doimiy ravishda yangilanib turishi, o'quv yillariga mos hisobotlarni shakllantirish, bandlik monitoringini olib borish uchun qulay vosita hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti: Bitiruv malakaviy ishining obyekti Buxoro davlat universiteti marketing bo'limiga tegishli “Bitiruvchilarni bandligini o'rganish” hisobotlari bo'ldi. Ushbu hisobotlarni shakllantirish uchun 2014-2015 va 2015-2016 o'quv yili bitiruvchilar ma'lumotlari ma'lumotlar omboriga yig'ildi, bitiruvchilarning tumanlar, iqtisodiyotning faoliyot sohalari kesimida bitiruvchilarning bandlik monitoringini tahlil qiluvchi hisobotlar tahlil qilib chiqildi.

Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi: Ilmiylik jihatdan bitiruv malakaviy ish to'liqligicha zamonaviy dasturlash texnologiyalari, shu jumladan C# dasturlash tili, Linq texnologiyalari asosida qilindi.

Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi: Bitiruv malakaviy ish Respublikamiz miqyosida halib tadbiq etilmagan bo'lib, yaratilgan dasturni Respublikamizning barcha OTM larida qo'llashimiz mumkin.

Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida yaratilgan dastur yordamida universitet bitiruvchlari doimiy ravishda universitet bilan aloqada bo'lgan holda, o'zlarining ish joylari, ish bilan ta'minlanganlik darajari va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarini OTM ni tugatib ketgandan keyin ham berishlari mumkin.

Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosi: Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida C# dasturlash tilida LINQ to SQL klaslaridan unumli foydalangan xolda, ma'lumotlar omboridan ma'lumotlarni chaqirish(select), tuzatish, o'zgartirish va o'chirish yo'llari batafsil tadbiq qilindi.

Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari: Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayoda LINQ texnologiyasi yordamida jami 30 ga yaqin so'rovlar, update , insert, delete instruktsiyalardan foydalangilgan.

Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi va hajmi: Kirish, 2 ta bob, har bir bobning qisqacha xulosasi, xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami 83 betda bayon qilingan. I bob Microsoft Visual Studio muhiti va C# dasturlash tili va zamonaviy MBBT lari Microsoft SQL Server 2008 misolida foydalanish haqida ma’lumot kiritilgan bo’lib, u 46 betdan iborat, II bobda Universitet axborot tizimida bitiruvchilarning ishga joylashish monitoringiadmintratsiya qismi modulini yaratish haqida bo’lib u 36 betdan iborat.


Ι BOB. ZAMONAVIY WEB TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA DASTURLASH.

1.1 ZAMONAVIY WEB TEXNOLOGIYALAR HAQIDA MA’LUMOT.

Web brauzerlar.

HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so‘zning o‘zbekchaga to‘g‘ridan – to‘g‘ri tarjimasi «sharhlovchi dastur» ma’nosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo‘lgan axborotni tasvirlaydi.

Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo‘lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “Netscape Navigator” va “Microsoft Internet Explorer(IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko‘p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo‘g‘i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa ”Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko‘pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so‘z yuritiladi.

Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda SHveysariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WWW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib ko‘rish muammosi paydo bo‘ldi.

Bu muammoni hal qiluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli

brauzerdir. SHunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma’lumotlarni matnli ma’lumotlar kabi ko‘rish masalasi birinchi bo‘lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan .



Mosaic brauzeri UNIX, PC va Macintosh platformalarida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib bepul brauzerdir. Keyinchalik Mosaic va Silicon Graphics asoschilari birlashib hozirgi kunda etakchi brauzerlardan bo‘lgan Netscape brauzeriga asos soldilar .

Netscape Communicator

Bu brauzer eng mashxur va ko‘p ishlatiladigan Web brauzerlardan biridir. Netscape kompaniyasi foydalanuvchi uchun juda sodda va qulay bo‘lgan ushbu dasturni bepul tarqatib Internet va WWW olamida inqilob qildi. Yillar davomida bu dastur Internet muhitida aloqa vositalarini o‘zida to‘liq mujassam qildi. Bu dasturga elektron pochta va yangiliklarni o‘qish vositalari qo‘shildi. Bularning hammasi birgalikda Netscape Communicator deb nom oldi.

Agar siz ushbu brauzerdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz u holda http:/home.netscape.com sahifaga kirib dasturni kompyuteringgizga o‘rnatishinggiz mumkin. Netscape ochiq arxitekturaga ega, ya’ni u Java va JavaScript tillarida yozilgan dasturlarni tushunadi. Netscapening yuqoridagi imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar (Windows, Macintosh, OS/2 va UNIX ning barcha versiyalari) bilan birga ishlay olishi uning mashhurligini yanada oshiradi.

Internet Explorer

Netscape ning jiddiy raqobatchisi Microsoft firmasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscapning yangi imkoniyatlarini o‘zida mujassam qilgan va o‘zining ilg‘or texnologiyasiga ega bo‘lgan brauzerdir. InternetExplorer HTML tilininghamma versiyalarini tushunadi. InternetExplorerda ishlash Microsoft ning boshqa mahsulotlari bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi uchun juda qulaydir. Uning ishlash tartibi deyarli Netscapeniki kabidir. Bu ikkala brauzerlarning har biri o‘zining maxsus imkoniyatlariga ega. SHu sababli bu ikkala brauzerning faqat bittasi yaxshi desak biz xato qilamiz. SHuning uchun ham hozirda ikkala brauzer ham juda keng miqyosda ishlatilib kelinmokda.

WWW ga kirish

Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to‘rdir. Bu to‘r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi.

HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo‘lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo‘lish va internetda ishlash bo‘yicha ozgina malakasi bo‘lsa etarli. HTML tili yordamida har kim o‘zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o‘zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun etarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo‘yicha yaxshi bilim va internetning har xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi.

Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot Web saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5-10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega. Agarda o‘zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo‘llash zururati tug‘ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o‘rganish lozim bo‘ladi. YAngi tarmoq dasturini o‘rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo‘llashni o‘rganish lozim. Ushbu qo‘llanmadan biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz.

HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo‘lsada, internet – butunjahon to‘ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga bo‘lgan bir yordam bo‘ldi. Internet - bu cheksiz imkoniyatdir, ammo bu imkoniyatlardan foydalanish uchun saytlarni yaratish bilan bog‘liq uslublarni o‘rganish o‘rinlidir. YUqorida HTML tili butun jahon to‘ri uchun asos va baza ekanini aytib o‘tgan edik.

HTML asoslari

Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko‘rishimiz mumkin.

Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri WWW (World Wide Web) - bu ko‘p sonli o‘zaro bir-biriga bog‘langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog‘lovchi chekli gipermurojaat bo‘ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so‘z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.

Gipermurojaat butunjahon o‘rgimchak to‘ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko‘ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko‘rish oynasining qanday o‘lchamda o‘rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operatsion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi o‘z operatsion muhitida qanday yozuv shriftlar o‘rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko‘tara olishi ham malum emas. YUqoridagi malumotlarning yo‘qligi yoki etarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi.

Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog‘ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi.

Web sahifa uchun bu yaxshi yo‘l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko‘p vaqt ketgan bo‘lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo‘l yo‘riqlar ketma – ket joylashgan bo‘ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo‘lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o‘qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko‘rib bo‘lmaydi chunki uning o‘rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko‘rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o‘z Web sahifamizni yaratmoqchi bo‘lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo‘ladi.



PHP haqida qisqacha ma‘lumot

PHP(Hypertext Preprocessor) — eng ko‘p tarqalgan dasturlash tillaridan biri bo‘lib, Web — dasturlar yaratishda ishlatiladi. Hozirda PHP juda ko‘p hosting- provayderlar tomonidan foydalaniladi, bu esa uni harqanday internet- proyektlarni (oddiygina saytdan tortib, to yirik portallargacha) yaratishda ishlatilatiladigan, sal kam, eng asosiy tilga aylantirdi. PHP da juda ko‘p miqdorda alohida skriptlar, shuningdek, forum, kontent tizimi boshqaruvi kabi tugallangan proyektlar yozilgan. PHP tarixi ... 1994 yili php tilinig yaratuvchisi Rasmus Lerdorf o ’zinig saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl/ CGI(skriptlar to‘plami)da maxsus qobiq yozib, amalda qo ’lladi va uni «Personal Home Page»(PHP nomi shundan kelib chiqqan) deya nomladi. Ammo Perl — sezilarli darajadagi sekin ishlovchi interpretator, tez orada uning ishlash unumdorligi yetmay qola boshladi, shu sababli, Rasmus «C» dasturlash tilida yangi interpretator yaratdi va uni PHP/FI(Personal Home Page / Form Interpreter) deb nomladi. Yangi interpretator Perlga juda o‘xshardi, masalan, o‘zgaruvchini nomi oldidan dollar( $) belgisini qo‘yish. O‘shandayoq zamonaviy PHP ning poydevori qo‘yila boshlandi (HTML ga kiritish kabilar). 1997-yilda ikkinchi qismi yaratildi — PHP/FI 2.0. U taxminan 50 ming serverga o‘rnatilgan edi. O‘ylab qarasa, bu juda katta raqam, lekin bu internet-serverlarning umumiy sonining atigi 1% ni tashkil etadi. 1998-yilda PHP 3.0 ishlab chiqildi. Aynan shu versiyadan boshlab PHP rekursiv akronim (dasturning qisqartirilgan nomi uning kengaytmasida ham ishlatilishi ) sifatida qo‘llana boshlandi, ya‘ni PHP bu — PHP:Hypertext Preprocessor. Uchinchi versiya ikknchisiga nisbatan ancha omadliroq chiqdi, u barcha internet- serverlarning 10% iga o‘rnatilindi, bu esa «ancha- muncha»! PHP 3.0 ning yadrosining sekin ishlashi qisman tanqidga uchradi, chunki berilgan masalalar ketma- ketligi yetarlicha tezlikda bajarilmayotgan edi. Shu sababli PHP 4 ni yadroni qayta ishlashdan boshlashdi. To‘rtinchi versiya (PHP 4) 2000- yilning May oyida ishga tushdi. PHP ning ushbu versiyasi 2007-yilning ohirigacha yangilanib kelinidi( Обновление). 2008-yilning Avgust oyidan boshlab bu ish to‘xtatildi. PHP ning beshinchi versiyasi 2004-yil Iyul oyida chiqdi. Zend yadrosi qayta ishlab chiqilgan edi, bu esa interpretatorni unumdorligini oshirdi. Endi PHP o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan, to‘laqonli dasturlash tili hisoblanar edi, uning obyekt modeli esa ‘Java‘ning modeli bilan juda ko‘p jihatdan o‘xshash. PHP 1.0 — 1995-yil, 8- iyun. Rasmiy nomi “ Personal Home Page Tools (PHP Tools)”. Bu “PHP” qisqartmani birinchi marta ishlatilinishi. PHP 2.0 — 1996-yil, 16- aprel. Veb sahifalarni “Tez va oson ishaydigan qurol” deb e’lon qilingan mahsulot. PHP 3.0 — 1998-yil, 6- iyun ,Bir kishi ishlab chiqaruvchi loyihadan ko ’p ishlab chiqaruvchilar loyihasiga aylandi. Endi Gutmans va Ziv Suraski kodni boshqatdan yozib chiqishdi. PHP 4.0.0 — 2000-yil, 22-may. Yangi yadro “ Zend Engine” asosida tuzilgan PHP 4.1.0 — 2001-yil, 10- dekabr. Til konstruktsiyasiga superglobal imkoniyatlar qoshilgan ($_GET, $_ POST, $_SESSION, etc.) PHP 4.2.0 — 2002-yil, 22- aprel. Xavfsizlikni oshirish maqsadida tizimning sozlash “register_globals” parametri ochirilgan PHP 4.3.0 — 2002-yil, 27- dekabr. “CGI” (Common Gateway Interface)ga qo ’shimcha “CLI” (command line interpreter) texnologiyasi kiritilgan. PHP 4.4.0 — 2005-yil, 11- iyul. phpize va php-config skriptlari uchun qo ’llanma varaqlari qo’shilgan. PHP 5.0.0 — 2004-yil, 13- iyul. Zend Engine II – yangi obyekt modeli kiritilgan. PHP 5.1.0 — 2005-yil, 24- noyabr. PHP Engine ishlash unumdorligi yaxshilangan. PHP 5.2.0 — 2006-yil, 2- noyabr. Kengaytiradigan filtr modullarining php tizimida ishlatish imkoniyatlari ochiq holati o ’rnatilgan (default). PHP 5.3.3 — 2010-yil, 22- iyul. Axborot xavfsizligi kuchaytirilgan <_gu√en_>

ASP.NET MVC GA KIRISH.

ASP.NET MVC platformaning xususiyatlari.

ASP.NET MVC (model – view - controller) patteri (shabloni)dan foydalanib, - ilovalarni yaratish uchun platformani taqdim etadi.

Yangi platforma ustida 2007 yildan ish boshlangandi, 2009 - yilda birinchi versiyasi mavjud bo`ldi. 2012 yilgacha 4 - versiya ishlab chiqarildi, freymvorkni o`zi esa butun dunyo bo`ylab taniqli bo`lib qoldi.

Yangi platforma asosidagi MVC shablon, uchta komponentning o`zaro aloqasini ko`zda tutadi: kontroller (controller), model (model) va ko`rinish (tavsifi) (view).



Bu komponentlar nimani bildiradi?

Kontroller (controller) – bu komponent ilovaning boshlang`ich sinfini bildiradi, bundan ilovaning ishi boshlanadi. Bu sinf model va ko`rinish o`rtasidagi aloqasini ta`minlaydi. Foydalanuvchi tomonidan kirgizilgan ma`lumotlarni olib, kontroller ichki logikasiga qarab, kerak bo`lsa modelga murojaat qiladi va shunga tegishli ko`rinishni yaratadi.

Ko`rinish (view) - bu ilovaning vizual qismi yoki foydalanuvchi interfeysi. Masalan, html – sahifa, qaysisi orqali foydalanuvchi saytga kirib ilova bilan aloqada bo`ladi.

Model (model) – bu sinflar to`plami, qaysilari foydalangan ma`lumotlarning logiksini tavsif etadi. Komponentlarning o`zaro aloqasini oddiylashtirib sxemada bunyday ko`rsatish mumkin:



Download 2.13 Mb.
  1   2




Download 2.13 Mb.