• Topshirdi: Sh.Abdulmahmudov Qabul qildi: E.Imamnazarov Mavzu:Elektronika va Sxemotexnika tizimlarining hayotiy davri
  • Foydalanilgan adabiyotlar. Elektrotexnika
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari




    Download 125.57 Kb.
    bet1/3
    Sana15.05.2023
    Hajmi125.57 Kb.
    #59935
      1   2   3
    Bog'liq
    Elektronika va Sxemotexnika
    Boshqarish jarayonini axborot texnologiyalari 26, Boshqarish jarayonida axbrot texnologiyalari




    NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI


    SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH FAKULTETI
    AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” YO’NALISHI
    2-KURS 26-ATT-20 GURUH TALABASI
    Abdulmahmudov Shukrulloning
    ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI


    Topshirdi: Sh.Abdulmahmudov


    Qabul qildi: E.Imamnazarov


    Mavzu:Elektronika va Sxemotexnika tizimlarining hayotiy davri.


    REJA:

    1. Elektronika va Sxemotexnika nima.

    2. Elektronikaning hozirgacha bo’lgan rivojlanish bosqichlari.

    3. Xulosa.

    4. Foydalanilgan adabiyotlar.


    Elektrotexnika — fan va texnikaning energiyani o’zgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shug’ullanuvchi sohasi.Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi E.ning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bag’ishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo bo’lishi Elektronikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bog’liq bo’lgan kimyoviy, issiqlik, yorug’lik va magnit hodisalariga doir ko’pgina tadqiqot ishlari o’tkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr o’lchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab bo’ldi.
    19-asrning 70yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon ta’limotiga asos soldi. 80- yillarda o’zgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qo’rg’oshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante, 1859) va rivojlantirildi.
    Elektronikaning keyingi taraqqiyoti Elektronika sanoatining paydo bo’lishi va elektr yorug’ligidan keng foydalanish bilan bog’liq bo’ldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qo’lga kiritilgan yutuklar yorug’lik texnikasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Elektr yorug’liganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar ko’chirish va metall qoplash sohasida ham qo’llanila boshladi (qarang Galvanotexnika).
    19-asrning 70—80- yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tug’ildi.
    Elektronikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O. Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga bo’lgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab bo’ldi. Elektron qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining , elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. Elektronika yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh rivojlanishiga olib keldi.
    Elektronikaning muhim bo’limlaridan biri — elektromexanika energiyaning o’zgarishi bilan bog’liq masalalarni o’z ichiga oladi.



    Download 125.57 Kb.
      1   2   3




    Download 125.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari va texnologiyalari

    Download 125.57 Kb.