• Bajardi O.Ashirmatov Qabul qildi A.Abduqodirov Fargʻona 2022 Kompyuter masalasini yechish usul va algoritmi hamda tatbiqi
  • Matematik model tushunchasi
  • Axborotlashtirish agentligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg




    Download 31.63 Kb.
    bet1/3
    Sana20.10.2022
    Hajmi31.63 Kb.
    #27635
      1   2   3
    Bog'liq
    M1-21-02 Ashirmatov O.
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    OʻZBEKISTON ALOQA VA
    AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

    Kompyuter injiniringi” fakulteti

    Axborot texnologiyalar” kafedrasi

    Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish” fanidan



    Mustaqil ish

    Bajardi O.Ashirmatov

    Qabul qildi A.Abduqodirov

    Fargʻona 2022
    Kompyuter masalasini yechish usul va algoritmi hamda tatbiqi


    Reja:

    1. Matematik model tushunchasi

    2. Statsion va nostatsion modellar

    3. Parametrlari to’plangan va tarqoq modellar

    4. Masalani EHMda yechish bosqichlari

    5. Algoritm tushunchasi va uning vazifasi

    6. Foydalanilgan internet resurslar



    Matematik model tushunchasi
    Qadim zamonlardan beri inson o’z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilib, turli mehnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko’rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo’lsa, bir-biriga ma‘lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to’ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma‘lumotlarni tahlil qilish va o’zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham jadal sur‘atda o’stiradi.
    Elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita ishlashdan oldin qanday ishlarni bajarish kerakligini ko’rib chiqaylik. Istalgan hayotiy, matematik yoki fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma‘lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat‘iy ta‘riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So’ngra masalani yechishning maqsadi, ya‘ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko’rsatiladi. Masalani o’rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya‘ni uning o’ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o’rtasidagi matematik munosabat o’rnatiladi. Boshqacha qilib aytganda, dastlab o’rganilayotgan fizik hodisaning mohiyati, belgilari, ishlatiladigan ko’rsatkichlar so’zlar yordamida batafsil ifoda etiladi, so’ngra fizik qonunlar asosida kerakli matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Bu tenglamalar o’rganilayotgan fizik jarayon yoki hodisalarning matematik modeli deb ataladi. Matematik modelni haqiqiy ob‘ektga moslik darajasi amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Odatda, matematik model qaralayotgan ob‘ektning xususiyatlarini aynan, to’la o’zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida tuzilgani uchun taqribiylik harakteriga ega, tabiiyki uning asosida olinayotgan natijalar ham taqribiy bo’ladi. Shuning uchun, tajriba qilib ko’rish orqali yaratilgan modelni baholash va lozim bo’lgan holda uni aniqlashtirish imkoniyati yaratiladi.
    Matematik modelning aniqligi, uning korrekt qo’yilganligi, olinadigan natijalarning ishonchlilik va turg’unlik darajasini baholash masalasi modellashtirishning asosiy masalalaridan biridir.

    Download 31.63 Kb.
      1   2   3




    Download 31.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashtirish agentligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg

    Download 31.63 Kb.