KASHTACHILIKDA BEZATILADIGAN




Download 7.77 Mb.
bet15/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
KASHTACHILIKDA BEZATILADIGAN

BUYUM TURLARI

O’zbekistonda kashtachilik san’ati juda keng tarqalgan bo’lib, har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan, shuning uchun har bir oiladagi ayol o’zi uchun kirpech, so’zana, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o’zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko’p, bular so’zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta, zardevor, palak, gulko’rpa, dorpech, bug’joma, parda, belbog’, takyapo’sh, do’ppi, ko’ylak, dastro’mol, hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, maxsi-kavush va boshqalar kashtachilik usulida badiiy did bilan bezatilgan. Ular xalqning kundalik turmushida ishlatiladigan buyumlar sirasiga kiradi.

So’zana – fors-tojikcha so’z bo’lib, igna bilan tikilgan, degan ma’noni beradi. So’zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo’lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo’yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o’ziga xos badiiy ko’rinishga ega. So’zana har bir xonadonda bo’lgan, chunki turmushga uzatilgan qizga sepi sifatida berilgan. So’zana tikish uchun o’simlik shoxchalari, gul, doirasimon naqshlardan foydalaniladi. So’zananing o’rtasida ko’pincha doirasimon gul tikilib, atrofi guldor naqshlar bilan bezatiladi.



Download 7.77 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Download 7.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KASHTACHILIKDA BEZATILADIGAN

Download 7.77 Mb.