Badiiy grafika fakulteti




Download 4.7 Mb.
bet16/37
Sana21.06.2021
Hajmi4.7 Mb.
#15154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Zardevor - uy jihozi, u sidirg’a baxmal, shoyi, satin yoki pilta baxmalga kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor tojik va o’zbeklarda yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo’yiladi. Matoga chiroyli naqshlar bilan oro berilib, pastki tomoniga popuk qo’shib tikiladi.

Zardevor xonaning yuqori tomoniga ilingani uchun uning eni 50-60 santimetr bo’ladi. Uzunligi esa, zardevor ilinadigan uyning to’rt devoriga moslab tikiladi.



Palak - devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmatbaho bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to’lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo’zga kashta tikib tayyorlashgan. U so’zanadan gullarining yirikligi, quyi qismiga ham kashta qopla-nishi bilan farq qiladi. Palakni o’rtasida yirik oy tasviri qizil qir-mizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o’simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko’pincha bodom, qalampir elementlari qo’llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak, o’n ikki oyli palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashhur kashtado’zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o’z mahoratlarini namoyon etganlar.

Joynamoz - ustida namoz o’qiladigan buyum. Joynamoz har-xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo’ladi. Undan madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o’lchamda bo’ladi.

Choyshab - fors-tojikcha sӯz bo’lib, tun chodiri degan ma’noni bildiradi. Choyshab, asosan, taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun, to’shak ustidan to’shaladi. To’shak ustidan yoziladigan choyshab oq surpdan, taxmonga tutiladigani esa satin, shoyi, baxmal va boshqa matolardan tikiladi. Bu kashtachilik buyumi ham, kelin bo’ladigan qizlarga sep sifatida qilingan. Ular chiroyli rangli matolarga rang-barang naqshlar tikiladi va hozirgi kunda divan ustiga to’shab qo’yish urfga aylangan.

Do’ppi - O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o’rtasida, Rossiyada esa XIII asrda rasm bo’lgan. Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va zar bilan do’ppi gullari tikilgan.

O’zbekistonning Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do’ppilari mashhur bo’lib, ular o’ziga xosdir. Jumhuriyatimizning barcha viloyatlarida do’ppi tikiladi.

Uning iroqi, chust do’ppi, gilam do’ppi, chakma to’r, qizil gul, piltado’zi, zardo’ppi, to’ldirma deb nomlanadigan milliy do’ppilar bor. Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega bo’ladi. «Kuloh», «araqchin», «tus do’ppi».

Do’ppilar oq ipak bilan tikilgan, naqshi esa o’n ikki oyni, to’rtta burchakni birlashtirgan joyi, bir yil ma’nosini bildiradi. Uning garmdori gullari esa nazardan, nafasdan, ko’zdan saqlar ekan. U qushning qanoti, yoki "bodom guli" nomini olgan. Bosh kiyimi bo’lmish do’ppini ota- bobolarimizni avaylab e’zozlab kelishgan.



Do’ppi bosh kiyimi, boshni salqindan, quyosh nuridan himoya qiladi. O’zbekiston sharoitida ko’p kiyiladi. Do’ppilar uch qismdan iborat bo’lib, bular do’ppining tepa qismi, kizak qismi va jiyak qismlaridir. Shu qismlar qanday gazlamadan, qay tarzda tayyorlanishi, bezatilishi, tikilish uslubi va usullariga ko’ra farqlanadi, turli joylarda shu yerga xos usul va uslubda tayyorlanganidan do’ppilar ko’pincha shu yerning nomi bilan mashhur bo’lgan. O’g’il bolalar va erkaklar kiyadigan Toshkent, Chust, Marg’ilon do’ppilari sipoligi tufayli keng tarqalgan.


Download 4.7 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Download 4.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Badiiy grafika fakulteti

Download 4.7 Mb.